|
Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi
|
bet | 5/6 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 309,5 Kb. | | #272245 |
Bog'liq SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARIOg’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi - Maqsad: Burun yo’llarini korkalardan tozalash
- Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar burnini tiqinardan tozalash.
- Zarur ashyolar: Paxtali turundalar; vazelin yoki boshqa suyuq yog’lar: kungaboqar, zaytun moylari yoki gilserin; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan turundalar uchun.
- Bajarish tartibi:
- Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko’kragiga sochiq qo’yiladi.
- Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi.
- Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi.
- Ho’llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun yo’llarining biriga aylantiriladi.
- Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so’ng burun yo’llarini korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi.
- Amalni ikkinchi burun yo’lida ham xuddi shu asnoda bajariladi.
- Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga yordam beriladi.
Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishi Maqsad: Tashqi quloq va eshitish naylarini tozalash. - Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar.
- Zarur ashyolar: ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan ashyolar uchun; steril paxtali turundalar (piliklar); 3% vodorod perikis eritmasi, iliq suvga namlangan salfetka; sochiq.
- Bajarish tartibi:
- Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi.
- Paxtali turunda (pilikni) 3% li vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi, bunda antiseptik eritma flakondan quyilgan holda namlanishi shart (buning uchun antiseptik idishi uning yorli0g’i kaftga qaragan holda tutiladi va bir necha tomchi lotokka tomiziladi, shundan so’ng turunda (pilik) namlanadi).
- Bemor boshi yon tomonga buriladi.
- Chap qo’l bilan quloq suprasidan ushlanib quloq yuqori va orqaga tortiladi, o’ng qo’l bilan esa aylanma harakatlar bilan tashqi eshituv nayiga namlangan turunda kiritiladi va yana bir necha bor aylanma harakatlar bilan eshitish nayi tozalanadi.
- Quloq suprasi nam salfetka bilan artiladi va shundan so’ng quruq sochiq bilan namlanadi.
- Amalni ikkinchi quloqda ham huddi shu asnoda bajariladi.
- Eslatma. Vodorod peroksid o’rniga vazelin moyini ishlatsa ham bo’ladi. Quloqning baraban qobig’ini shikastlanishini oldini olish maqsadida o’tkir qirrali asboblarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Agar bemorning tashqi eshitish nayida oltingugurt tiqinlari paydo bo’lgan bo’lsa, unda u LOR mutaxasisslari tomonidan olib tashlanadi.
|
| |