|
Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishi
|
bet | 6/6 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 309,5 Kb. | | #272245 |
Bog'liq SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARIOg’ir bemorlar ko’zlarini parvarishi Maqsad: Ko’z yiringli kasalliklarini oldini olish. - Ko’rsatma: Ko’zlardan yiringli ajralma ajralishi yoki ertalab turganda kipriklarning yopishib turishi.
- Zarur ashyolar: 8-10 ta paxtali shariklar; 2 ta steril buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan paxta shariklari uchun; ikkita steril marlyali salfetka; och pushti rangda tayyorlangan kaliy permanganat yoki 1:5000 nisbatda tayyorlangan furatsillin eritmalari.
- Bajarish tartibi:
- Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi.
- Buyrak shaklidagi idishga (lotok) biroz miqdorda antiseptik eritmasi quyiladi.
- Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi.
- O’ng qo’lning 1 va 2-barmoqlariga antiseptik eritmaga namlangan paxta sharigi olinadi va biroz siqiladi.
- Bemor ko’zlarini yumib turish buyuriladi. Bir ko’z uning tashqi burchagidan ichki burchagiga yo’naltirilgan holda artiladi.
- Setril salfetkalar yordamida ko’zlardagi antiseptik modda qoldiqlaridan artib olinadi.
- Amalni ikkinchi ko’zda ham huddi shu asnoda bajariladi.
- Eslatma. Bir ko’zdagi infektsiyani ikkinchi ko’zga o’tishini olidini olish maqsadida, har ko’z uchun alohida sharik va salfetkalardan foylanish maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar - Tursunov B.S. Xirurgik bemorlar parvarishi. Ibn Sino nomidagi matbuot birlashmasi, 1995.
- Gluxov A.A., Andreyev A.A., Bolotskix V.I., Boyev S.N. Osnovi uxoda za xirurgicheskimi bol’nimi. – M., GEOTAR-MED. 2008. – 288 s.
- Gostishev V.G. Obshaya xirurgiya. Uchebnik. – M. GEOTAR-MED. 2002. 608 s.
- Zolikina L.S. Bemorlarni umumiy parvarishi, 1995.
- Struchkov V.I., Struchkov YU.V. Obshaya xirurgiya. Uchebnik. – M. Meditsina. 1988. 480 s.
- Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik. Minsk. Vish.shkola. 2011. -527 s.
|
| |