KOMPYUTER GARFIKASI HAQIDA TUSHUNCHA




Download 42,37 Kb.
bet2/8
Sana21.12.2023
Hajmi42,37 Kb.
#125806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MT№3 Abdukarimova Sh dav1
Doc16, Ajralishlar, dasturlash maruza, ота-она шартномаси 2022 лотинда, Unti.FR11, o-zbekistonda-ijtimoiy-sohani-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari, 1676364459, doc8, doc7, 86, Delphi dasturlash tilining operatorlari va ularga doir misollar tayyor, Funksiyanal analiz, filial nizomi, printer va skayner turlari
KOMPYUTER GARFIKASI HAQIDA TUSHUNCHA
Zamonaviy kompyuter texnologiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommabop yo`nalishlardan biri bo`lib bormoqda. Hozirda bu yo`nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug`ullanmoqda.
Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo`nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko`pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo`llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasi – grafik displey ekranida tasviriy informatsiyani vizuallashtirish (“ko`rinadigan” qilish). Tasvirni qog`ozda, fotoplyonka, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn o`zlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar “qistirmalari”ni, multfilmlar yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa sohalarda qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o`zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko`zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo`nalishlarni tinmay o`rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o`zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o`zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi – Kompyuter boshqaruvida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o`zgartirish va tahrirlashdir.
Kompyuter grafikasi mustaqil yo`nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo`ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. Kompyuter grafikasi iborasi 1960-yilda birinchi bo`lib Boeing kompaniyasi kompyuter grafikasi tadqiqotchilari Verne Hudson va Uiliam Fetter tomonidan kashf etilgan. Iboraning qisqartma shakli CG (Computer Graphics) bo`lsa-da, ba`zan uni CGI (“Computer Generated Imaginary”, ya`ni kompyuterda hosil bo`lgan tasavvur) deb talqin qilinadi.
O`sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko`rinmas chiziqlarni o`chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo`nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo`naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob`ektlarni o`rganishga qaratildi. Bu yo`nalish uch o`lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o`lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o`lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog`lik masalalarning paydo bulishi uch o`lchovli grafikaga bo`lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo`llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog`liq bo`lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo`nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag`ishlangan. Bu tamoyillarga ko`ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro`yxatga olish imkoniyati mavjud bo`lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo`ldi.
Kompyuter grafikasining o`z ichiga oladigan asosiy yo`nalishlari: interface design (interfeys dizayn), sprite graphics (sprayt grafikasi), vector graphics (vektorli grafika), 3D modeling (3D modellash), shaders (sheyders), GPU design (GPU dizayn), computer vision (kompyuter vision) va boshqalar hisoblanadi. Uning asosiy metodikasi asosan, geometriya, optika va fizika fanlariga mutloq bog`liqdir. Kompyuter grafikasining vazifasi san`at va tasviriy ifodani foydalanuvchiga samarali va mazmunli aks ettirish va harakatlanuvchi dunyodan olingan obyektga ishlov berishdan iborat.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo`lib o`rganiladi:
rastrli grafika;
vektorli grafika;
fraktal grafika.
Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari xamda ushbu nuqtalardan o`tuvchi chiziqlar xamda vektorlar formulalaridan iborat bo`ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi.
Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo`llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida ob’ektlar o`zining xususiyatini yo`qotmaydi. Murakkab ob’ektlarni vektorli grafikada ularning o`lchamini kattalashtirib ko`zdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo`ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo`yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo`naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo`llaniladi.
Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o`lcham va yacheykalarga ega bo`lgan nuqtalar (piksellar) to`plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo`ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
Rastrli grafika – multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo`llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo`lda yaratiladi. Ko`proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta xisoblanadi. Agar tasvir ekranli bo`lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi.
Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo`lib, har bir piksel alohida rangga ega bo`ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo`ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo.
Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz har-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarini yaratishda ko`proq qo`llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o`zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo`llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo`llaniladi.
Hozirgi rivojlanayotgan yuksak texnologiyalar davrida zamonaviy kompyuter grafikasiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Biz yoshlar ham ushbu soha sirlarini mukammal egallashimiz va bu bilimlarni kelajakda amaliy hamda nazariy jihatdan qo`llay olishimiz mumkin. Bugungi kunda bu yo`nalishda ko`plab professional rassom va dizaynerlar shug`ullanib kelishmoqda.

Download 42,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPYUTER GARFIKASI HAQIDA TUSHUNCHA

Download 42,37 Kb.