|
Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika
|
bet | 4/5 | Sana | 12.07.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #267438 |
Bog'liq 2- didlayn Xulosa
Kompyuterni biron bir amalni bajprishga majburlash uchun, siz (yoki boshqalar) unga nima xoxlayotganingizni aniq, batafsil aytishingiz kerak. Bundan tashqari, biz o’zimiz bajarishimiz kerak bo’lgan vazifa tavsifini olamiz, masalan, "yaqin oradagi kinoteatrga qanday borish mumkin" yoki "to’lqinli pechda go’shtni qanday qovurish mumkin". bunday tavsiflar va dasturlar orasidagi farq aniqlik darajasida aniqlanadi: insonlar sog’lom aql bilan qo’llanmani noaniqligini aniqlashga harakat qiladilar, kompyuter bunday qila olmaydi. Masalan, "yo’lak bo’ylab o’nga, zinadan yuqoriga, so’ngra chapga" - yuqori qavatdagi yuvinish xonasini topish imkonini beruvchi aniq qo’llanma. Biroq, agar siz bunday sodda qo’llanmaga qarasangiz, u holda ular grammatik noaniqligi va to’liq emasligini ko’rish mumkin. Masalan, siz stol atrofida o’tiribsiz va yuvinish xonasiga qanday o’tishni so’radingiz. Sizga javob beruvchi, o’rningizdan turishingizni, uni aylanib o’tishingizni va boshqalarni aytishi shart emas. Yana sizga hyech kim sanchqini stolga qo’yishingiz, zanadan ko’tarilayotganda chiroqni yoqishingiz kerakligini, yuvinish xonasiga kirish uchun eshikni ochish kerakligini maslahat bermaydi. Qarama-qarshi holatda bunga kompyuterning aqli yetmaydi. Unga barchasini aniq va batafsil tavsiflash kerak. Kompyuterga qo’llanmani batafsil tavsiflash uchun, o’ziga xos grammatikaga ega bo’lgan aniq belgilangan til hamda biz bajarishni 30 xoxlayotgan faoliyatlarni barcha ko’rinishlari uchun yaxshi aniqlikdagi lug’at kerak bo’ladi. Bunday til dasturlash tili va ko’p qamrovli masalalarni yechish uchun ishlab chiqilgan - C++ dasturlash tili deb nomlanadi.
Kompyuterlar, dasturlar va dasturlash bo’yicha falsafiy qarashlar 1-maruzada kengroq yoritib berilgan. Bu yerda biz juda oddiy dasturdan boshlanadigan kodni hamda uning bajarilishi uchun kerak bo’ladigan bir qancha usullar va qurilmalarni ko’rib chiqamiz.
Glossari
C++ - bu yuqori samarali dasturlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan o'zaro faoliyat platforma tili hisoblanadi.
Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat.
|
| |