1-seminar mashg‘uloti.
Mavzu:
Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish.
Ishning maqsadi:
a) talabalarga shaxsiy kompyuterning qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish
va asbob-uskunalar haqida ma’lumotlar berish.
b) talabalarda kompyuterning qurilmalarni o’rnatish ko‘nikmasini hosil qilish.
Керакли jihozlar:
asbob-uskunalar
,
kompyuter, mavjud qo’shimcha
qurilmalar va multimediali taqdimot.
Nazariy qism:
Kompyuter asboblari va qurilmalari.
Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha
ishlaydigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi.
Xizmat ko`rsatish ishlarining ko`pchiligini katta miqdordagi
asboblarsiz amalga
oshirib bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va
modellarning rang-barangligi bo`yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina
qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining
uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan
foydala-nish sharoitlari esa ekstremal holatlarga
yaqinligini etiborga olsak, eng
maqul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo`ladi.
Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha
intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr
asbobning ko`p maqsadlarda qo`llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar.
Odatda, bunday asbob o`zining asosiy vazifalaridan
tashqari yana bir necha
qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur
vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham bajarish mumkin.
Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi
hali uning universalligini
bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan
uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa
uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo
asoslanmagan holda hafsalaning pir bo`lishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim
jihatlari etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning
yetarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi.
Asbob sotib
olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli,
vaznining
sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi,
elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko`rsatuvchi
belgilar
borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So`ngra elektr asbobning konstruktiv
xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini batafsil tahlil qilib,
tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana
shularga bogliqdir.
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta
bo`lmagan ro`yxati,
shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus
vazifalari haqida malumotlar keltirilgan:
1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami.
2. Yassi jag`li omburlar va h.k.