|
Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
|
bet | 11/15 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 187,75 Kb. | | #110667 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma (1) XULOSA
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart. Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.
Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasining hozirgi kundagi zamonaviy dasturiy paketlari jumladan, Adobe PhotoShop, CorelDraw va Flash dasturlarining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining 5130200 – «Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 6 moduldan iborat. Har bir modul bo`yicha mavzular nazariy va amaliy misollar bilan tushuntirib berilgan. Shu bilan birgalikda CorelDraw, PhotoShop va Flash dasturlarida amaliy topshiriqlar bajarish ketma-ketligi ko`rsatilgan.
O`ylaymanki, informatika fanini o`qitishda kompyuter grafikasi dasturiy paketlaridan foydalanish, o‘quvchilarda dizayn va grafika bo`lgan qiziqishlarini uyg`otadi, darsni samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi hamda o`quvchilarda kompyuter grafikasi doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi.
QISQARTMA SO`ZLAR
Animatsiya — bir nccha tasvir yoki kadrlarni ko`rsatish orqali yaratiladigan harakat majmuidir. Animatsiya turli xil vizual effektlar (harakatlanadigan kartinkalar, chizmalar, jadvallar va boshqalar) qo`llanilishiga asoslangan kompyuterning dinamik grafikasi, ekranda harakat illyuziyasini hosil qiladigan dinamik tasvirlar sintezidir.
|
| |