Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat xafsizligi fakulteti




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.11.2023
Hajmi0,58 Mb.
#107199
1   2   3   4   5
Bog'liq
dedline4 Ahmedov
jurnal (3), ethgfdgdjfgfdhzghfdgf, Rudalarni boyitish (I.Umarova)
 
 



 
Nanotexnologiyaning rivojlanishi. 
Hozirgi davrdayoq nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak 
natijalari tibbiyotda: dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida 
ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi 
samara bermoqda. Nanotexnologiyalardan tibbiyot sohasida foydalanish muhim 
kashfiyotlarga yo‘l ochmoqda. Shu kunlarda jahondagi yetakchi ilm-fan mar-
kazlarida bu yo‘nalishda yaratilgan dori kapsulalari va shpritslar sinovdan o‘tmoqda. 
Dori nanokapsulalarining afzalligi shundaki, ular tananing sog‘lom qismiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmay, faqat kasallangan hujayraga yetib boradi. Nanotexnologik 
ishlanmalar ishlab chiqarishning ko‘plab sohalariga keng tatbiq etilmoqda. Ko‘pgina 
rivojlangan davlatlarda mahsulot sifatini yaxshilash uchun nanomateriallar 
qo‘llanilmoqda. Masalan, mikrobga qarshi vositalarda o‘z-o‘zidan tozalanadigan 
matolar aynan nanomateriallar asosida yaratilmoqda yoki protezlar tayyorlashda 
uning birikish joylarini nanoo‘lchamli kumush zarralar bilan qoplash yo‘lga 
qo‘yilmoqda. 
Bu 
bakteriyalardan 
himoya 
qilishda 
yordam 
beradi. 
Nanotexnologiyalarning rivojlanishi kelgusida tibbiyotni yanada taraqqiy ettirishga 
xizmat qiladi. Natijada kasalliklarning klinik alomatlarini yuzaga chiqishidan oldin 
aniqlash va uni ilk bosqichlardayoq bezarar usullar vositasida davolash imkoniyati 
vujudga keladi. 



Nanotexnologiyalarning rivojlanishi muqobil energiyadan foydalanish 
istiqboli uchun ham muhim asos bo‘ladi. Chunki nanomateriallar asosida yaratilgan 
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarning samaradorligi amaldagilaridan 
bir necha barobar o‘sadi. Nanotexnologiya sohasida mamlakatimiz olimlari va 
mutaxassislarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ham yuksak natijalar 
bermoqda. Jahon ilm-fanida bunday ixtirolarning yutuqlarini chuqur o‘rganish va 
uni hayotga tatbiq etishda mamlakatimiz ilm-fan markazlarida ham qator loyihalar 
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi 
bo‘limida o‘tgan asrning 90-yillarida nanofizika sohasida dastlabki ilmiy-
tadqiqotlar boshlangan edi. Bu jabhada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 
nanomateriallar yordamida nurlanuvchi diodlar yaratildi. 
Ayni paytda olimlarimiz nanofizikaning qator dolzarb masalalari yuzasidan 
keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni hayotga tatbiq etmoqda. Vodorod energetikasining 
oldida turgan dolzarb muammolar, vodorod moddasini suv yoki boshqa suyuqlik 
molekulalari orasida yuzaga keluvchi nanoqopqonlarda saqlash, nanotarmoqlardan 
foydalanishga asoslangan termoelektrik nanomateriallar yaratish, axborot yetkazish 
samaradorligi o‘ta yuqori nanoo‘lchamli mezoskopik tizimlarga asoslangan tar-



moqlar yaratishga oid ilmiy loyihalar shular jumlasidandir. Bu yo‘nalishda olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlar qisqa davrda amaliy natija berayotgani quvonarlidir. 
Nanotuzilishli suyuqlik asosida yaratilgan issiqlik uzatkich, qishloq xo‘jaligi 
zararkunandalariga qarshi kurashish vositasi, sintez qilingan nurlanuvchi diodlar ana 
shunday muhim kashfiyotlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda qattiq jismlar, atom 
va molekulyar fizika, nochiziqli dinamika kabi ilm-fan maktablarining an’analarini 
rivojlantirish, ilm-fan faoliyatini izchil takomillashtirish uchun yaratilgan keng 
ko‘lamli sharoit zamonaviy nanofizika sohasida ana shunday muhim natijalarga 
erishishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda nanotexnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-
intellektual salohiyatni rivojlantirish, ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va 
xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar 
mamlakatimizning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Nanotexnologiya rivojlanishi ustida dunyoda ko‘plab olimlar ish olib 
bormoqda. Ular XXI asr davomida nanotexnologiyaning rivojlanishida bir qator 
natijalarni ko‘zlamoqdalar. Jumladan, tibbiyot sohasida odamning tanasida paydo 
bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar 
nanorobotlarni yaratish, gerontologiya sohasida insonlarning jismoniy boqiyligiga, 
odam tanasidagi hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi 
to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni 
kiritishga erishish, sanoat sohasida iste’mol mollarini ishlab chiqarishda an’anaviy 
usullardan foydalanishdan bevosita atom va molekulalardan yig‘ishga o‘tish, 
qishloq xo‘jaligi sohasida oziq-ovqatni tabiiy ishlab chiqaruvchilarni (masalan, 
o‘simliklar va hayvonlar) molekulyar robotlardan tuzilgan funksional o‘xshash-
lariga almashtirish, ya’ni tirik organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni 
qisqaroq va samaraliroq yo‘l bilan amalga oshirishga erishish (bunda qishloq 
xo‘jaligi samaradorligi ob-havo va og‘ir mehnat sharoitiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning 
ishlab chiqarish hajmi oziq-ovqat mahsulotlari yaratilishga ta’sir etadi), biologiya 
sohasida tirik organizmga atomlar darajasidagi nanoelementlarni kiritish (buning 
oqibatlari turlicha bo‘lib, yo‘qolib ketgan turlarni tiklashdan tortib, yangi turdagi 



jonzotlar biorobotlarini yaratishga olib kelishi mumkin), ekologiya sohasida inson 
faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini to‘liq bartaraf qilish (bunga birinchidan, 
ekosferani inson faoliyati chiqindilarini boshlang‘ich xom-ashyoga aylantiruvchi 
molekulyar robot-sanitarlar bilan to‘ldirish, ikkinchidan esa, sanoat va qishloq 
xo‘jaligini chiqindisiz nanotexnologik usulga o‘tkazish bilan amalga oshirish 
mumkin), koinotni o‘zlashtirish sohasida koinot «odatiy» yo‘l bilan emas, balki 
nanorobotlar orqali o‘zlashtirilishiga erishish, ya’ni robot-molekulalarning ulkan 
armiyasi Yer atrofidagi fazoga chiqariladi va to‘liq o‘rganishga erishiladi hamda Oy, 
asteroidlar va yaqin planetalarda inson uchun kosmik stansiyalar quriladi (bu hozir-
da mavjud bo‘lgan usullardan arzon va xavfsiz bo‘ladi), kibernetika sohasida 
hozirda mavjud bo‘lgan planar strukturalardan o‘lchamlari molekular o‘lchamiga 
teng bo‘lgan hajmiy mikrosxemalariga o‘tish sodir bo‘lishi (kompyuterlarning 
ishchi chastotasi teragers qiymatga yetadi, neyronga o‘xshash elementlardan 
tuzilgan sxemalar paydo bo‘ladi, oqsil molekulalaridan tuzilgan xotira hajmi 
terabaytlarda o‘lchanadigan, saqlash davri uzoq bo‘lgan xotira elementlari paydo 
bo‘ladi, inson aqlini kompyuterga «ko‘chirish» mumkin bo‘lib qoladi), aqlli yashash 
muhitini yaratish, ya’ni barcha tashkiliy qismlarga mantiq elementlarini kiritish 
hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit «aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay 
bo‘lib qolishiga erishish mumkin. Ushbu kutilayotgan natijalar nanotexnologiyaning 
hozirgacha bo‘lgan istiqbollari va kelajakdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
sanab o‘tildi. 

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat xafsizligi fakulteti

Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish