|
Odam organizmiga Kalsiyning tasiri
|
bet | 4/5 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 306,12 Kb. | | #128754 |
Bog'liq BIOGEN ELEMENTLAROdam organizmiga Kalsiyning tasiri. - Kalsiy. Makrobiogen s — element bo‘lib, odam organizmi umumiy massasining 2% ni tashkil etadi. Odamning kalsiyga 24 soat ichida bo‘lgan talabi bir gramm atrofida bo‘ladi. Organizmda saqlanadigan kalsiyning umumiy miqdoridan (~ 1400 g 70 kg odam tana vazniga) 98—99% suyak va tish to‘qimalari tarkibida bo‘ladi.
- Odam organizmiga tushgan kalsiy ichaklarning shilliq qavatida saqlanadigan maxsus oqsil moddasi bilan bog‘lanadi, shu yo‘sinda tutib qolinadi. O‘z navbatida bu oqsilning sintezlanishi D vitaminga bog‘liq bo‘lib, vitaminning organizmdagi miqdoriy kamayishi bu oqsilning sintezlanishi va demak, Ca2+ tutib qolinishini kamaytiradi. Natijada suyaklar elastikligi ortib ketadi va raxit kasalligi kelib chiqadi.
Tibbiyotda Ca2+ ning quyidagi birikmalari ishlatiladi: - CaCl2·6H2O - qalqonsimon bezning faolligi kamayganda, kalsiemiya hollarida, turli allergik kasalliklarda, tomir sistemasining o‘tkazuvchanligini 23 pasaytirishda (nur kasalligi, pnevmoniya, plevrit va h. k.), turli teri kasalliklarida (qichima, ekzema, psoriaz va h. k.) qo‘llaniladi. Kuchli qon oqish jarayonini toxtatish, magniy tuzlari bilan zaharlanganda esa antidot sifatida ishlatiladi.
- CaCO3 - antatsid modda sifatida ishlatiladi. Ca(CH3CH(OH)COO)2·5H2O - kalsiy laktat - CaCl2 qo‘llanilgan hollarda foydalaniladi.
- Ca(HOCH2(CHOH)4COO)2-H2O - kalsiy glyukonat — qo‘llanishi CaCl2 va kalsiy laktat kabidir.
- Ca(OOCCH(NH2)(CH2)2COOH)2 - kalsiy glutaminat - tan jaroxati oqibatida kelib chiqqan epilepsiyani, tuberkulyoz, meningit, poliomielit va turli asab kasalliklarini davolashda ishlatiladi, kalsiy glitserofosfat - raxit kasalligini davolashda, kuchli toliqqanlik hollarida qo‘llaniladi.
Organizmga Cl ning tasiri. - Xlor. Odam organizmining 0,08% ni (og‘irlik foizini) tashkil etadigan oligobiogen element bo‘lib, asosan ionlashgan holda bo‘ladi. U Na+ va K+ ionlari bilan birgalikda tirik organizmning osmotik bosim qiymatlarini belgilash hamda nerv impulslarining o‘tkazuvchanligini ta’minlashda ishtirok etadi. Shu sababli uning kamayishi suv balansi va nerv o‘tkazuvchanligining buzilishiga olib keladi.
- Tibbiyotda uning NaCl tuzi bilan bir qatorda elementning kislota shakli ham qo‘llaniladi. HCl - (8,2—8,4% suvli eritma) —oshqozon shirasining kislotaliligi kamayib ketganda ishlatiladi.
- Tarkibida temir saqlagan dorivor moddalarning so‘rilishi va o‘zlashtirilishini kuchaytiruvchi modda sifatida shu preparatlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
|
| |