|
Organizmga litiyning tasiri
|
bet | 2/5 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 306,12 Kb. | | #128754 |
Bog'liq BIOGEN ELEMENTLAROrganizmga litiyning tasiri. - Litiy. Odam organizmida doimiy uchraydigan mikrobiogen s — elementlarga tegishli bo‘lib, uning umumiy miqdori 1 • 10-4% atrofida bo‘ladi. Asosiy miqdorlari jigar, o‘pka va mushaklarda yig‘iladi. Shu bilan bir qatorda uning hujayra ichki va tashqi muhitidagi miqdori o‘zaro farqlanadi. Jumladan, jigar hujayralaridagi litiy miqdori, shu hujayralararo suyuqliklardagi miqdoridan 3 barobar kam, mushak hujayralaridagi miqdori esa hujayralararo suyuqlikda saqlanadigan miqdoridan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi. Litiy azot almashinuvini kuchaytirib mushaklardagi NH3 miqdorini kamaytiradi.
Organizmga Natriyning tasiri. - Natriy. Nihoyatda katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan oligobiogen s- element bo‘lib, odam organizmidagi umumiy miqdori 0,25% ni tashkil etadi. Unga 24 soat ichida bo‘lgan talab 4-7 g.
- Natriy turli biomolekulalar tarkibiga kirib, kaliy, kalsiy va magniy ionlari bilan birgalikda nerv impulslarini hosil qilish va o‘tkazishda, osmotik bosimni saqlab turishda katta ahamiyat kasb etadi. Uning xlorli tuzi oshqozon shirasi tarkibidagi lHCsintezlanishida asosiy komponent vazifasini bajaradi. Natriy odam organizmidagi ahamiyatli bufer (karbonatli va fosfatli) sistemalari tarkibiga kiruvchi ion bo‘lib, kislota-asos muvozanatini boshqaruvida bevosita ishtirok etadi.
Natriyning tibbiotda ishlatiladigan birikmalari: - NaCl - izotonik (0,86%) va gipertonik (3%, 5% va 10%) eritmalar sifatida foydalaniladi.
- NaBr-nerv sistemasining ko‘zg‘aluvchanligi ortib ketganda undagi ko‘zg‘alish va tinchlantirish jarayonlarini o‘zaro mutanosiblashtirishda qo‘llaniladi. Undan nevrosteniya, nevroz, isteriya, uyqusizlik, epilepsiya va boshlang‘ich davrdagi qon bosim kasalligini davolashda foydalaniladi.
- NaJ - gipertirioz, endemik bo‘qoq kasalligida, nafas yo`llarining shamollashida, ko‘z kasalligida (katarakta va boshqalar), bronxial astmada ishlatiladi.
Natriyning tibbiotda ishlatiladigan birikmalari: - NaHCO3 - antatsid (kislotaga qarshi) modda sifatida qo‘llaniladi. Jumladan oshqozon shirasining kislotaliligi ortib ketganda, yuqumli kasalliklar, intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqqan metobolik atsidoz hollarida ishlatiladi. Osmotik diurezni kuchaytiruvchi modda sifatida buyrak gipertoniyasi va surunkali buyrak etishmovchiligida foydalaniladi.
- Na2S2O3·5H2O - margumush, simob, qo‘rg‘oshin; CN- , J- . va Brsaqlovchi moddalar bilan zaharlanganda antidot (zaharga qarshi) modda sifatida ishlatiladi. Turli allergik kasalliklarda, artritlarda, nevralgiyada, qo‘tir kasalligini davolashda ishlatiladi. Na2HAsO4·7H2O—nevrozlarda, organizm quvvatini oshirish maqsadida, engil kamqonlik (anemiya) kasalliklarida qo‘llaniladi. Na2B4O7·10H2O— antiseptik modda sifatida tashqi a`zolarni davolashda va yosh bolalarning epilepsiya kasalligida ishlatiladi.
|
| |