• Organizmga I ning tasiri.
  • Tarkibida yod saqlagan va tibbiyotda ishlatiladigan moddalar quyidagilardir
  • Organizmga Cu ning tasiri.
  • Organizmga Br ning tasiri




    Download 306,12 Kb.
    bet5/5
    Sana28.12.2023
    Hajmi306,12 Kb.
    #128754
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    BIOGEN ELEMENTLAR

    Organizmga Br ning tasiri.

    • Brom. Mikrobiogen p - element bo‘lib, uning asosiy depolari vazifasini gipofiz, qalqonsimon bez, taloq, aorta tomir devorlari hamda buyrak usti bezi bajaradi.
    • . Brom ta’sirida qalqonsimon bezning faolligi kamayish hollari kuzatiladi. Jumladan, uzoq vaqt brom 24 saqlovchi moddalarning organizmga tushishi bu bez tarkibidagi yod miqdorining kamayishi oqibatida uning gipertrofiyasi (kattalashib ketishi) va gipoterioz xolatlarini keltirib chiqaradi. Bu element markaziy nerv sistemadagi tormozlanish holatlarini kuchaytiradi. Tibbiyotda bromli moddalar NaBr va KBr tinchlantiruvchi vositalar sifatida ishlatiladi.
    • Bromkamfora – tinchlantiruvchi va yurak ishini yaxshilovchi modda sifatida nevrasteniya va yurak nevrozlarida ishlatiladi.

    Organizmga I ning tasiri.

    • Yod. Bu elementning odam tanasidagi umumiy miqdori 20-25 mg ni tashkil etadi. Bu miqdorning yarmiga yaqini mushaklarda, 1/10 qismi terida, 1/17 qismi suyaklarda saqlanadi. Qalqonsimon bezdagi yod miqdori ~6 mg ni tashkil etadi. Yodning qondagi o‘rtacha (normal) miqdori 12,6 mkg% ni tashkil etadi. Gipoterioz holatida bu miqdor 5 mkg% gacha kamayishi mumkin. Miksedema kasalligida esa bu miqdor yana ham kam bo‘ladi. Yodli gormonlar organizmning o‘sishi, fiziologik va psixik rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi.

    Tarkibida yod saqlagan va tibbiyotda ishlatiladigan moddalar quyidagilardir:

    • Yodning spirtdagi 10% eritmasi - antiseptik modda sifatida teri yuzasi, yara atrofini ishlashda qo‘llaniladi.
    • Lyugol eritmasi — 1 qism J2 + 2 qism KJ + 17 qism H2O - tomoq va og‘iz bo‘shliqlarini ho‘llash (dezinfeksiyalash) maqsadida ishlatiladi.
    • CHJ3 - yodoform - sepki va surtki dorilar tarkibiga antiseptik modda sifatida kirib, yiring bog‘lagan yaralarni davolashda qo‘llaniladi.

    Organizmga Cu ning tasiri.

    • Mis. Misning odam organizmidagi umumiy miqdori 100-150 mkg tashkil etadi. Asosiy deposi jigardir. Organizmdagi mis ko‘p hollarda oqsillar (fermentlar) va vitaminlar bilan birikkan bo‘ladi. Shu bilan birga misning o‘ziga xos xususiyatlari oksidlovchi fermentlar, jumladan sitoxromoksidaza va seruloplazminlar tarkibida aniq namoyon bo‘ladi. Mis miqdorining kamayishi sitoxromoksidazalik faollikni normaga qaraganda 8 marotabagacha pasayishiga olib keladi. Mis miqdorining fiziologik qiymatlargacha ortishi esa bu faollikning qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. Qon zardobidagi misning asosiy qismi oqsil moddalari (α-globulinlar) bilan birikkan holda bo‘ladi. Bu kompleks seruloplazmin deb ataladi va u jigarda sintezlanib, shundan so‘ng qon tarkibiga o‘tadi.

    Download 306,12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 306,12 Kb.