|
Toshkent tibbiyot akademiyasiBog'liq 85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarDAVLAT QO’MITALARI – (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan
sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun
mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6
may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini
belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa
huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga
oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda
nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n yillikda
ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish
yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob
palatasi), ma’muriy yustitsiya organlarining soni va roli o’sdi.
KO’PPARTIYAVIYLIK – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni
tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy printsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy
plyuralizmni ancha umumiyroq bo’lgan printsipining ifodasi hisoblanadi. K. P.
printsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o’z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda
siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida
tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
QONUN – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki bevosita
xalqning xohish - irodasiga ko’ra (masalan, referendum o’tkazish yo’li bilan)
qabul qilingan va qoida tariqasida, eng muxim ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi yuridik hujjat.
QONUN LOYIHASI – qonun chiqaruvchi organga qabul qilish uchun taklif
qilinayotgan yoki referendumda ko’rishga kiritish uchun tayyorlangan qonunning
matni.
|
| |