|
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Mavzu: Modellarning real ob’ektga nisbatan monandligini aniqlash usullari. Guruh: Bajardi: Teksirdi: Toshkent-2024 Modellarning real ob’ektga nisbatan monandligini aniqlash usullari. Reja
|
bet | 5/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 224,62 Kb. | | #249230 |
Bog'liq Toshkent toBirinchidan, loyihalashtirilayotgan yoki modernizatsiya qilinayotgan tizimlar uchun y0 qiymati haqida ma'lumot bo'lmaydi, modellashtirilayotganda odatda shunday tizimlar qaraladi. Albatta, bunday holatlarda model qiymati bilan tizimning analogi qiymatlari tekshirilishi mumkin, lekin u holda har ikkala kattalikka ham ishonchsizlik paydo bo'lishi mumkin.
Ikkinchidan, tizim bitta bitta xarakteristika bilan emas, balki xarakteristikalar majmuasi bilan baholanib, ularning tashkil etuvchi xarakteristikalarning og'ishlari turli hil bo'lishi mumkin.
Uchinchidan, xarakteristikalar tasodifiy miqdor yoki funksiya, ko'pincha, nostatsionar funksiya bo'lishi mumkin. Stoxastik tizimlar uchun yuqori moslik darjasiga ega bo'lgan modellarda olingan statistik xarakteristikalar, real tizimda o'lchashlar yordamida olingan mos qiymatlarga nisbatan aniqroq bo'lib qolishi ham mumkin. Bu narsani quyidagicha izohlash mumkin. Agar tizim modeli mavjud bo'lsa, u holda
natijaviy qiymatni juda ko'plab joriy qilingan (realizatsiya) natijalarga asoslanib chiqariladi, real tizimda esa bunday sondagi tajribalar o'tkazish imkoniyati chegaralangan.
To'rtinchidan, boshida aniq ruxsat etilgan chegaraviy qiymatni berish imkoniyati har doim ham mavjud bo'lavermaydi.
Bulardan qat'iy nazar, modelni tizim bilan mosligini tekshirish baribir zarur bo'ladi, sababi, modelni xato natijasiga ko'ra notg'o'ri qaror qabul qilinib qolishi mumkin. Amaliyotda moslik (moslik), ya'ni model yordamida olingan natijalarni yaroqliligi ekspertlar tahlili orqali aniqlanadi. Quyidagi ko'rinishdagi tekshiruvlarni alohida ta'kidlab o'tish mumkin (quyidagi chizmaga qarang):
-model elementlarini tekshirish (bir bir shubha tug'diradigan holatlarda elementlarni detalizatsiya qilish yoki qo'shimcha tahlil o'tkazish);
-modelni tashqi ta'sirlarga tekshirish (qabul qilingan taxmin, approksimatsiya va gipotezalarni matematik usullar orqali baholash zarur);
-tizim ishlashining konseptual modelini tekshirish (masalaning qo'yilishidagi xatoliklar aniqlanadi);
-formallashgan va matematik modelni tekshirish;
-chiqish xarakteristikalarini o'lchash va hisoblash yo'llarini tekshirish (echimning xatoligi aniqlanadi);
-dasturiy modelni tekshirish (dasturiy va matematik modellarda amal (operatsiya) va algoritmlarni ishlashi mosligi tahlil qilinadi, o'zgaruvchilarni chegaraviy va namunaviy qiymatlarida tekshiruv-nazorat hisoblashlar o'tkaziladi, dasturlashni vositaviy xatoliklari aniqlanadi) va boshq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Mavzu: Modellarning real ob’ektga nisbatan monandligini aniqlash usullari. Guruh: Bajardi: Teksirdi: Toshkent-2024 Modellarning real ob’ektga nisbatan monandligini aniqlash usullari. Reja
|