VAZIFA: A-4 formatga asosiy yozuv kataklarini chizib, tegishli yozuvlar bilan  to‘ldirilsin




Download 12,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/84
Sana19.11.2023
Hajmi12,33 Mb.
#101450
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
Bog'liq
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

VAZIFA: A-4 formatga asosiy yozuv kataklarini chizib, tegishli yozuvlar bilan 
to‘ldirilsin. 
 
4 -mavzu: Tarkibida “Tutashma” elementi qatnashgan detal chizmasini 
bajarish
.
 
I-grafik ishini bajarish uchun o‘quvchi va talabalar guruh jurnalidan o‘z tartib raqamlariga 
mos bo‘lgan vazifani ustozlaridan oladilar. 
Olingan vazifani o‘quvchi va talabalar, avval o‘z vazifalarini daftariga ko‘chirib oladilar. 
Vazifada, «Tekis kontur» chizmasini quyidagi ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi: Lekin buni 
har bir o‘quvchi yoki talaba o‘zi istagan, ya’ni o‘zi maqbul deb topgan reja asosida bajarishlari 
ham mumkin.
1. Tekis konturning o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda A4 yoki A3 format tanlab olinadi. 
So‘ngra, bu formatda tutashmaning simmetriya o‘qlari va markaz chiziqlari «Отрезок»-«Kesma» 
buyrug‘idan foydalanib o‘tkaziladi. Markaz chiziqlarni o‘tkazishda ular orasidagi masofani 
«Подобие»-«ob’ektlarni berilgan masofaga surish» buyrug‘idan yoki kesma uzinligini tezkor 
kiritish usulidan foydalanib kiritiladi.
2. Tekis kontur chizmasida berilgan chiziqlar, ya’ni to‘g‘ri chiziq va aylanalar chizib 
olinadi. Bunda, «Отрезок»-«Kesma» va «Круг»-«Aylana» buyruqlaridan foydalaniladi.
3. Tekis kontur chizmasidagi tutashma elementi-aylana yoyi o‘tkaziladi. Komp’yuterda 
bunday aylana yoyi to‘liq aylana ko‘rinishda chizish panelidagi yoki «Risovanie» menyusidagi 
«Круг»-«Aylana» buyrug‘idan foydalanib chizib olinadi. Buning uchun, ularning birortasiga kirib, 
undagi «2 точки касания/радиус» buyrug‘i yuklanadi va taxminiy urinish nuqtalari «Sichqon» 
yordamida ko‘rsatiladi. Muloqotlar qatoridagi so‘rovga tutashma radiusi kiritiladi va «Enter» ni 
yuklash bilan tutashma yoyi to‘liq aylana bo‘lib tasvirlanib qoladi. 
Shunday amallarni bajarish asosida chizmadagi barcha tutashmalar bajariladi. Ulardagi 
ortiqcha aylana yoylarini chizmadan yo‘qotish uchun, «Обрезать»-«Kesish» buyrug‘idan 
foydalaniladi. 
Yuqoridagi bosqichlarda bajarilgan «Tekis kontur» chizmasi taxt qilinadi. Ya’ni, I-grafik 
ishini qog‘ozga chiqarib olishdan avval, uning chiziqlari kerakli turlarda-qiyofalarda va 
yo‘g‘oliklarda bajarib chiqiladi

O‘q va markaz chiziqlari ikkinchi «Po sloyu» buyrug‘idan foydalanib bajariladi. Asosiy 
chiziqlar yo‘g‘onligini, ekranning eng pastki «Режим»-«Хolat» qatoridagi «VESLIN» buyrug‘iga 
kirib, ko‘riladi va tekshiriladi. Agar, chizmada biror yo‘g‘onlashtirilmagan chiziq qolib ketgan 
bo‘lsa, uni ajratib uchinchi «По слою» buyrug‘idan foydalanib yo‘g‘onlashtiriladi. 
Agar, chizmadagi chiziqlarga rang berish lozim bo‘lsa, birinchi «По слою» buyrug‘idan 
foydalaniladi. 


86 
«Tekis kontur» vazifasida berilgan o‘lchamlar, ekranda bajarilgan chizmaga qo‘yib 
chiqiladi. O‘lcham chiziqlarini, strelkalarini va raqamlarini ko‘rsatkichlari «Формат» menyusidagi 
«Размерные стили...» buyrug‘iga kirib, «Dispetcher razmerniux stiley» darchasidan foydalanib 
tanlab olinadi.
Tayyor bo‘lgan «Tekis kontur» chizmasi qog‘ozga chiqarish uchun tayyor holda hotirada 
saqlanadi va bir nushada qog‘ozga ko‘chirib olinadi. Uning namunasi 4-rasmda keltirilgan. 

Download 12,33 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Download 12,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VAZIFA: A-4 formatga asosiy yozuv kataklarini chizib, tegishli yozuvlar bilan  to‘ldirilsin

Download 12,33 Mb.
Pdf ko'rish