106
berilgan o‘lchamlar asosida ikki va uch o‘lchamli loyihalash ishlarini yuqori aniqlikda bajarish
imkoniyatini beradi.
Kompyuterda uch o‘lchamli loyixalash ishlari ikki o‘lchamli loyihalashga nisbatan
birmuncha murakkabroq bo‘lishi bilan birga quyidagi afzalliklarga ega:
1. Ob’ekt sirtlarining o‘zaro kesishuvini avtomatik bajarish;
2. Ob’ektlarni asosiy va qo‘shimcha ko‘rinishlarga o‘tkazib, o‘zaro
vaziyatlarini
o‘zgartirish;
3. Ob’ektlarning yuzalarini tabiiy ranglarga bo‘yash;
4. Bajarilgan uch o‘lchamli rederlangan-bo‘yalgan ob’ektlarni tahlil qilib ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan talablarda ishlab chiqish;
5. Yasalgan uch o‘lchamli modelni-buyumni fazoni istalgan nuqtasidan ko‘rish va kuzatish.
AutoCAD dasturida ikki o‘lchamlidan uch o‘lchamli loyihalash «
3D karkas»ga o‘tish uchun
3- rasm, «Vizualnыe stili»dagi 2- tugma yuklanadi. Undagi 1- tugmani yuklash bilan ikki o‘lchmali
loyihalash «
2D karkas» ga qaytiladi.
AutoCADda ob’ektlar va ularning elementlari bo‘lgan sirtlar karkas ko‘pyoqlik (3- rasm, 3-
tugma yorda-mida), yoki ravon yuzali qattiq jism ko‘rinishida (3- rasm, 4, 5- tugmalar yordamida)
tasvirlanishi mumkin.
Bunday qattiq jismlarni va ularning birikmalaridan iborat bo‘lgan
ob’ektlarni loyihalashda ikki o‘lchamli asosiy ko‘rinishlardan
va uch
o‘lchamli izometrik tasvirlardan foydalaniladi.
Shu sababli uch o‘lchamli loyihalashda bunday ko‘rinishlar bitta
View
(ko‘rinishlar) paneliga joylashtirilgan, 4- rasm.
1 – Nomlangan ko‘rinishlar (
Named Views);
2 ÷ 7 - 6ta standart ustdan, tagdan, chapdan, o‘ngdan, olddan va orqadan asosiy ortogonal
ko‘rinishlar;
8 ÷ 11 - 4ta standart izometrik ko‘rinishlar;
12 – Kamera (
Camera) – ko‘rish yo‘nalishini kamera va ko‘rish nuqtalari yordamida
belgilaydi.
Ko‘rinishni o‘zgartirishning
yana bir imkon 3DORBIT buyrug‘i yordamida amalga
oshiriladi.
Bu buyruq chaqirilganda, ekranda orbitali aylana paydo bo‘ladi. Kursorni uning
kvadratlari bilan bog‘lab, sichqonchani
chap tugmasi yordamida surilsa, ko‘rish yo‘nalishini
o‘zgartirib, ob’ektni ko‘rinmas tomonlarini ham kuzatish mumkin.