107
aniqlash uchun tezkor savollar
-kompyuterda uch o‘lchamda grafik axborotlarni bajarish mumkinmi?
-arxitektura qurilish elementlarini ham kompyuterda uch o‘lchamda loyihalash mumkinmi?
Vizual amaliy materiallar
1-savol. Qattiq jismlarni uch o‘lchamli loyihalash algoritmlari
Ma’lumki har qanday murakkab detal va jismlar bir nechta o‘zaro birikkan oddiy jismlardan
iborat bo‘ladi. Bunday jismlarga ob’ektning primitivlari deb ataladi.
Murakkab uch o‘lchamli ob’ektalar oddiy «g‘ishtlar»dan yasaladi. Bu oddiy «g‘ishtlar»
qattiq jismli primitivlar deyiladi. CHizmachilikda ko‘p uchraydigan qattiq jismli primitivlarning
asosiylariga kub, tsilindr, shar, konus, torlar kiradi. Ularga
BOX (Kub),
WEDGE (Pona),
CONE
(Konus),
CYLINDER (TSilindr),
SPHERE (Shar) va
TORUS (Tors) kabi qattiq jismlar kiradi.
Ularni yasash buyruqlarining tugmalari
Solids (qattiq jism) panelida joylashgan bo‘ladi, 5-rasm.
Shunday qilib jismlarni uch o‘lchamda loyihalash uchun ekranda
view (ko‘rinishlar) va
Solids
(qattiq jism) panellari bo‘lishi shart bo‘ladi.
Shuni takidlash lozimki, biz har bir qattiq jismni loyihalash algoritmini ishlab chiqish bilan
birga, ularning kompyuter variantlarini ham berishni maqsadli deb hisobladik. Ular har bir jismning
tasviri tagida ekranning muloqatlar oynasida joylashgan.
5- rasmdagi qattiq jismlarni loyihalash panelidagi asosiy buyruqlar bilan bir yo‘la, ular
yordamida qattiq jismlarni yaratish jarayonida tanishib chiqamiz.