104
Geometrik, proektsion,
mashinasozlik, qurilish va arxitektura chizmachilik tasvirlarida
kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash, matn yozuvlari yozish va ob’ektlarni ko‘chirish,
burish
hamda, masshtabini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash buyrug‘idan foydalanib chizmadagi
biror ob’ekt yoki konturning ichki sohasi shtrix qilinadi. AutoCAD dasturlari kesim va qirqim,
aylana va ko‘pburchaklarning yuzalarini ob’ekt deb qabul qiladi. Ob’ektlarning o‘zaro kesishuvidan
hosil bo‘lgan berk sohani esa, kontur deb qabul qiladi.
Bu buyruqdan foydalanib ekrandagi biror ob’ektni yoki konturni ichki
berk sohasi quyidagi
algoritm asosida shtrix qilinadi:
1.
«Shtrixovka» buyrug‘i «Sichqon» yordamida yuklanadi, shunda ekranda muloqatlar
oynasi «Shtrixovka i gradient» darchasi paydo bo‘ladi, 1-rasm.
Undagi «Shtrixovka» vkladkasi (uning o‘zi yuklangan holda ham bo‘lishi mumkin) yuklanib,
«Obrazets» yacheykasidagi tugma yuklanadi. Undan kerakli shtrix namunasi «Sichqon» yordamida
tanlanadi va yuklanadi. Tanlangan shtrixni «Struktura» - namuna yacheykasida kuzatish mumkin.
Darchaning o‘ng tomonidagi «Dobavit: tochki vыbora» yoki «Dobavit: Vыbrat ob’ektы» tugmasi
yuklanadi.
1-rasm
«Ichki
nuqtasini ko‘rsating», ya’ni konturning
ichki sohasida biror nuqta tanlashni so‘raydi. Agar
«Dobavit: vыbrat ob’ektы» tugmasi yuklansa, darcha yo‘qolib ekranda chizma va muloqatlar
qatorida
quyidagi
so‘rov
paydo
bo‘ladi:
«Ob’ektni ko‘rsating», ya’ni ob’ektning chegaralovchi barcha chiziqlarini
ketma-ket belgilab
chiqishni so‘raydi.
2. Kvadrat nishoncha bilan «Sichqon» yordamida ob’ektni chegaralovchi chiziqlari yoki
konturning biror ichki soha nuqtasi yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi.
3. Shunda, yana dastlabki darcha paydo bo‘ladi va undagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon»
yordamida yuklanadi. Natijada, oldindan ko‘rib chiqish uchun ekrandagi ob’ektning
tasviri
shtrixlangan holda paydo bo‘ladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bermasa, sichqonning o‘ng
tugmasini bosib yoki, «Enter» tugmasi yuklanadi va yana ekranda darcha paydo bo‘ladi. Undagi
«Ugol» va «Masshtab» yacheykasidagi burchak va shtrix chiziqlari orasidagi o‘lchamlar
qiymati
kerakli qiymatlarga o‘zgartiriladi. Yana bir bor darchadagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon»
yordamida yuklanib, shtrix tasviri qayta ko‘rib chiqiladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bersa,
«Sichqon» yoki «Enter» tugmasini yuklab darchaga qaytiladi, 49-rasm.
4. Darchadagi «OK» tugmasini «Sichqon» yordamida yuklab, ekranda berilgan ob’ekt yoki
konturning shtrixi bajariladi.
Tayanch iboralar:
Shtrixlash, shtrixlash ob’еkti, shtrixlash konturi,
matn yozish.