VAZIFA: aylana va uning qo‘shimcha buyruqlaridan foydalanib tutashma bajarilsin.
NAMUNA VAZIFA NAMUNA VAZIFA Namuna kabi asosiy yozuv yozilib, o‘lchamlar qo‘yilsin.
87
4-rasm
88
5-Mavzu: Chizmaga o‘lcham qo‘yish. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga 1-grafik ishni taxt qilishga doir metodik ko‘rsatmalar
berish. Bajarilgan grafik ishga - tutashmaga o‘lcham qo‘yishni o‘rgatish.
Vizual material Yuqoridagi bosqichlarda bajarilgan «Tekis kontur» chizmasi taxt qilinadi. ya’ni, I-grafik
ishini qog‘ozga chiqarib olishdan avval, uning chiziqlari kerakli turlarda va yo‘g‘oliklarda bajarib
chiqiladi.
Tayyor bo‘lgan «Tekis kontur» chizmasi qog‘ozga chiqarish uchun tayyor holda
hotirada saqlanadi va bir nushada qog‘ozga ko‘chirib olinadi. Uning namunasi 2- rasmda
keltirilgan.
2-rasm
2-savol. « Размеры » - «O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi Bu mashg‘ulotda o‘lcham qo‘yish buyruqlari o‘rganiladi. O‘lchamlar qo‘yish uchun
chiqarish nuqtalari va o‘lcham chizig‘ining o‘rni ko‘rsatilsa, o‘lcham qiymatlari va strelkalarini
kompyuter avtomatik o‘zi chizmaga qo‘yadi. Chizmada biror chiziqni nuqta bilan uzish, ikki nuqta
oralig‘ida uzish va burchak faskalarini olish zaruriyati bo‘lib turadi. Bunday amallarini
kompyuterda bajarishni mo‘ljallab, ushbu mashg‘ulotninig shakli va mazmunini quyidagicha ishlab
chiqdik.
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
- Tutashma buyrug`idan foydalanib tutashmaning qanday turini bajarish mumkin?
- Ekranda tutashma bajarganda tutashish nuqtalari qanday topiladi?
- O’lcham qo’yishda chiqarish va o’lcham chiziqlari, o’lcham qiymati AutoCAD dasturi qanday
bajaradi?
- o’lcham balandligi va strelkalar uzunligini qanday o’zgartiriladi?
89
«Размеры»-«O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish, «Размеры»-«O‘lchamlar»
qo‘yish buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari. «Размеры»-«O‘lchamlar» buyrug‘idan
foydalanib geometrik figuralar, detallar va buyumlarning kerakli o‘lchamlari chizmada qo‘yiladi.
Buning uchun, avval kerakli ko‘rsatkichlarning o‘lchamlari kompyuterga kiritiladi, ya’ni o‘lcham