• Dinshunoslikning predmetlari
  • Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti




    Download 20,75 Kb.
    bet2/2
    Sana23.12.2023
    Hajmi20,75 Kb.
    #127541
    1   2
    Bog'liq
    REFERAT DILMURODJON
    DTK, test, Mustaqil ish fizika, 1, doc2

    Dinshunoslikning funksiyalari


    “Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydi “Dinshunoslik fani bo‘yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko‘nikmasi uchun quyidagi muhim talab, vazifalar qo‘yilgan
    Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta’rif va tavsiflarni mazkur fanni o‘rganishda nazariy asos qilib olish;
    Ikkinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy tashkilotlar huquqlari va majburiyatlarini bilish.
    Uchinchidan, “Dinshunoslik” asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat o‘rnatilishi, fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik sharofati ekanligini tushunib etish, To‘rtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat o‘zining emas, balki boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ulari bilan hisoblashish lozimligini, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga jalb etish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini chuqur tushunib etish;
    Beshinchidan, “Dinshunoslik” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga rivojlanishini nazarda tutgan holda o‘zi qo‘lga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu fanni o‘zlashtirishda foydalanish.

    Dinshunoslikning predmetlari


    Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Talabalar diqqatini bu fan
    jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni
    – mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarni talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilish ko’zda tutilganligiga qaratish kerak.
    Dinshunoslik fani taraqqiyoti jarayonida ma’lum usullarga asoslanib izlanishlar olib borilgan va bu izlanishlarning natijasida muhim xulosalar shakllangan.
    Talabalar diqqatini mana shu xulosalarga qaratish maqsadga muvoffiqdir:

    • har qanday din ijtimoiy hodisa bo’lib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir;

    • diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi;

    • ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar evolyusion taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.

    Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limot va ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko’p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi.
    E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan, chuqur va mustahkam ishonch ma’nosida ishlatiladi. Demak, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Din xudoga e’tiqod qo’yish, unga ishonishdir. Aslida “din” so’zi qadimiy somit va yahudiy tillaridan kelib chiqqan. Xristian dinidagi
    “religiya” so’zi lotin tilidagi “relegere”, “religio” so’zidan olingan bo’lib, e’tiqod qiluvchi kishilar bilan xudoning aloqadorligini bildiradi. Hindlarda dharma (qadimgi oriy tilida dhar – qo’llab quvvatlash, himoya qilish demakdir) – ta’limot,
    adolat, qonun ma’nosini beruvchi so’z ishlatilgan. Xitoy tilida chiao – ta’limot so’zi “din” ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi kunda “din” so’zi muayyan dunyoqarash, his-tuyg’u va marosimlar orqali odamlar, ularning uyushmalari, xalqlar va
    millatlarning Yaqinlashuvi, ma’naviyaxloqiy hayotdagi hamfikrlilik tushuniladi. Falsafiy nuqtai nazardan din jamiyat, ma’lum bir guruh, individning ma’naviy hayotining bir sohasi; dunyoni tushunushning bir usuli; dunyoqarashning,
    ma’naviy ishlab chiqarishning va hayotiy faoliyatning bir turi, madaniyatning bir bo’lagi. Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni
    yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil – din sohasida
    kechayotgan o’zgarisharni xolis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengrok imkoniyat yaratish, salbiy
    holatlarni oldini olishdir. Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
    Dinshunoslik fanini o’qitishning asosiy maqsadi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, yoshlarda diniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan iborat. Yuqorida keltirilgan ma’lumotga asoslangan xolda dinshunoslik fanining
    asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 
    Talabalarga din va diniy ta’limotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham diniy talqinda, ham dunyoviy talqinda bilim berish; dinning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari borasida falsafiy fikr yuritish; din va diniy
    ta’limotlarni o’uganishda ilmiylik, tarixiylik, ob’ektivlik prinsiplariga asoslangan
    xolda fikr yurita olish malakasi va ko’nikmalarini xosil qilish.  Xalqimiz
    madaniyatining ajralmas qismi bo’lmish islom dinining jamiyat hayotida tutgan o’rni, ma’naviyat, san’at va adabiyotimizning rivojiga qo’shgan hissasi, davlatimiz ravnaqiga ijobiy ta’siri, dinimizning markazida yaxshilikka, ezgulikka da’vat turishi, diniy qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni ezgulik va komillik sari etaklashini o’rganish. 
    Talabalarga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan
    masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, diniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirish. 
    Talaba yoshlarga dinni niqob qilib olgan turli oqimlarning asl
    mazmunmohiyatini, maqsadlarini ochib berish. Diniy fundamentalizm va ekstremizm haqida to’liq ma’lumot berish. Inson qadri uning ijtimoiy
    xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ko’rinishini talaba yoshlar ongiga singdirishimiz darkor. Bugungi kunda ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk,
    barkamol inson – oliy qadriyatdir. Insonni etuklikka, komillik sari bilim, insoniy fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar etaklaydi albatta. Har bir diniy ta’limotning markazida esa yaxshilikka, ezgulikka da’vat turadi, diniy qadriyatlar va
    umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni ezgulik va komillik sari etaklaydi. 3. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo’lgan din xalqlar hayoti bilan bog’liq holda rivojlib, davrga
    moslashib, diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar
    jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Avvalo din dunyoqarashlik vazifasini bajaradi. Shu bilan birga dinning jamiyatda ijtimoiy,
    ma’naviy, ruhiy vazifalari mavjuddir. Dinning asosiy vazifalari haqida talabalarga
    atroflicha ma’lumot barish maqsadga muvoffiqdir. Har qanday din o’z homiylari uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • to’ldiruvchi va ovutuvchi (kompensatorlik);

    • birlashtiruvchilik (integrativlik);

    • dindorlar hayotini tartibga solish va nazorat qilish (regulyativlik);

    • jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa bog’lashlik (komunikativlik); 7

    • Qonunlashtiruvchilik (legitimizatsiya) funksiyasi – dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha,

    «har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan
    munosabatni ham belgilaydi». Bulardan tashqari dinning:

    • falsafiy vazifasi insonning yashashdan maqsadi, hayotning mazmuni, dorulfano, dorulbaqo – dunyo haqidagi masalalarga o’z munosabatini bildirishdan iborat;

    • dunyoqarashlik vazifasi – kishilarda o’ziga xos diniy dunyoqarashni shakllantiradi.

    Download 20,75 Kb.
    1   2




    Download 20,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti

    Download 20,75 Kb.