|
Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar: SHamirboyev.U
|
bet | 7/18 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 406,12 Kb. | | #132235 |
Bog'liq amaliyot daftariAmaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar: SHamirboyev.U ________
4-mavzu. Tijorat banki faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish
26-27.12.2023
Tijorat banklari faoliyatini xalqaro mezon va andozalar asosida tashkil etish, banklarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini umum qabul qilingan talablarga muvofiqlashtirish borasida olib borilgan ishlar bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini (Bazel-3) mamlakatimiz bank tizimiga Hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib joriy etishga sharoit yaratdi. Ularga ko‘ra, tijorat banklari kapitalining yetarligiga qo‘yilgan talablar oshirildi, likvidlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha me'yorlar joriy qilindi, bank aktivlari sifatini tasniflash va xatarlarni boshqarish tizimlari yanada takomillashtirildi.
Tijorat banklarining moliyaviy holati barqarorligi hamda iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlarga bardosh bera olishi ko‘p jihatdan ularning kapitallari miqdori va kapitallashuv darajasiga bog‘liqdir.
Shu o‘rinda bir misol: oxirgi besh yil ichida banklarning jami kapitali 2,4 barobar, 2018 yilda esa 23,3 foiz o‘sishi ta'minlandi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, banklar kapitalining yetarlilik darajasi 23,6 foizni tashkil etib, Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan me'yorlardan qariyb 3 barobar ko‘p bo‘ldi. Ayni paytda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 26 ta tijorat bankining 854 ta filiali, 4292 ta mini-bank va chakana xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi orqali tizimda erishilgan ijobiy natijalar mustahkamlanmoqda. Bu natijalar bank xizmatlari va mahsulotlari turlari tobora kengayib borayotganida, ishbilarmonlik muhiti tobora yaxshilanib, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmi o‘sayotganida aks etmoqda. Bugungi kunda mijozlar o‘z hisobvaraqlarini masofadan turib, real vaqt rejimida uyali va elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda boshqarish imkoniga egalar. Garchi bunday xizmatlar joriy etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan esa-da, lekin juda tez ommaviylashib ketdi. Xususan, so‘nggi besh yilda ushbu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar soni qariyb 90 foiz ortdi yoki bugungi kunda 1,1 milliondan oshdi. Plastik kartochkadan foydalanish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. So‘nggi besh yil mobaynida terminallar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 5 marta ortdi. Bank tizimiga yangi ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etilishi bilan tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezkorligi, sifati va ishonchligi ham oshmoqda. Tijorat banklarining moliyaviy holati barqarorligi hamda iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlarga bardosh bera olishi ko‘p jihatdan ularning kapitallari miqdori va kapitallashuv darajasiga bog‘liqdir.
Shu o‘rinda bir misol: oxirgi besh yil ichida banklarning jami kapitali 2,4 barobar, 2015 yilda esa 23,3 foiz o‘sishi ta'minlandi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, banklar kapitalining yetarlilik darajasi 23,6 foizni tashkil etib, Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan me'yorlardan qariyb 3 barobar ko‘p bo‘ldi.
Banklar kapitalning muntazam oshirib borilishi so‘nggi yillarda ro‘y bergan global iqtisodiy inqirozlarning milliy iqtisodiyotga ta'sirini yumshatishga sharoit hozirladi va bu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlar uzluksiz davom etadi.
Xususan, Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan barcha tijorat banklari ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Aytish joizki, bu choralar banklarni xususiylashtirish jarayonining navbatdagi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayon yaqin istiqbolda banklarda boshqaruv sifati va madaniyatini yanada yuqori olib chiqish, bank faoliyatida aksiyadorlar ishtiroki va mas'ulligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga olib keladi.
|
| |