• Ipoteka kreditini olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni o’rganish
  • Toshkentmoliya instituti




    Download 406,12 Kb.
    bet9/18
    Sana08.01.2024
    Hajmi406,12 Kb.
    #132235
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    amaliyot daftari

    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ-33-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 4, 340-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
    Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
    *Ipoteka kreditini olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni o’rganish
    Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi uning ishonchlilik darajasini aniqlashga yordam beradigan bankning muayyan talablarga javob berishi kerak. Qarz oluvchi mos kelishi kerak bo'lgan eng asosiy parametrlarni ko'rib chiqamiz.

    • Qarz oluvchining yoshi. Aksariyat banklar ipotekani rasmiylashtirish vaqtida qarz oluvchi kamida 18 yoshga (ba'zi hollarda 21 yoshga) to’lgan va 60 yoshdan oshmagan bo’lishini talab qiladi.

    • Tajriba va barqaror ish joyi. Qarz oluvchi hozirgi ish joyida kamida 3-6 oy, ba'zi hollarda esa kamida bir yil ishlagan bo'lishi kerak.

    • To'lov qobiliyati. Ipoteka bir necha yil davomida muntazam to'lovlar amalga oshirilishini ko’zda tutadi, shuning uchun bank qarz oluvchi qonuniy barqaror daromadga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    • Fuqarolik. Banklar xorijliklarga ipoteka bermaydi, shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi pasporti bo‘lishi kerak.

    Bundan tashqari, yaxshi kredit tarixiga ega bo'lgan va ipoteka shartnomasini tuzish vaqtida boshqa yirik qarzlari bo'lmagan shaxslarga ipoteka krediti ma'qullanishi ehtimoli ko’proq bo’ladi. Ipoteka kreditini berish imkoniyatini baholash uchun bank potentsial qarz oluvchining umumiy moliyaviy yukini hisobga oladi, shuning uchun agar sizning joriy kredit majburiyatlaringiz oylik daromadingizning 70% ga yaqinlashayotgan bo'lsa, sizga albatta birgalikda qarz oluvchi kerak bo'ladi. Birgalikda qarz oluvchilar sifatida yaqin qarindoshlar ham, birga yashamaydigan va yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.

    Download 406,12 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 406,12 Kb.