Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to`g`risida 2023-yil 1-dekabr holatiga ma'lumot
amaliyot daftari
Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar: SHamirboyev.U ________ 5-mavzu.*Bankining zamonaviy chakana xizmat turlarini o’rganish. 28-29.12.2023 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan majlisda mamlakatimiz bank tizimi xodimlari davlatimiz rahbarining shu yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Bosh prokuratura va Prezident devonining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov ushbu qaror bank tizimidagi islohotlar izchilligini ta’minlashga qaratilganiga to‘xtalar ekan, “qarorning har bir bandida va tijorat banklarining “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlar banklarning barcha filiallari faoliyatida o‘z aksini topishi va eng asosiysi, bu o‘zgarishlarni xalq va tadbirkorlar amalda ko‘rishi lozim”, deya ta’kidladi. Ta’kidlandiki, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xizmat ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy qilinmoqda, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi keng qatlamiga maqbul keladigan moliyaviy xizmatlar turlari kengayib bormoqda. Shu bilan birga bank xizmatlari iste’molchilarining qonuniy manfaatlari va huquqlariga rioya qilish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini ta’minlash, ayniqsa xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va bank tizimga bo‘lgan ishonchni yanada yuqori darajaga olib chiqishda birmuncha muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Majlisda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ushbu nuqsonlar birma-bir sanab o‘tildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalarini e’tiborga olib, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun Markaziy bank tomonidan izchil choralar ko‘rilmoqda. Majlisda tijorat banklariga ilg‘or xalqaro bank amaliyotini chuqur o‘rganish asosida muntazam ravishda yangi zamonaviy xizmat turlarini joriy etish, hududlarda, ayniqsa chekka tumanlarda aholining bank xizmatlariga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, bank filiallari, mini-banklari tarmog‘ini kengaytirib borish, filiallarning mijozlarga kredit ajratish bo‘yicha bosh bankning aralashuvisiz qaror qabul qilish vakolatlarini oshirish tavsiya etildi. Shu bilan birga tijorat banklari: - banklarga tashrif buyuruvchilar xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish, maslahat so‘rash, xizmatlardan foydalanish uchun bank binosiga ruxsatnomasiz va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasdan kira olishi uchun sharoit yaratishlari; - kredit (mikrozayom) arizalarini ochiq ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish jarayonining ketma-ketligini aniq belgilash, natijalari bo‘yicha mijozga kredit (mikrozayom) ajratish yoki ajratmaslik to‘g‘risida asoslantiruvchi ma’lumot yuborish tartibini tasdiqlashlari; - kredit ajratishda mijozlarga “kreditning to‘liq qiymati”, kredit berish va unga xizmat ko‘rsatish (qaytarish) bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlar to‘g‘risida oldindan to‘liq tushuntirish berish tizimini yo‘lga qo‘yishlari; - ko‘rsatilayotgan barcha xizmat turlari bo‘yicha belgilangan tariflar banklarning veb-saytida joylashtirilishi, shuningdek shartnomalarda tegishli xizmatlar bo‘yicha belgilangan haqlar aniq ko‘rsatilib borilishi; - mikroqarz ajratish huquqini berish bo‘yicha qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlar kuchga kirishi bilan banklar mijozlarga kamida 3 ta mikroqarz turini taklif etishga tayyor bo‘lishi; - kreditlashning qisqa muddatli, ekspress mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishlari zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, qaror talablari asosida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga banklar faoliyatini takomillashtirish va bank xizmatlarining ommabopligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklandi. *Iste’mol kreditini berish tartibini o’rganish. Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining ta’lim olishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, shuningdek kreditlar olish imkoniyatini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) sotib olish uchun moliyaviy iste’mol krediti berish to‘g‘risidagi talabning mavjudligi aholi uchun noqulaylik tug‘dirmoqda hamda tovarlarni (xizmatlarni) kredit mablag‘lari hisobidan sotib olish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Ushbu Qonun bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Ushbu Qonun moliyaviy iste’mol krediti berish tartibini takomillashtirish va soddalashtirishga, shuningdek mamlakatimiz aholisining ta’lim olish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Download 406,12 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to`g`risida 2023-yil 1-dekabr holatiga ma'lumot
|