• ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
  • ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #39352
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    “TOSHKENTNOMA”-SHUKRONALIK-DOSTONI. To\'rayev Mirfayz
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
    ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION 
    YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, 
    TAKLIF VA YECHIMLAR
     
    info@bestarticle.uz
     
    https://sites.google.com/view/imxu/
     
    BEST ARTICLE 
    RESPUBLIKA ILMIY – 
    ONLAYN 
    KONFERENSIYASI 
    2022
    KONFERENSIYA | 

    Shoahmad aka va ayoli Bahri ayaning nomlari tilga olinadi. Bu satrlarda 
    o‘zbekning bolajonligi, katta qalb egasi ekanligi, tantiligi, jo‘mardligi kabi 
    xislatlari uning portpetini yaratgan. 
    Lekin, tasvirda kutilmagan burilish qilinadiki, bu farzandlarning taqdiri oliyjanob 
    insonlar bilan bog‘langanligi, hayotning bardavomliligi, yomonlikning ezgulik 
    tomonidan muqarrar mahv etilishi, satrlar mohiyatiga singdirilgan. Badiiy 
    adabiyotning hayotparvarligi, insonparvarligi mana shunday nuqtalarda namoyon 
    bo‘ladi.
    Shoir Toshkent tasvirida “Deydilar Toshkentda suv ichgan chumchuq, Qaytib kelar 
    ekan Makkatullodan” deya ohori to‘kilmagan tashbehlarni qatorasiga tizib 
    tashlaydi: 
    Tongda-oppoq xamir zuvalasimon, 
    Tush vaqti qizarib-qizigan tandir. 
    Ammo botish oldi, sarg‘aygan payti 
    Uni shirmoyi non deging keladi. 
    Yoki
    Toshkentda uch fasl yoz ekanligi ta’kidlanadi: ya’ni, 
    Bahor-shoshgan ichki yoz, 
    Yoz-katta va asl yoz, 
    Kuz- kechikkan kechki yoz 


    ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION 
    YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, 
    TAKLIF VA YECHIMLAR
     
    info@bestarticle.uz
     
    https://sites.google.com/view/imxu/
     
    BEST ARTICLE 
    RESPUBLIKA ILMIY – 
    ONLAYN 
    KONFERENSIYASI 
    2022
    KONFERENSIYA | 

    “Mavzuni ifodalash uchun Shayxzoda original obrazlar, rang-barang ohanglar, 
    qofiyalar topadi. Ayniqsa, mazmun taqozosi bilan vaznlarning o‘zgarishi 
    jozibalidir. Shaharning ko‘hna tarixini hikoya qilish uchun salobatli bir vazn 
    qo‘llansa, bahor faslini, xiyobonlarni, o‘ychan oqshomlarni tasvirlash uchun 
    o‘ynoqi, yengil vazndan foydalanadi shoir…” Masalan: Bizning Toshkan, oshini 
    deng, Qizning uchgan qoshini deng! Toshkan oshin, yeyman desang, Qalam 
    qoshin, deyman desang -Gaping chiroylik! Hay-hay boraylik! Ta’bing chiroylik! 
    Tur, tez boraylik! kabi tantanavor ohanglar, birda esa sokin va vazmin ohanglar 
    bilan tasvirlar almashinib turadi. Bu ohanglar mavzu mohiyatidan kelib chiqqan. 
    Go‘yo biri ikkinchisini taqozo etgan. Haqiqiy she’rlarda mavzu va ohang birga 
    tug‘iladi. 
    Maqsud Shayxzodaning har bir asarida o‘ziga xos so‘z yaratish iqtidori bor: 
    nonpaz, bozorbon, o‘choqbop, ko‘katzor, qadamdosh, hamqator, g‘oyaparvar, 
    xushhidlik, ipaklashsin… Bunday so‘zlar dostonga o‘zgacha ruh va fayz 
    bag‘ishlay olgan. Munaqqid Ibrohim G‘afurov to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek: ” U so‘z 
    ishlatganda, g‘oyatda katta jur’at bilan ishlatadi va bizga so‘zning avval 
    ko‘rilmagan qirralarini namoyon qiladi. Shayxzodaning she’rlarida so‘zlar 
    serquloch va serbo‘yoqdir”. 
    “Toshkentnoma” 18 bobdan iborat. Shoirning boshqa dostonlarida bo‘lgani kabi bu 
    dostonda ham yagona voqea tasviri yo‘q. Har bir bobda mavzular bor, lekin bu 
    voqealar bir-birlari bilan salmoqli bir g‘oya orqali mantiqan bog‘lanadi. Bir 
    qaraganda mavzular sochilgan durlarga o‘xshaydi. Lekin bu durlar bitta shodaning 
    donalari, bitta ipga terilgan. Voqealar silsilasida Toshkent, toshkentliklar, shoir 
    mantiqiy uzviylikni yaratgan. “Nizomiy vatani, Ganja o‘lkasi, O‘pkamga to‘ldirdi 



    Download 0.68 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish