• ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
  • Toshkentnoma




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #39352
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    “TOSHKENTNOMA”-SHUKRONALIK-DOSTONI. To\'rayev Mirfayz
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
    KONFERENSIYASI 
    2022
    KONFERENSIYA | 

    Kalit so‘zlar: Doston, obraz, vazn, ohang, talmeh, takrir, tashbeh, poetik fikr
    epiklik, liriklik, syujet va kompozitsiya. 
    1957-yilda 
    Maqsud 
    Shayxzoda 
    “Toshkentnoma” 
    dostonini 
    yaratdi. 
    “Toshkentnoma”- tuyg‘ularning samimiyligi bilan ajralib turadigan asar. Bu doston 
    shukronalik dostonidir. Maqsud Shayxzoda o‘z taqdirini o‘zbeklar va O‘zbekiston 
    bilan bog‘lagani uchun Yaratganga shukrona aytyapti. Nazarimda, shoirning 
    o‘zbek xalqiga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati, dil izhorlari taftini satrlar sig‘dira 
    olmayotgandek… 
    Yashadim 30 yil bunda chamasi 
    Bu yerda tug‘ilgan G‘afur va Oybek
    Umrimning boshlang‘ich mavsumlarida 
    Meni ardoqlashdi quchib og‘adek, 
    Inilik ko‘rsatdim ta’zimlarimda, - deydi shoir faxr va iftixor bilan. 
    Haqiqatan ham shoir aytganidek, “Ko‘chat ko‘chib kelib ekilgan tuproq, Uning 
    Vatanidir deyish to‘g‘riroq”. Shoir tarix va uning dolg‘ali sahifalari - Ozarbayjon 
    va Toshkent…o‘zi haqida yozadi. Shu ma’noda, ko‘chat obrazi - avtobiografik 
    xarakterga ega. 
    Shoir dostonda bir necha bor tarixga ekskurs qiladi: ya’ni Toshkentning 12 
    darvozasi, sharq-u g‘arbga ketgan yuk karvonlari, Toshkent qadimdan xalqlarni 
    birlashtirgan hurmatli shahar bo‘lganligini faxr bilan tilga oladi.
    O‘n ikki qopqadan, 12 yo‘ldan 


    ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION 
    YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, 
    TAKLIF VA YECHIMLAR
     
    info@bestarticle.uz
     
    https://sites.google.com/view/imxu/
     
    BEST ARTICLE 
    RESPUBLIKA ILMIY – 
    ONLAYN 
    KONFERENSIYASI 
    2022
    KONFERENSIYA | 

    Bojgirga pul to‘lab kirgan karvonlar 
    O‘n ikki qopqadan, 12 yo‘lga 
    Jo‘nab ketar ekan yukli karvonlar, 
    Janubga, Shimolga, o‘ngga va so‘lga 
    Qatnab yurar ekan, yukli karvonlar. 
    “Shoirning poetik asarlarini o‘qir ekanmiz, ularning muallifi olim ekanligiga to‘la 
    ishonamiz. Dunyoni ko‘ra bilishda, idrok etishda, tarix sahifalarini jonlantirishda 
    bu, ayniqsa, ko‘zga tashlanadi. O‘zbek poeziyasining falsafiy chuqurligini, fikriy 
    teranligini biz Shayxzoda ijodisiz tasavvur etolmaymiz”. 
    Maqsud Shayxzoda “Toshkentnoma” da tashbeh, talmeh, takrir kabi qator lafziy va 
    ma’naviy san’atlardan foydalanib, poetik fikrga jilo bergan. Chin-Mochin, Rum, 
    Xo‘qand, Shosh, Eron, Turon, Iso, Iskandar, Kaykovus kabi tarixiy joy va tarixiy 
    shaxslar - talmeh san’atini yaratgan. 
    Maqsud Shayxzoda dostonning XIV bobida esa 14 raqamini bir necha marotaba 
    ishlatadi: 14 o‘ksiz, 14 bola, 14 millat, turli 14 nom… Shoir bu bobda takrir 
    san’atini qo‘llab ma’no ta’sirchanligiga erishgan. “Badiiy takrorlarsiz she’r 
    musiqiyligini, ritmini, vaznini, bandini va qofiya san’atini tasavvur qilib 
    bo‘lmaydi. Badiiy takrorlar o‘quvchi qalbiga kuchli hissiy ta’sir qiladi. Takrorlar, 
    shubhasiz, poetik tilning obrazli tasvir vositalari va she’r tuzilishi unsurlari bilan 
    uzviy birlikdagina o‘z vazifasini o‘tay oladi”. Ikkinchi jahon urushi davrida 
    Toshkentga evakuatsiya qilingan turli millatlarning 14 nafar farzandini bag‘riga 
    olib, ilm va kasb bergan, tarbiyalab voyaga yetkazgan, uyli-joyli qilgan temirchi 



    Download 0.68 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish