• Malumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi




    Download 96,95 Kb.
    bet4/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi96,95 Kb.
    #251804
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi

    Oy tugagandan keyin qaydnomadagi raqamlarning jami hisoblab chiqiladi, bu esa, sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymatini aniqlashga xizmat qiladi. Bir vaqtning o`zida ta'lim muassasalarida ta'minlanadigan bolalar soni bilan, davolash muassasalarida esa, bemorlar haqidagi ma'lumotlar bilan va boshqa ma'lumotlar bilan taqqoslanadi. 411-son shaklda jamlanma qaydnomalardagi ma'lumotlaridan tashqari, oziq- ovqat mahsulotlarining boshqa chiqim hujjatlari (kam chiqqan oziq-ovqat mahsulotlariga,

    • Oy tugagandan keyin qaydnomadagi raqamlarning jami hisoblab chiqiladi, bu esa, sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymatini aniqlashga xizmat qiladi. Bir vaqtning o`zida ta'lim muassasalarida ta'minlanadigan bolalar soni bilan, davolash muassasalarida esa, bemorlar haqidagi ma'lumotlar bilan va boshqa ma'lumotlar bilan taqqoslanadi. 411-son shaklda jamlanma qaydnomalardagi ma'lumotlaridan tashqari, oziq- ovqat mahsulotlarining boshqa chiqim hujjatlari (kam chiqqan oziq-ovqat mahsulotlariga,
    • Bazaga qaytarishga va boshqalarga tuzilgan dalolatnomalar) yoziladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik hisobi ularning nomi, navi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo`yicha M-44-son shakldagi material zahiralar bo`yicha aylanma qaydnomada yuritiladi. Aylanma qaydnomalarga yozuvlar 300 va 399-son shakldagi jamlanma qaydnomalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi va chiqimiga doir boshqa hujjatlar asosida yoziladi.
    • Har oyda aylanma qaydnomalardagi aylanmalar hisoblab chiqiladi va oy boshiga qoldiq chiqariladi. 062 "Dori-darmonlar va yarani bog`lash vositalari" subschyotida kasalxonalardagi, davolash-profilaktika, davolash-veterinariya va xarajatlar smetalarida ushbu maqsadlar uchun mablag` ajratish ko`zda tutilgan tashkilotlardagi dori-darmonlar, komponentlar, bakteriyali preparatlar, zardoblar, vaksinalar, qon va yarani bog`lash vositalari va boshqa dori-darmonlar hisobga olinadi

    063 "Inventar va xo`jalik jihozlari" subschyotida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo`jalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, cho`tka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xo`jalik jihozlari hisobga olinadi. Invetar va xo`jalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori bo`yicha M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berish 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) bo`yicha amalga oshiriladi. Buyumlar ombordan berilayotganda tashkilotning, bo`limning nomi, foydalanishga topshirilgan yili va oyi ko`rsatilgan markirovkali shtampi qo`yiladi. Markirovka bo`yoq (yuvganda va kimyoviy vositalar ta'sirida o`chmaydigan bo`lishi lozim) yordamida qilinadi yoki jeton bilan mahkamlanadi. Singan idishlarni hisobdan o`chirish uchun singan idishlarni ro`yxatga oladigan 325-son shakldagi singan idishlarni ro`yxatga olish bo`yicha kitob yuritiladi. Kitobga yozuvlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan yoziladi. Doimiy ishlab turadigan komissiya kitobni to`g`ri yuritilayotganligini nazorat qilib boradi va har chorakda (har oyda) singan idishlarni hisobdan o`chirish dalolatnomasini tuzadi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xalq ta'limi, sog`liqni saqlash va boshqa muassasalar omboridagi mavjud ich kiyimlar, ko`rpa to`shaklar, kiyim-kechak va poyafzallar quyidagicha alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi: -ich kiyimlar (kuylaklar, xalatlar va shunga o`xshashlar); -ko`rpa-to`shaklar va ko`rpa-to`shak buyumlari (matratslar, yostiqlar, ko`rpalar, choyshablar, ko`rpa va yostiq jildlari, yoping`ichlar, qop-ko`rpa) va h.k; -kiyim-bosh va shaklli ust-bosh hamda maxsus kiyimlar (kostyumlar, koftalar, yubkalar, kurtkalar, shimlar) va boshqalar; -poyafzallar, maxsus poyafzallar (botinkalar, etiklar, sandallar, piymalar va h.k.) bilan birga; -sport kiyimlari va poyafzallari (kostyumlar, botinkalar) va h.k. 063 subschyotning analitik hisobi predmetlarning nomi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo`yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftarida (kartochkasida) yuritiladi. 064 "Yonilg`i, yoqilg`i-moylash materiallari" subschyotida omborlarda, shuningdek, bevosita moddiy javobgar shaxslar ixtiyorida turadigan barcha turdagi yonilg`i, yoqilg`i - moylash materiallari (o`tin, ko`mir, torf, benzin, kerosin, mazut avtol va h.k.) hisobga olinadi

    • 063 "Inventar va xo`jalik jihozlari" subschyotida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo`jalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, cho`tka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xo`jalik jihozlari hisobga olinadi. Invetar va xo`jalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori bo`yicha M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berish 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) bo`yicha amalga oshiriladi. Buyumlar ombordan berilayotganda tashkilotning, bo`limning nomi, foydalanishga topshirilgan yili va oyi ko`rsatilgan markirovkali shtampi qo`yiladi. Markirovka bo`yoq (yuvganda va kimyoviy vositalar ta'sirida o`chmaydigan bo`lishi lozim) yordamida qilinadi yoki jeton bilan mahkamlanadi. Singan idishlarni hisobdan o`chirish uchun singan idishlarni ro`yxatga oladigan 325-son shakldagi singan idishlarni ro`yxatga olish bo`yicha kitob yuritiladi. Kitobga yozuvlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan yoziladi. Doimiy ishlab turadigan komissiya kitobni to`g`ri yuritilayotganligini nazorat qilib boradi va har chorakda (har oyda) singan idishlarni hisobdan o`chirish dalolatnomasini tuzadi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xalq ta'limi, sog`liqni saqlash va boshqa muassasalar omboridagi mavjud ich kiyimlar, ko`rpa to`shaklar, kiyim-kechak va poyafzallar quyidagicha alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi: -ich kiyimlar (kuylaklar, xalatlar va shunga o`xshashlar); -ko`rpa-to`shaklar va ko`rpa-to`shak buyumlari (matratslar, yostiqlar, ko`rpalar, choyshablar, ko`rpa va yostiq jildlari, yoping`ichlar, qop-ko`rpa) va h.k; -kiyim-bosh va shaklli ust-bosh hamda maxsus kiyimlar (kostyumlar, koftalar, yubkalar, kurtkalar, shimlar) va boshqalar; -poyafzallar, maxsus poyafzallar (botinkalar, etiklar, sandallar, piymalar va h.k.) bilan birga; -sport kiyimlari va poyafzallari (kostyumlar, botinkalar) va h.k. 063 subschyotning analitik hisobi predmetlarning nomi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo`yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftarida (kartochkasida) yuritiladi. 064 "Yonilg`i, yoqilg`i-moylash materiallari" subschyotida omborlarda, shuningdek, bevosita moddiy javobgar shaxslar ixtiyorida turadigan barcha turdagi yonilg`i, yoqilg`i - moylash materiallari (o`tin, ko`mir, torf, benzin, kerosin, mazut avtol va h.k.) hisobga olinadi

    065 "Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari" subschyotida mashinalarning (tibbiyot, elektron-hisoblash va shu kabi) uskunalari, traktorlar, kombaynlar, transport vositalarining (motorlar, avtomobil shinalari, kamera va aylana shakldagi lentalar va shu kabilar) eskirgan qismlarini almashtirish va ta'mirlash uchun mo`ljallangan ehtiyot qismlar hisobga olinadi. Ehtiyot qismlarning analitik hisobi ehtiyot qismlarning nomi, turi, zavod bergan raqami, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Bunda, eskirganlarini almashtirish uchun ombordan berilgan avtomobil shinalari va pokrishkalari balansdan tashqari 12-schyotda hisobga olinadi hamda oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, olingan kuni va zavod raqami ko`rsatiladi. 069 "Boshqa tovar-moddiy zahiralar" subschyotida ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya sinovlari uchun uzoq muddat ishlatiladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar, o`stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o`quv, ilmiy va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan reaktivlar va ximikatlar, oyna va kimyoviy idishlar, metallar, elektr va radio materiallari, radiolampalar, fotobuyumlari, o`quv dasturlari hamda qo`llanma va ilmiy ishlarni nashr qilish uchun qog`ozlar, tajriba qilinadigan hayvonlar hamda o`quv maqsadlari va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mo`ljallangan boshqa materiallar, shuningdek, protez uchun ishlatiladigan qimmatbaho va boshqa tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi

      • 065 "Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari" subschyotida mashinalarning (tibbiyot, elektron-hisoblash va shu kabi) uskunalari, traktorlar, kombaynlar, transport vositalarining (motorlar, avtomobil shinalari, kamera va aylana shakldagi lentalar va shu kabilar) eskirgan qismlarini almashtirish va ta'mirlash uchun mo`ljallangan ehtiyot qismlar hisobga olinadi. Ehtiyot qismlarning analitik hisobi ehtiyot qismlarning nomi, turi, zavod bergan raqami, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Bunda, eskirganlarini almashtirish uchun ombordan berilgan avtomobil shinalari va pokrishkalari balansdan tashqari 12-schyotda hisobga olinadi hamda oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, olingan kuni va zavod raqami ko`rsatiladi. 069 "Boshqa tovar-moddiy zahiralar" subschyotida ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya sinovlari uchun uzoq muddat ishlatiladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar, o`stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o`quv, ilmiy va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan reaktivlar va ximikatlar, oyna va kimyoviy idishlar, metallar, elektr va radio materiallari, radiolampalar, fotobuyumlari, o`quv dasturlari hamda qo`llanma va ilmiy ishlarni nashr qilish uchun qog`ozlar, tajriba qilinadigan hayvonlar hamda o`quv maqsadlari va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mo`ljallangan boshqa materiallar, shuningdek, protez uchun ishlatiladigan qimmatbaho va boshqa tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi

    Ma'lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:

    • -yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo`yicha xarid qilish;
    • -beg`araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo`yicha);
    • -uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o`tkazish;
    • -ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
    • -tashkilotning o`zida tayyorlanishi;
    • -qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

    Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog`liq bo`lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:

    • -bojxona bojlari va yig`imlari;
    • -tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog`liq bo`lgan soliq va boshqa majburiy to`lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
    • -tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta'minotchi va vositachi tashkilotlarga to`lanadigan vositachilik haqi;
    • -tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog`liq bo`lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo`yicha xarajatlar;
    • -tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo`yicha transport-tayyorlov xarajatlari.
    • Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to`lash bo`yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sug`urtalash bo`yicha xarajatlardan tashkil topadi;
    • -tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar.
      • Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo`yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang`ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi. Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig`iladi va tovar- moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo`lgan partiyalari, guruhlari) o`rtasida taqsimlanadi. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi tovar- moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog`liq bo`lgan tegishli xarajatlarni qo`shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko`rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo`yicha qayta hisoblash yo`li bilan so`mda belgilanadi. Tashkilot tomonidan beg`araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan xomiylik ko`rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga ularni tashkilotga olib kelish bilan bog`liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1.0‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni 2016-yil 13-aprel.

    2.Buxgalteriya hisobi: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; — T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019.

    3. ‘’Byudjet togrisidagi qonun’’

    • www.lex.uz
    • www.ziyonet.uz
    • www.bugalter.uz
    • www.hozir.uz

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

    Download 96,95 Kb.
    1   2   3   4




    Download 96,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi

    Download 96,95 Kb.