• Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlar
  • Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko`rinishida bo`lishi mumkin




    Download 96,95 Kb.
    bet2/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi96,95 Kb.
    #251804
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi

    Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko`rinishida bo`lishi mumkin:

    • a) mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish, ma'muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo`ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg`i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo`jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralari;
    • b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo`yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;
    • v) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yig`ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko`rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko`rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo`yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
    • g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi - sotish uchun mo`ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
    • d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo`shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo`ljallangan tovarlar

    Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlar


    Tovar - moddiy zahiralar hisobi buxgalteriya hisobida 05 "Tayyor mahsulot", 06 "Boshqa tovar-moddiy zahiralar" schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlarni debet tomonida tovar-moddiy qiymatliklarni kirimi haqiqiy tannarxi bo`yicha, kredit tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 05 "Tayyor mahsulot" schyoti 050 "Tayyor mahsulot" subschyotidan iborat bo`lib, ushbu subschyotda tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo`yicha hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda yordamchi qishloq va o`quv xo`jaliklarining mahsulotlari ham hisobga olinadi. Yordamchi qishloq xo`jalik va o`quv-tajriba xo`jaliklarining mahsulotlari rejadagi bahosi bo`yicha yil davomida hisobga olib boriladi

    Download 96,95 Kb.
    1   2   3   4




    Download 96,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko`rinishida bo`lishi mumkin

    Download 96,95 Kb.