• Qatnashdilar
  • Eshitildi
  • Transport energetik qurilmalari




    Download 21,23 Kb.
    bet1/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi21,23 Kb.
    #104644
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Кўчирма


    TRANSPORT ENERGETIK QURILMALARI kafedrasining
    2023 yil 28 martdagi KM-№17 sonli Kafedra majlisi bayonnomasidan
    KO’CHIRMA


    KUN TARTIBI
    4.Turli masalalar.
    24.03.2023 kuni k.o‘. F.Sh.Sidiqov tomonidan “Chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars muxokamasi

    Qatnashdilar:

    Kafedra mudiri R.N.Axmatjanov, prof. Qodirov S.M, prof. Yu.Sh.Shadimetov, prof. Z.X.Alimova, prof v.b. R.M.Xakimov, t.f.n.dotsent Maxamadjanov Maxamat-Ibraxim, dos. A Sobirjonov, dos.v.b. K.I.Magdiev, k.o‘.J.X.Djalilov, k.o‘.G.P.Niyazova, k.o‘. F.Sh.Sidiqov, ass. Sh.I.Alimov, ass. I.I.Usmanov, ass Ayrapetov D.A, ass.V.M.Meliyev, асс.Х.P.Niyazov, kotiba.S.M.Mirdodayeva

    Eshitildi:

    Kafedra mudiri Phd Axmatjanov R.N. so’zga chiqib, 24.03.2023 kuni k.o‘. F.Sh.Sidiqov tomonidan “Chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars tahlil qilindi. O’tkazilgan ochiq dars muxokamaga qo’yildi, tashrif buyuruvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar: O‘quv uslubiy majmua tarkibida ishchi dastur, kalendar –tematik reja, ma’ruza matni va nazorat savollari mavjud. Hemis tizimi orqali davomat va dars mashg‘uloti o‘tilganligi tasdiqlandi. Dars rejada keltirilgan savollar ketma-ketligida olib borildi. O‘quv auditoriyasi darsga tayyor, doska, kompyuter va miniproektor mavjud. Dars talab darajasida tashkil qilinib, mavzuga tegishli zamonaviy ma’lumotlar prezentatsiya slaydlari shaklida talabalarga etkazildi. Mavzuning mazmuni va mohiyati ilmiy va uslubiy jihatdan tushunarli va ravon tilda bayon qilindi. Materiallar zamonaviy ma’lumotlar asosida shakllantirilgan. AKT texnik vositalaridan unumli foydalanildi. Dars davomida talabalarni savol-javob usuli yordamida darsga qiziqtirish va faollik darajasini oshirishga erishildi. Mavzuga tegishli zarur adabiyotlar ro‘yxati talabalarga etkazildi. Katta o’qituvchi F.Sh.Sidiqov tomonidan o‘tkazgan ochiq darsi samarali amalga oshirildi deb hisoblandi va ma’lumot uchun qabul qilindi. Shu kungi bayonnoma raqami bilan tasdiqlash taklifi kiritildi. Kafedra a’zolari bir ovozdan maqullashdi. Yosh o’qituvchi (asistent)lar o’tkazilayotgan ochiq darslarda koproq ishtirok etishlari va malakalarini oshirishlari, metod o’rganishlari ta’kidlandi. Ochiq darslarning o’z vaqtida o’tilishiga jiddiy e’tibor qaratilisi aytildi.


    Download 21,23 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 21,23 Kb.