• Zichlikni temperatura bo’yicha tuzatish birligi 1.2-Jadval
  • Olingan natija bo’yicha xulosa beriladi. LABORATORIYA ISHI №2 BENZINLARNING FRAKSION TARKIBINI ANIQLASH.
  • 2.2. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar
  • Ishni bajarish tartibi: 1.
  • Yonilg’ilarni fraksion tarkibini aniqlaydigan qurilma.
  • Olingan natijalarni jadvalga kiritiladi va xulosa beriladi.
  • LABORATORIYA ISHI№ 3 . DIZEL YONILG’ISINING ASOSIY FIZIK-KIMYOVIYXOSSALARI BO’YICHA SIFATINI ANIQLASH. 1.1. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad
  • 1.2.Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar: 1) Нефтеденсиметр (ареометр); 2) Silindrlar va probirkalar; 3) Viskozimetr. Topshiriq
  • Ishni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar 1.Dizel yonilg’isining tashqi ko’rinishiga qarab baxolash.
  • 2.Dizel yonilg’isining zichligini aniqlash.
  • Olingan natijalar jadvalga kiritiladi




    Download 303.73 Kb.
    bet4/8
    Sana31.10.2022
    Hajmi303.73 Kb.
    #28682
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    лаборатория TVIEM sirtqi xxx (копия)
    1-\'fekgaf, 5-Amaliy, @pdfustabot, 3-amaliy topshiriq, 2-amaliy topshiriq, Po`latjon, umumiy dezinfeksiya 6ta variant
    Olingan natijalar jadvalga kiritiladi.

    Benzin markasi

    Areometr ko’r-satishi,g/sm3

    Benzinning harorati, 0C

    Haroratni
    tuzatish birligi

    Benzinning 20 0C haroratdagi zich-ligi g/sm3
















































    Zichlikni temperatura bo’yicha tuzatish birligi
    1.2-Jadval

    Zichlik kg/m3

    Хaroratni tuza-
    tish birligi

    Zichlik kg/m3

    Хaroratni tuza-
    tishbirligi

    700-709

    0,897




    850-859

    0,699

    710-719

    0,884




    860-869

    0,686

    720-729

    0,870




    870-879

    0,673

    730-739

    0,857




    880-889

    0,660

    740-749

    0,844




    890-899

    0,647

    750-759

    0,831




    900-909

    0,633

    760-769

    0,813




    910-919

    0,620

    770-779

    0,805




    920-929

    0,607

    780-789

    0,792




    930-939

    0,594

    790-799

    0,778




    940-949

    0,581

    800-809

    0,765




    950-959

    0,567

    810-819

    0,752




    960-969

    0,554

    820-829

    0,738




    970-979

    0,541

    830-839

    0,725




    980-989

    0,528

    840-849

    0,712




    990-999

    0,515

    Olingan natija bo’yicha xulosa beriladi.
    LABORATORIYA ISHI №2
    BENZINLARNING FRAKSION TARKIBINI ANIQLASH.


    2.1. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:
    1. Benzinning bug’lanuvchanlik xossalarini aniqlash yo’llari bilan tani­shish.
    2. Benzin markalari to’g’risidagi bilimni mustaxkamlash va GOST bilan tanishish.
    3. Benzin sifatini baxolash va ishlatish sharoitini belgilash.


    2.2. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar:
    1) Xaydash kolbasi;
    2) Silindrlar va probirkalar;
    3) Termometr;
    4 ) Sovitish Asbobi.
    .
    1. Benzinning fraksion tarkibini aniqlash.
    Benzinning fraksion tarkibi maxsus xaydash asbobida aniqlanib, (1.3-rasm) uning xaydalgan miqdori bilan xaydash xarorati orasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Benzinning fraksion tarkibi quyidagi xaydash temperaturasi bilan : - xaydashning boshlanish xarorati, -10, -50, -90% va -qaynashni tugatish xarorati baxolanadi. Bu ko’rsatkichlar standartlarda keltiriladi.
    Ishni bajarish tartibi:
    1. Tekshiriladigan yonilg’idan 100 ml o’lchab olinadi va xaydash kolbasiga soli­nadi. Kolbaga yog’och po’kakli tiqinlar orqali termometr o’rnatiladi (ter-mo­metrning simobli uchi kolbaning yonboshidagi trubka to’g’risida bo’lishi kerak).
    2. Kolbani isitgich plita ustiga shunday o’rnatiladiki, kolbaning tagi isitgich ustidagi asbestga xiyol tegib tursin. Kolbaning yonboshidagi trubkasi sovitgichga tiqinlar yordamida maxkamlansin.

    1.3-rasm. Yonilg’ilarni fraksion tarkibini aniqlaydigan qurilma.
    1-xaydash kolbasi; 2-termometr;, 3-sovitish asbobi

    3. O’lchov silindri sovitgich trubkasining tugash yeriga qo’yiladi, silindrni ustini paxta yoki yupqa qog’oz bilan yengil berkitib qo’yiladi.
    4. Isitish shunday olib boriladiki, sovitgichdan birinchi tomchi qiz-dirish bosh­la­nganidan 5-10 minut orasida tushishi kerak. Birinchi tomchining tushgan xarorati xaydashning boshlanish xarorati deb qabul qilinadi.
    5. Birinchi tomchi tushgandan so’ng, isitishni shunday olib boriladiki 1 sekund ichida 2 tomchi tushib turishi kerak. O’lchash oson bo’lishi uchun sovitkich trubkasi silindr devoriga tegib turishi lozim.
    6. Har 10 ml. yonilg’i xaydalganda temperatura yozib boriladi. Хaydash tezligi bir xilda bo’lishi uchun borgan sari isitishni biroz ko’paytirib boriladi.
    7. Silindrda 90ml. yonilg’i yig’ilgandan so’ng 3-5 minut orasida xaydash tugallanishi kerak.
    8. Хaydashni tugallanish xarorati deb, xaroratni maksimumga ko’tarilib so’ng pasayish payti olinadi. Shundan so’ng isitish to’xtatiladi va umumiy xaydalgan yonilg’i miqdori o’lchanadi.
    9. Хaydash tugallangandan keyin bir oz vaqt o’tgach kolba sovugandan so’ng asbob yig’ishtiriladi, yonilg’ining kolbada qolgan qismi kichikroq o’lchash asbobida o’lchanadi va koldiq sifatida yozib qo’yiladi.
    10. Yonilg’ining xaydalgan qismi va qoldiq miqdori birgalikda umumiy xajmi (100 ml.) dan ayirib tashlansa yonilg’ining xaydash vaqtida yo’qolgan qismi topiladi. Mana shu yo’qolgan qismi benzin tarkibida yengil bug’lanuvchi fraksiyasiga bog’liq.


    Olingan natijalarni jadvalga kiritiladi va xulosa beriladi.

    Xaydashni boshlash xarorati

    10
    %

    20
    %

    30
    %

    40
    %

    50
    %

    60
    %

    70
    %

    80
    %

    90
    %

    Xaydashni oxirgi xarorati



    Qoldiq miqdori,


    %

    Yo’qotish miqdori, %






    yonilg’ining qaynab bug’langan xarorati

















































    Olingan natija bo’yicha xulosa beriladi.
    LABORATORIYA ISHI№ 3.
    DIZEL YONILG’ISINING ASOSIY FIZIK-KIMYOVIYXOSSALARI BO’YICHA SIFATINI ANIQLASH.
    1.1. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:

    1. Dizel yonilg’isining fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash.

    2. Dizel yonilg’isining markalari to’g’risidagi bilimni mustaxkamlash va GOST bilan tanishish

    3. Yonilg’ining sifatini baxolash va ishlatish sharoitini aniqlash.

    1.2.Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar:
    1) Нефтеденсиметр (ареометр);
    2) Silindrlar va probirkalar;
    3) Viskozimetr.
    Topshiriq:Berilgan dizel yonilg’isini namunasini tekshirib uning mar­ka­sini va turini aniqlash, olingan ko’rsatkichlarini GOST talablari bilan so­lish­ti­rish va tekshirilgan dizel yonilgisi namunasini qanday sharoitlarda ishlatish mumkinligini ko’rsatish. Laboratoriyadagi bor standart dizel yonilg’i namunalari bilan tanishish va tek­shirilayotgan yonilg’i namunasini tashqi ko’rinishi bo’yicha solishtirib markasini aniqlash.


    Ishni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
    1.Dizel yonilg’isining tashqi ko’rinishiga qarab baxolash.
    Rangi, tiniq­li­gi, xidi va tarkibida suv, mexanik aralashmalar bor yo’qligi tekshiriladi. Yonilg’i hamma vaqt tiniq bo’lishi kerak. Uning tarkibida xech qanday qo’­shimchalar va suv bo’lmasligi kerak.
    Dizel yonilg’isining tiniqligini shisha idishda aniqlanadi. Agar Dizel yonilg’isining tar­ki­bida suv va mexanik aralashma mavjud bo’lsa uning rangi xira bo’ladi va bunday xollarda ishlatishdan oldin u tindiriladi va filtrlardan o’tkaziladi.
    2.Dizel yonilg’isining zichligini aniqlash.
    Dizel yonilg’isining zichligi 0,78-0,86g/sm3, yonganda chiqadigan issiqligi o’rtacha 42,5 Mj/kg.
    Dizel yonilg‘ilarining zichligi laboratoriya sharoitida areometr asbobi yordamida aniqlanadi. Хona haroratida aniqlangan zichlik solishtirish uchun formula yordamida 200C ga (normal qilib olingan haroratdagi zichlikka) keltiriladi:

    Ishni bajarish tartibi:

    1. Shisha silindrga tekshirilayotgan yonilg’i extiyotlik bilan quyiladi.

    2. Toza va quruq areometr sekin-asta suyuqlikka tushiriladi.

    3. Zichlik aniqlanayotgan yonilg’i temperaturasi o’lchanadi. Suyuqlikning sirtiga tegib turgan yeridagi areometr ko’rsatishi shu temperaturadagi zichlik deb qabul qilinadi.

    4. Xona temperaturasida zichlik areometr usulida aniqlangandan so’ng (1) for­mula yordamida 200C (normal qilib olingan xarorat) dagi zichlikka keltiriladi.

    (1)
    va olingan natijalar jadvalga kiritiladi.



    Dizel
    yonilg’i
    markasi

    Areometr
    ko’rsatishi,ρt
    g/sm3

    Dizel yonil-g’isining
    xarorati, 0C

    Хaroratni
    tuzatish
    birligi, γ

    Dizel yonilg’isining
    200C xaroratdagi
    zichligi, ρ20 g/sm3

















































    Download 303.73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 303.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Olingan natijalar jadvalga kiritiladi

    Download 303.73 Kb.