CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION




Download 29,96 Kb.
bet2/3
Sana27.09.2024
Hajmi29,96 Kb.
#272678
1   2   3
Bog'liq
Transport jarayonlarini optimal boshqarish

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND Iume 2, Issue 5, May 2023w.in-academy.uz
N.P.Tereshina va mualliflari jamoasi o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari transport xizmatlari
ko‘rsatilishda temir yo‘l transportining raqobatbardoshligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan [9]. Ish mualliflari transport mahsulotlari va transport kompaniyasining
raqobatbardoshligi kontseptsiyasini belgilashga, shu jumladan, transport bozorida raqobatbardosh munosabatlarni shakllantirishni hisobga olishga katta e’tibor berishadi.
Maqolada transportda raqobatbardoshlikni boshqarish mexanizmi taklif etilib,
raqobatbardoshlikni boshqarishda innovatsion yondashuvni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Logistika zanjirlarining samarali ishlashini tashkil etishda kompaniyalarning
raqobatbardoshligini oshirish masalalarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotchi V.P.Kozlova simulyatsiya modellashtirishga asoslangan transport markazlarini rivojlantirishga investitsiyalarni tizimli baholashga yangi yondashuvni taklif qiladi [5]. Yagona
transport-logistika majmuasining bir qismi sifatida transport uzellarining murakkabligi va tizimli tashkil etilishi investitsiya jozibadorligini baholashda alohida yondashuvni talab qiladi.
Xususan, transport jarayonini amalga oshirishning umumiyxarajatlarini minimallashtirish
uchun mo‘ljallangan optimallashtirish hisob-kitoblari turli elementlar va quyi tizimlarning uyg‘unlashuv darajasini aks ettiruvchi transport tizimidagi barcha elementlarning o‘zaro
ta’sirini hisobga olishi kerak. Bunday hisob-kitoblar, dastlabki murakkabligi va transport tizimining topologiyasiga kritik bog‘liqligi tufayli, faqat simulyatsiya modellashtirish doirasida
amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotchi L.V.Shkurina tomonidan transport infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy va texnologik salohiyatini baholash, jumladan, ehtiyojlarini aniqlash muammolari koʻrib chiqiladi [10]. Tadqiqotda temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi asosidagi iqtisodiy va
texnologik salohiyatning funksional turlari, investitsiyalarni boshqarishning nazariy jihatlari va investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqot mualliflari yirik temir yo‘l loyihalariga sarmoya kiritishning maqsadga muvofiqligini asoslashda dasturga asoslangan yondashuvni ilgari suradi va transport sohasida
to‘g‘ri investitsiya qarorlarini tanlashni tahlil qiladi.


Download 29,96 Kb.
1   2   3




Download 29,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION

Download 29,96 Kb.