Tomonlarning majburiyatlari




Download 3,61 Mb.
bet23/48
Sana18.11.2023
Hajmi3,61 Mb.
#100867
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
TL Uslubiy kursatma UZB

9. Tomonlarning majburiyatlari
9.1 Xaridor to‘lov muddatini kechiktirgani uchun tugallanmagan summaning har kuni uchun ___% miqdorda jarima to‘laydi.
9.2 Jarima to‘lanishidan qat’iy nazar, kontraktni buzgan tomon ikkinchi tomonning zararlarini qoplashi shart.
6-SEMESTR
12-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: TRANSPORT KOMPANIYASIDA ZAHIRALARNI BOSHQARISH
(4-soat)
Moddiy zaxira-bu ishlab chiqarishni va muoamalaning har xil bosqichlarida bo‘lgan sanoat-texnik mo‘ljaldagi mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy istemol jarayoniga kirishni kutayotgan xalq istemol tovarlari va boshqa tovarlardir.
Zaxiralarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xarajatlar quyidagilar:

  • muzlatilgan moliya mablag‘lari;

  • maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish bo‘yicha xarajatlar:

  • maxsus xodimlarning ish xaqlari;

  • buzilish va o‘g‘irlikning oldini olish uchun doimiy tavakkalchilik xarajatlari.

Zaxiralarning mavjudligining o‘zi xarajatlarga olib keladi. Ammo zaxiralarning mavjud emasligi-bu ham xarajatdir, lekin ular har xil yo‘qotishlar shaklida bo‘ladi. Zaxiralarning mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘qotishlar quyidagicha:

  • ishlab chiqarishning turib qolishidan yo‘qotishlar;

  • talab mavjud bo‘lgan vaqtda omborda tovar yo‘qligi natijasida vujudga keladigan yo‘qotishlar;

  • yuqori narxlarda kichik hajmdagi tovar partiyalarini sotib olish natijasidagi yo‘qotishlar va boshqalar.

Zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xom-ashyoning birinchi manbadan oxirgi istemolchiga bo‘lgan harakatda moddiy oqim barcha maydonchada zaxira ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zaxiralarni boshqarish o‘z xususiyatlarga ega. Xom-ashyoni oxirgi mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu mahsulotning oxirgi istemolchiga zaxiralarning ikki asosiy turi tashkil etiladi.

  1. Ishlab chiqarish zaxiralari;

  2. Tovar zaxiralari.

O‘z navbatida bu zaxiralarning har biri yana uch turga bo‘linadi:
a) joriy zaxiralar;
b) sug‘urta zaxiralari;
v) mavsumiy zaxiralar.
Zaxiralar etkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va istemolchi orasidagi bevosita bog‘lanishni kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi. Zaxiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bilan etkazib berilayotgan xom-ashyo bilan taminlashga, shuningdek, xom-ashyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirishga imkoniyat beradi. Xom-ashyo zaxiralari shu xom-ashyoni etkazib beruvchini mahsulot ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘lanishini kuchsizlantiradi;tayyor mahsulot zaxiralari shu mahsulot ishlab chiqaruvchini uning istemolchiga bo‘lgan bog‘lanishini kuchsizlantiradi; ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar zaxirasi alohida sexlarning bir-biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.

Download 3,61 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Download 3,61 Mb.