|
Transport va logistika
|
bet | 31/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB17-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: TRANSPORT LOGISTIKASIDA AXBOROT XIZMATLARI
(4-soat)
Ishlab chiqarish logistikaning asosiy sohalaridan biri hisoblanib, korxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslar omboridan tayër mahsulotlar omborigacha yo‘nalishdagi moddiy va axborot oqimlarini boshqarish ishlab chiqarish logistikasi deb ataladi.
Logistik tizimlarning funksional farqlanishi berilgan quyidagi rasmda ishlab chiqarish logistikasining o‘rni yaqqol namoën bo‘ladi:
Logistikani funksional jihatdan bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish muhim ahamiyatga ega, chunki korxonada logistika xizmatini shakllantirishda funksional taqsimot qo‘l keladi. Logistikaning funksional kichik tizimlarga bo‘linishi korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish va sotish (taqsimot) tizimlari mavjudligi uchun ham zarurdir. Logistikani funksional jihatdan kichik tizimlarga bo‘lish «xarid (ta’minot) loistikasi», «ishlab chiqarish logistikasi», «taqsimot logistikasi», «transport logistikasi» va «omborxona (zahiralar) logistikasi» kabi tushunchalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Logistikani turlarga bo‘lishning bo shqa me’zonlari ham mavjud. Masalan, resurs logistikasining moddiy (transport-ombor), axborot, moliyaviy va kadrlar logistikasi kabi turlari bor. Logistikani tadbirkorlik sohasiga tadbiq etish asosida biznes-loistika haqida gapirish mumkin, bunda uning tarkibiy qismlari sifatida ishlab chiqarish logistikasi, tijorat (savdo) logistikasi va moliya logistikasini ajratishadi.
Ammo biz ushbu fan doirasida logistikaning funksional vazifalaridan kelib chiqib ajratiluvchi ko‘rinishlarini o‘rganmoqdamiz, bular:
xarid logistikasi (ishlab chiqarishni materiallar bilan ta’minlash);
ishlab chiqarish loistikasi;
taqsimot logistikasi;
transport logistikasi (mohiyatiga ko‘ra yuqorida sanab o‘tilgan har bir logistikaning tarkibiy qismi hisoblanadi);
omborxona (zahira) logistikasi.
Logistikaning sanab o‘tilgan turlarida ajralmas qism sifatida logistik axborot oqimlar mavjud bo‘ladi.
Umuman olganda «ishlab chiqarish» so‘z birikmasi bir necha mazmunda ishlatiladi, masalan: 1) moddiy ne’matlarni yaratish ijtimoiy jaraëni; 2) mustaqil tashkilot; 3) yirik tashkilot ëki aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi ishlab chiqarish birligi; 4) korxonadagi asosiy, ërdamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jaraënlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish jarëni.
Korxonalarda moddiy oqimlarning harakati davrida turli logistik operatsiyalar ërdamida mehnat predmetlari bo‘lgan xom-ashë, materiallar, yarim fabrikatlarni tayër mahsulotga aylantirish jaraëni amalga oshiriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati asosini ishlab chiqarish jaraëni tashkil etadi. Ishlab chiqarish jaraënini tashkil etish odamlar, ish qurollari va mehnat predmetini moddiy ne’mat yaratish uchun yagona jaraënda birlashtirish, hamda asosiy, ërdamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jaraënlarni mutanosib holda samarali kelishtirishni nazarda tutadi.
Maqsadli mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish jaraënlarini asosiy, ërdamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jaraënlarga bo‘lish mumkin.
Asosiy ishlab chiqarish jaraënlari – xom-ashë va materiallarni mazkur korxona uchun asosiy hisoblangan mahsulotga aylantirish jaraënlaridir. Bunda mahsulotni tayërlash texnologiyasi muhim.
YOrdamchi ishlab chiqarish jaraënlari asosiy ishlab chiqarish jaraënlarining me’ërda amalga oshishini ta’minlaydi. Bu kabi ishlab chiqarish jaraënlari o‘z mehnat predmetiga ega bo‘ladi. Odatda, ular asosiy ishlab chiqarish jaraënlari bilan parallel ravishda amlga oshiriladi (ta’mirlash, qadoqlash, asbob-uskuna xo‘jaligi).
Xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish jaraënlari asosiy va ërdamchi ishlab chiqarish jaraënlarining me’ërda kechishiga sharoit yaratadi. Ular o‘z mehnat predmetiga ega bo‘lmaydi, odatda asosiy va ërdamchi jaraënlar bilan ketma-ket amalga oshiriladi (xom-ashë va tayër mahsulotlarni tashish, ularni saqlash, sifatini nazorat qilish).
Sanab o‘tilgan jaraënlarning mutanosibligi ishlab chiqarish jaraëni samaradorligini belgilaydi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishda ikki ëndashuv mavjud: an’anaviy va logistik. Ushbu konsepsiyalarning farqlanishini ko‘rib chiqamiz.
Uzoq vaqt davomida amalda bo‘lgan ishlab chiqarishni an’anaviy boshqarish konsepsiyasida mahsulotga bo‘lgan talabning bozordagi o‘zgarib turishi ushbu mahsulotlarning zahirasi hisobiga tartibga solib turilgan. Ishlab chiqarish doimiy-o‘zgarmas ritmda mahsulot yaratgan bo‘lsa, tayër mahsulotlar zahirasi «har ehtimolga qarshi» qabilida yaratilib borilgan. Ishlab chiqarishni boshqarishning bu usulida katta miqdordagi mablag‘lar hali talab etilmagan mahsulot zahiralarini yaratishga sarflangan, bundan tashqari bu zahiralarni saqlash xarajatlari tannarxni oshirishga olib kelgan. Zahirada turgan mahsulotlarning ma’naviy eskirishi yuz bergan. Korxona konservativlik botqog‘iga botib borayvergan.
Ushbu konsepsiyada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda mavjud quvvatlardan yuqori darajada foydalanishga intilib, mahsulot tannarxini tushirish maqsad qilib olingan.
Ishlab chiqarishni logistik boshqarish konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi:
ortiqcha zahiralardan voz kechish;
asosiy transport-omborxona operatsiyalarini bajarishga ketuvchi ortiqcha vaqtdan voz kechish;
xaridorlar buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechish;
asosiy asbob-uskunalarning bekor turishini bartaraf etish;
brakka umuman yo‘l qo‘ymaslik;
noratsional zavodichi tashuvlarini bartaraf etish;
ta’minotchilarga hamkor sifatida qaralishiga erishish.
YUqoridagilarga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda ishlab chiqarishni logistik boshqarish «vaqtida ishlab chiqarish konsepsiyasi» talablariga ko‘proq mos kelishini kuzatish mumkin.
Vaqtida ishlab chiqarish – falsafiy konsepsiya hisoblanadi. Bu falsafa zahiralarni kamaytirish hisobiga noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish jaraënida moddiy oqimlarni boshqarish ikki xil ëndashuvga asosan amalga oshiriladi: «uzatuvchi» tizim va «tortuvchi» tizim.
Ishlab chiqarish jaraënida moddiy oqimlar harakatini «uzatuvchi» tizimga asosan tashkil etishning chizma ko‘rinishi quyida keltirilgan:
|
| |