|
Transport va logistika
|
bet | 34/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB19-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: YO‘LOVCHILAR TASHISH TEXNOLOGIYASIDA LOGISTIK YONDASHUV.
(4-soat)
Xaridlarni boshqarish kompaniyaning raqobatbardoshliligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi va firmaning korporativ maqsadlariga erishishga va logistik strategiyasining bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shishi lozim bo‘ladi. Agar xaridlarni boshqarish faoliyati kerakli ko‘rinishda bajarilmasa, u holda kompaniya kerakli muddatda kerakli sifat va miqdordagi xomashyo yoki tyyor mahsulotni mahsulotning oxirgi qiymatining raqobatbardoshligini saqlaydigan narxlarda ola olmaydi.
Uiumiy holatda ta’minot logistikasining bu funksionali quyidagi tiplashgan vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi:
kompaniya bo‘linmalarining ta’minot predmetlari va xizmatlarga talabnomalarini yig‘ish va ularga ishlov berish;
ta’minot predmetlariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;
buyurtmalar protseduralarini boshqarish;
xarid qilish kelishuvlari, shartnomalarining shartlarini aniqlash va korrektirovka qilish;
xarid qilinadigan mahsulotni etkazib berishni logistik qo‘llab-quvvatlash;
xarid qilingan mahsulotni olish va uning sifatini kiruvchi nazorat qilish;
ta’minot predmetlarini kompaniyaning omborxona tizimida (“kirishda”) saqlash va yuklarga qayta ishlov berish;
logistik xarid qilish kanallarida ta’minot predmetlarining zahiralarini boshqarish;
ta’minot predmetlari va xizmatlarga haq to‘lash uchun hujjatlarni tayyorlash, etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish.
1. Ta’minot predmetlarini ko‘proq qulay narxlarda sotib olish.
2. Xarid qilinadigan mahsulot zahiralarining optimal miqdorini ushlab turish.
3. Xarid qilinadigan ta’minot predmetlarining sifatini standartlarga (sertifikatlarga) muvofiq nazorat qilish.
4. Etkazib berish grafiklarini barqaror bajarish, yukning yo‘lda saqlanishi, tovar-transport hujjatlarining aniq rasmiylashtirilishini ta’minlash, buyurtmaning nomenklaturasi va hajmiga amal qilish.
5. Xarid qilishga ketadigan transaksion xarajatlar va xarid qilinadigan mahsulotni etkazib berishga ketadigan logistika xarajatlarini optimallashtirish.
6. Ta’minot predmetlarini avtomatlashgan samarali hisobga olish.
7. Ta’minot xizmati xodimlarining bilimlar bazasini rivojlantirish.
Xarid qilish faoliyati — bu uning yordamida ta’minot predmetlari oxirgi iste’molchilarning talablarini qanoatlantiradigan tayyor mahsulotga transformatsiyalanadigan operatsion resursdir, shu sababli uni etkazib berishlar zanjirida qo‘shilgan qiymatni boshqarish pozitsiyasidan baholash lozim bo‘ladi.
Sanoat korxonalarida, ularning MRP II/ERP g‘oyasiga asoslangan integrallashgan axborot-boshqarish tizimlarida (avtomatlashgan) MRP modulining qo‘llanilishi bu korxonalar uchun moddiy resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar va xaridlarni rejalashtirishning samarali quroli bo‘lib hisoblanadi.
APICS lug‘atidagi ta’rifga ko‘ra,
MRP (Material Requirements Planning)o‘zida mateirallarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisoblash uchun VOM (Bill of Material) mahsulotining spetsifikatsiyalaridagi ma’lumotlardan, zahiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va MPS (Master Production Schedule) ishlab chiqarish grafigidan foydalanadigan bir qator qurollarni taqdim qiladi. MRP texnologiya asosida moddiy zahiralarini to‘ldirish uchun buyurtmalarga tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tovarni peshtaxtaga taqdim qilishning yuqori darajasi bilan xarajatlarning pastligi me’zonlari o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish uchun ko‘pgina riteylerlar xarid qilishlarni kechiktirishga asoslangan logistik texnologiyalaridan foydalanadilar, bu etkazib beruvchilar bilan yanada jipsroq o‘zaro munosabatlarni, ilg‘or axborot tizimlarini qo‘llash va tashishni optimallashtirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiyalar doimiy to‘ldirib borish (CRP — continuous replenishment programs), iste’molchining so‘rovlariga samarali reaksiya ko‘rsatish (ECR — efficient con-sumer response), zahiralarni birgalikda rejalashtirish, prognozlash va to‘ldirish (CPFR — collaborative planning, forecasting and replenishment) dasturlarini o‘z ichiga oladi [48]).
Savdo kompaniyalarining (xususan, chakana savdo tarmoqlarining) xaridlarini rejalashtirishni qo‘llab quvvatlaydigan bir qator mahalliy dasturiy mahsulotlar ham mavjud, ulardan «Open to Buy» echimlar lineykasini ko‘rsatish mumkin. CHakana savdo tarmog‘i uchun «Open to Buy» dasturiy majmua/modulni qo‘llash bilan xaridlarni rejalashtirish va etkazib beruvchilarga buyurtmalarni joylashtirishning umumiy sxemasi 1 rasmda keltirilgan.
|
| |