|
Logistik tizimlarning tasnifini ko‘rib chiqamiz
|
bet | 37/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZBLogistik tizimlarning tasnifini ko‘rib chiqamiz.
6.rasmda logistik tizimlarning taklif qilinadigan tasnifi keltirilgan. Bunday tasnifiga ko‘ra logistik tizimlar uchta guruhga - makro-, mezo- va mikrologistik tizimlarga bo‘linadi. Bunday bo‘lish asosan logistik tizimda boshqarish ob’ektining turlicha murakkablik darajasi va ularni qurishning turlicha maqsadlari bilan shartlanadi.
6.rasm. Logistik tizimlarning tasnifi.
Logistik kanallar.
O‘zining logistik infratuzilmasini shakllantirishda logistik tizimning tez-tez foydalaniladigan zvenosi – avtopark tashishlarni boshqarish tarkibini belgilaydigan elementlar (ekspluatatsiya qilish xizmati, ishlab chiqarish-texnika xizmati, dispetcherlik xizmati, reja-iqtisod bo‘limi va hokazolar) jamlanmasi, shuningdek logistik tizimning avtokorxonaning o‘zining transport infratuzilmasini tashkil qiladigan elementlari (harakatlanuvchi tarkib, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash zonasi, garaj va hokazolar) ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin. Avtokorxonaning tarkibiy elementlarining tarkibi 7. rasmda keltirilgan.
Logistik tarmoq — bu ular o‘rtasida asosiy va hamrohlik qiluvchi oqimlar bo‘yicha logistik tizimni/etkazib berishlar zanjirini nazorat qilish yoki loyihalash doirasida o‘zaro bog‘lanishlar o‘rnatilgan logistik tizim zvenolarining to‘liq ko‘pligidir.
Logistik tarmoqni shakllantirish logistikani strategik rejalashtirish va samarali logistika tizimini qurishning eng muhim vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Logistik kanal—bu tovarlar oqimini hosil qiladigan tashish, saqlash, yuklarga qayta ishlov berish yoki kommunikatsiya funksiyalarida ishtirok etadigan vositachilar tarmog‘idir.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtirish asosida
Logistik kanal deb logistik tizim zvenolarining operatsion logistik faoliyat ko‘lamlarida marketing talablarini bajarish va/yoki mahsulotni o‘rash, saqlash, qayta ishlov berish va tashish hisobiga tejash maqsadida moddiy oqimi bo‘ylab yo‘naltirilgan maxsus jamlanmasini hisoblaymiz.
|
| |