|
rasm. Logistik tizimning zvenosi – avtokorxona elementlarining tarkibi
|
bet | 38/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB7.rasm. Logistik tizimning zvenosi – avtokorxona elementlarining tarkibi.
Logistik kanallarga misollar 8 rasmda keltirilgan. Logistik kanal tushunchasi yuqorida keltirilgan fikrlarni hisobga olish bilan ta’minot va ishlab chiqarish logistikasining funksional sohalariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Xorijiy va mamlakatimizdagi adabiyotlar tahlili va xorij amaliyotida logistik kanal bilan bir qatorda «logistik zanjirlar»/«etkazib berishlar zanjirlari» (Logistical chain, supply chain) tushunchasidan keng foydalaniladi. Aksariyat hollarda bu tushunchalar aniq chegaralanmaydi, ba’zan esa logistik tizim, logistik tarmoq, logistik zanjir va etkazib berishlar zanjiri atamalaridan ayniqsa xorij logistika amaliyoti va adabiyotlarida sinonimlar sifatida foydalaniladi, bu erda logistik tizim tushunchasi etkazib berishlar zanjiri tushunchasiga qaraganda anchagina kam uchraydi.
SHuni qayd qilish zarurki, logistik zanjir tushunchasi g‘arb biznesida hamma joyda keng qo‘llaniladigan «etkazib berishlar zanjiri» (supply chain) kontekstida mamlakatimizdagi mutaxassislrning integrallashgan logistik tizimni tashkil qilish to‘g‘risidagi fikrlariga ko‘proq mos keladi, bu «supply chain» ning xorijiy adabiyotlar va lug‘atlarda
keltirilgan ta’riflari bilan tasdiqlanadi.
Masalan, ELA 2005 y. lug‘atida «etkazib berishlar zanjiri qayta shkllantirish, harakat yoki joylashtirishni o‘z ichiga oladigan, qo‘shimcha qiymatni qo‘shadigan hodisalar ketma-ketligi sifatida ta’riflanadi». Mohiyatiga ko‘ra, bu ta’rifda etkazib berishlar zanjiri jarayonli yondashuv pozitsiyalaridan etkazib berishlar zanjirining kontragentlari tomonidan bajariladigan va zanjirning mahsulotni (xizmatni) oxirgi iste’molchilari uchun qo‘shimcha qiymatni/narxni qo‘shadigan oqimlar va jarayonlar jamlanmasi sifatida talqin qilinadi.
To‘g‘ridan –to‘g‘ri va kengaytirilgan etkazib berishlar zanjiri 9, 10 rasmlarda keltirilgan
9.rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishlar zanjiri.
Kengaytirilgan etkazib berishlar zanjiri qo‘shimcha ravishda ikkinchi darajaning etkazib beruvchilari va iste’molchilarini o‘z ichiga oladi (15 rasm).
|
| |