|
rasm. Yetkazib beruvchi bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanish evolyusiyasi (“KIA-markaz” kompaniyasi)
|
bet | 46/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB8.2.rasm. Yetkazib beruvchi bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanish evolyusiyasi (“KIA-markaz” kompaniyasi).
Kompaniyaning korporativ strategiyasi avvalgiday marketing strategiyasini ishlab chiqishda ham, logistik strategiyani ishlab chiqishda ham hal qiluvchi strategiya hisoblanadi. Bunda, xuddi avvalgiday, marketing strategiyasining amalga oshishini qo‘llab-quvvatlash logistikaning maqsadlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Biroq logistikaning o‘zi ham mijozlarga yuqori sifatli xizmatlrni taqdim qilish, marketing takliflarini amalga oshirish asosida “xaridor uchun ahamiyat kasb etishni” yaratish bilan marketingning samaradorligiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Marketing va logistikaning ajralmasligi zamonaviy bozorlarda xaridorlarga moddiy ne’matlarni taqdim qilishni ta’minlaydigan jarayonlar asosiy jarayonlar bilan parallel ravishda boshqarilishi lozimligi bilan ham kuchayadi.
Logistikaning marketing strategiyalarini amalga oshirish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Zamonaviy biznes mavhumlik sharoitlarida faoliyat yuritadi, va marketingning ham, kompaniya faoliyatining boshqa yo‘nalishlarining ham vazifasi – biznesning o‘zgaruvchan muhitga tezda moslashishiga ko‘maklashish hisoblanadi. Ushbu maqsad yo‘lida kompaniyalarda strategiyalar, jumladan, marketing va logistika strategiyalari ishlab chiqiladi. Amalda har qanday marketing strategiyasini logistikaning qo‘llab-quvvatlashisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
8.1 jadvalda keltirilgan marketing kanallari strategiyalarini amalga oshirish misolida marketingning asosiy vazifalarini ko‘rib chiqish mumkin.
8.1 jadval.
Marketing kanallarining asosiy strategiyalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
rasm. Yetkazib beruvchi bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanish evolyusiyasi (“KIA-markaz” kompaniyasi)
|