Transport va logistika




Download 3,61 Mb.
bet44/48
Sana18.11.2023
Hajmi3,61 Mb.
#100867
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
TL Uslubiy kursatma UZB

23-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARI SIFATI VA SAMARADORLIGI.
(4-soat)
Kompaniyada logistika to‘g‘ri qurilganda ko‘pgina kelishmovchiliklar logistika xizmatining funksionallararo muvofiqlashtirish uchun masul bo‘lgan xodimlari tomonidan hal qilinishi lozim. Alohida funksiyalarni boshqarishdan logistik jarayonlarni integrallashgan boshqarishga o‘tish kompaniyaning turli xizmatlarini funksional faoliyat chegaralarini buzilishi, ilgari “mustaqil” bo‘lgan sohalarga aralashish bilan bog‘lanadi, va shu sababli jiddiy tashkiliy kelishmovchiliklarning vujudga kelishiga olib keladi. Logistika xizmati bu kelishmovchiliklarni, shuningdek tashkilotning turli bo‘linmalarini maqsadlari va manfaatlaridagi zaddiyatlar tufayli “an’anaviy tarzda” vujudga keladigan ziddiyatli vaziyatlarni samarali boshqarishi lozim.
Vakolatlarni ajratish va logistika xizmati bilan marketing bo‘limi o‘rtasida samarali o‘zaro harakatlarni tashkil qilish ayniqsa muhim bo‘ladi. Sotish bozorlarini kengaytirish yoki sotishlar hajmini sezilarli darajada oshirishga yo‘naltirilgan korporativ strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda logistika va marketingning ayniqsa faol o‘zaro harakatlari zarur bo‘ladi. Bu holda marketing va logistikaning ittifoqi nafaqat firmaning raqobat qila olish qobiliyatini oshirish imkonini berib qolmasdan, balki korporativ vazifalarni minimal investitsiyalar bilan amalga oshirishni ham ta’minlaydi.
SHunga mos ravishda, logistika va marketingning o‘zaro harakatlariga nisbatan bo‘lgan klassik yondashuv ham bu erda quyidagi pozitsiyalar bilan ta’riflanadi:

    • Marketing talab va taklifni rivojlantirish va boshqarish, shuningdek bozorda taklif qilinayotgan xizmatlarni differensiallash usullarini qidirish bilan shug‘ullanadi.

    • Logistika bu takliflarni amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Bunda logistika marketing vazifalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash sifatida chiqadi. Biroq o‘zining vazifalarini amalga oshirishda faqat marketing emas, balki logistika ham qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi. Logistikaning bunday vazifalari, masalan, quyidagilardir:

    • xaridorlarga etkazib berishlar grafiklarini ishlab chiqish,

    • mijozlarga etkazib berish partiyalarining minimal o‘lchamlarini aniqlash,

    • mijozlar bazasiga xizmat ko‘rsatishni baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish,

    • omborda logistika jarayonlarini boshqarish va omborlarga joylashtirish logistikasining boshqa bir qator vazifalari,

    • yaroqsizga chiqarilgan tovarni qaytarish tizimini shakllantirish va hokazolar faqatgina marketing bilan birgalikda muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin, chunki undan olingan ma’lumotlar qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Logistika va marketingning o‘zaro harakatlarini an’anaviy asosiy sohalari quyidagilar hasoblanadi.

  • Sotiladigan tovarga narxni belgilash. Narxni shakllantirish marketingning asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Marketing tovarning narxini mahsulotning tannarxi, raqobat muhiti, kompaniyaning maqsadlari va vazifalari, rejalashtirilgan foyda darajasini hisobga olish, shuningdek logistika xarajatlarini hisobga olish bilan belgilaydi. Logistika marketingga mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan taxmin qilinayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi shart.

  • Mahsulotga ko‘rinish berish (dizayn va o‘rash), ishlab chiqarish sikli doirasida amalga oshiriladi. Marketingning vazifasi dizaynning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish va tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga nisbatan qo‘yiladigan zaruriy talablarni bajarish bilan buyumning o‘ziga va iste’mol idishiga ko‘rinish berish va individual o‘rashdan iborat bo‘ladi. Bunda logistika transport idishlari va tovar eltuvchilarni standartlashtirish va unifikatsiyalashdan kelib chiqish bilan o‘rashning tipi va o‘lchamlariga nisbatan aniq talablarni (cheklashlarni) qo‘yadi.

  • Sotish hajmi va sotish hududlarini bashoratlash. Bu bilan an’anaviy tarzda marketing shug‘ullanadi, chunki tegishli bashoratlar juda ko‘p strategik masalalarning asosi hisoblanadi:

Yangi hududlar bozorini egallash, mavjud bozorlarda sotuvlar xajmini ko‘paytirish va boshqalar. Shunga o‘xshash bashoratlarning aniqlik darajasidan bir qancha logistik masalalarning yechimlarini topish bog‘liq bo‘ladi




Download 3,61 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 3,61 Mb.