|
-rasm. Axborot tizimining kechikib qabul qilinishi
| bet | 41/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB2-rasm. Axborot tizimining kechikib qabul qilinishi
-
Logistik tizim tushunchasi, turlari.
Logistik tizim – u yoki bu logistika vazifasi va operatsiyalarni baja-ruvchi teskari aloqaga moslashtirilgan tizimdir. U qoidaga ko`ra, bir necha tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega.
Nazariyadan ma'lumki, har qanday tizim ikki yoki undan ortiq elementlardan tashkil topadi.
Logistik tizimning tuzilishida quyidagi omillar hisobga olinadi:
-
korxonalarning soni;
-
omborlar soni;
-
transport modellari;
-
aloqa;
-
axborot tizimi.
Logistik tizimlar quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi:
Ko`lami bo`yicha:
-
mikroiqtisodiyot tizimlari (sanoat korxonasi doirasida);
-
makroiqtisodiy tizimlar (mamlakat, hudud yoki mamlakatlar guruhi ko`lamida);
-
mezologistik tizimlar – alohida turdagi tovarlar yoki tovarlar guruhlarining ta'minoti, ishlab chiqarish va sotish alohida tizimlarning majmuasi.
Tayyorlash va qo`llash doirasi bo`yicha:
-
logistik tizimlar va jarayonlarni tahlil qilish, rejalashtirish, loyihalash-tirish va konstruktiv rasmiylashtirish bo`yicha vazifalarni tayyorlash;
-
logistik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va o`tkazish bo`yicha vazifalarni amalga oshirish;
-
logistik quvvatlar va tizimlar unumdorligining hisob-kitoblari bo`yicha vazifalar.
Xizmatning belgilanishi bo`yicha:
-
xizmat ko`rsatish sohasidagi logistika.
|
| |