|
rasm. Kengaytirilgan yetkazib berishlar zanjiri
|
bet | 39/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB10.rasm. Kengaytirilgan yetkazib berishlar zanjiri.
Misol.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va kengaytirilgan etkazib berishlar zanjiriga misol sifatida kompyuterlarni yig‘ish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani ko‘rib chiqamiz. Fokuslanadigan kompaniya — shaxsiy kompyuterlarni «otvertka bilan» yig‘adigan sanoat korxonasidir. 1 darajanig etkazib beruvchilari — shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish birliklari: korpuslar, tizim platosi, vinchesterlar, diskovodlar, klaviaturalar va hokazolarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalardir (distribyutorlar). 1 darajaning iste’molchilari — fokuslanadigan kompaniyadan shaxsiy kompyuterlarni ulgurji sotib oladigan distribyutorlardir.
Kengaytirilgan etkazib berishlar zanjiri 2-darajaning etkazib beruvchilari: mikroelektronika, simlar, ulardan shaxsiy kompyuterlarning korpuslari ishlab chiqariladigan alyuminiy listlar, plastmassalar va hokazolarni ishlab chiqaruvchilarni o‘z ichiga oladi. 2-darajaning iste’molchilari distribyutorlardan shaxsiy kompyuterlarni sotib oladigan chakana savdo tarmoqlari ham, hisoblash texnikasi bilan savdo qiladigan alohida do‘konlar ham bo‘lishi mumkin.
Etkazib berishlar zanjirining yuqorida sanab o‘tilgan ishtirokchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri variantda ham, kengaytirilgan variantda ham asosiy kontragentlar bo‘lib hisoblanadi. Etkazib berishlar zanjirida ulardan
tashqari logistik vositachilar va boshqa vositachilar: ekspeditorlar,
omborlar, terminallar, brokerlar, banklar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Maksimal etkazib berishlar zanjiri (2.11 rasm) fokuslanadigan kompaniya va uning chap tomondagi barcha kontragentlaridan (boshlang‘ich xomashyo va tabiiy resurslarni etkazib beruvchilargacha) – ular fokuslanadigan kompaniyaning “kirishdagi” resurslarini belgilaydi – o‘ng tomonda oxirgi (individual iste’molchilargacha bo‘lgan taqsimlash tarmog‘idan tashkil topadi.
2.12rasmda «supply chain»2ning keltirilgan ta’rifini maksimal etkazib berishlar zanjiri1sifatida tasvirlaydigan sxema keltirilgan. Sxema tish shetkalari ishlab chiqaradigan DuPont kompaniyasining xomashyo manbalaridan oxirgi iste’molchilarga bo‘lgan barcha asosiy ishlab chiqarish zvenolari va bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
11. rasm. Maksimal etkazib berishlar zanjirining umumiy ko‘rinishi.
|
| |