|
rasm. Sanoat firmasida moddiy resurslar xarid qilishni boshqarishda logistik muvofiqlashtirish
|
bet | 36/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB2 rasm. Sanoat firmasida moddiy resurslar xarid qilishni boshqarishda logistik muvofiqlashtirish.
Xaridlarni boshqarishda ta’minot logistikasining vazifalari firmaning moddiy oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy logistik strategiyasida moliyaviy, aperatsion va boshqa menejment turlarini muvofiqlashtirish va bog‘lash hisoblanadi. Bunda logistik menejmentning optimallashtiruvchi echimlari an’anaviy tarzda xaridlar va moddiy resurslai zahiralarini boshqarishning umumiy xarajatlarini minimallashtirish, logistika tizimi g‘oyasidan foydalanish bilan moddiy resurslarni etkazib berishni optimallashtirish, logistik xavf-xatarlarni kamaytirish (etkazib berish parametrlarini kuzatib borish bilan) va etkazib beruvchilarni optimal tanlashni o‘z ichiga oladi.
20-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: YO‘LOVCHI TRANSPORT TIZIMLARINING MINTAQAVIY LOGISTIKASI.
(4-soat)
Tizimlarning umumiy nazariyasi va logistikaning uslubiy tamoyillaridan foydalanish logistik tizimni tuzilmaviy tarkib toptiruvchilar – tagtizimlar, zvenolar, elementlar, kanallar, zanjirlar va hokazolarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bunday ajratishni ob’ektli dekompozitsiyalash deb ataymiz (5 rasm).
5-rasm. Logistik tizimni ob’ektli dekompozitsiyalash.
Logistik tizimning – logistik tahlil va sintez ob’ektining yaxlitligini tarkib toptiruvchilarga ajratish avvalambor boshqaruv funksiyalari: tashkil qilish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil qilish va hokazolarni amalga oshirish maqsadida logistik tizimni yanada chuqurroq va detalli ko‘rib chiqish zarurati bilan belgilanadi. Logistik tizimni ob’ektli dekompozitsiyalash shuningdek logistik tarmoqning, etkazib berishlar kanalining etkazib berishlar zanjirini yoki logistik infratuzilmani tarkibiy birliklarining qandaydir bir jamlanmasi sifatida shakllantirish muammosiga nisbatan tarkibini belgilaydi.
Evropa logistika assotsiatsiyasining 2005 yildagi atamalar lug‘atida garchi logistik tizimning yaqqol ko‘rinishdagi ta’rifi bo‘lmasada, ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai-nazardan uning tarkibi elementlarini tashkil etuvchilarning keng ro‘yxati berilgan. Tarkib 7 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
Umumiy qoidalar.
Tizimli qo‘llanilishlar.
YOndashuvlar.
Foydalanilish sohalari.
Operatsion logistik faoliyat.
Logistikada boshqarish faoliyati.
Tavsiflar.
Logistik tizimning prEN 12777 Evropa standartiga muvofiq tavsiya qilinadigan to‘liq tarkibi 2 jadvalda keltirilgan.
«Logistik tizim» tushunchasining kiritilishi, bizning nazarimizda firmada logistikani tizimli yondashuv va tizimli tahlil qilish asosida joriy qilish ma’nosida konstruktiv ahamiyatga ega. Tizimli yondashuv logistik tizimning barcha elementlarini boshqaruvining yagona maqsadi uchun o‘zaro bog‘liq va bir biriga tasir etuvchilari sifatida qarashni tqazo etadi.
|
| |