• Rasm. Ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlarni boshqarishning «tortuvchi» tizimi 18-AMALIY MASHG‘ULOT. MAVZU
  • Rasm. Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning




    Download 3,61 Mb.
    bet32/48
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,61 Mb.
    #100867
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
    Bog'liq
    TL Uslubiy kursatma UZB

    Rasm. Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning
    amal qilish sxemasi
    Bu tizimda ish joyiga keluvchi moddiy resurslar oldingi ishlab chiqarish zvenosidan buyurtmaga asosan kelib tushmaydi. Moddiy oqim har bir keyingi zvenoga boshqaruv markazidan keluvchi topshiriqqa (komandaga) asosan uzatiladi.
    Hozirda korporatsiyalarning aksariyatida ishlab chiqarish logistikasining ushbu tizimi amal qiladi. Bu tizimga quyidagilar xos bo‘ladi:

    1. Talabning zudlik bilan o‘zgarishi ëki ishlab chiqarishdagi kechikishlar holatida ishlab chiqarishni qayta rejalashtirish juda mushkul. Natijada ortiqcha zahiralar vujudga kelishi mumkin.

    2. Boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish me’ërlari va moddiy zahiralar parametrlari bilan bog‘liq holatlarni sinchiklab o‘rganishlari murakkablashadi. Natijada ishlab chiqarish rejasi ortiqcha zahiralarni ko‘zdu tutishga majbur bo‘ladi.

    3. Ishlab chiqarilaëtgan mahsulot partiyasi hajmini tezlik bilan o‘zgartirish murakkab vazifa hisoblanadi.

    «Tortuvchi» tizim yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun o‘ylab topilgan. Bu tizimda detal va yarim fabrikatlar oldingi texnologik operatsiyadan keyingisiga zaruriyatga ko‘ra uzatiladi.
    Bu holatda qat’iy jadval bo‘lmaydi, chunki yig‘uv konveeridagina zaruriy detal va butlovchi qismlar soni aniqlanadi. Aynan shu liniyadan oldingi uchastkalarga aniq turdagi detallarni etkazib berish uchun burtma yuboriladi.
    «Tortuvchi» tizim ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilmoqda:





    Rasm. Ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlarni
    boshqarishning «tortuvchi» tizimi

    18-AMALIY MASHG‘ULOT.
    MAVZU: YO‘LOVCHI TRANSPORTI LOGISTIKASI: ASOSIY TUSHUNCHALAR VA XUSUSIYATLARI.
    (4-soat)
    Logistik tizimlarda moddiy oqimlarni harakatlanishi ma’lum bir joylarda ularni to‘plash va saqlash jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Moddiy oqimlarni to‘plash joylari omborlar deb ataladi. Moddiy oqimlarni omborlar orqali harakatlanishi jonli mehnat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular pirovard natijada tovarlarning narxiga ta’sir ko‘rsatadi. SHu boisdan moddiy oqimlarni omborlar bilan bog‘liq muammolari ularning logistik zanjirlarda harakatini ratsonallashtirish, transport harakati va ushlanib qolishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
    Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek yuklarni qayta ishlash va iste’molchilarga taqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan qurilmalar, texnologik echimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi, qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga kiradi. SHu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimida asosiy va texnik talablarni shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi.
    SHu boisdan omborlar alohida emas, balki logistik zanjirning tarkibiy qismi sifatida qqaralishi lozim. Faqat shunday yondoshuv orqali omborlarni o‘zining asosiy fuknsiyalarini samarali bajarishini va yuqori darajadagi samardorlikka erishish mumkin.
    SHu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko‘rsatkichlari bir-biridan anchav farq qiladi, zero ularning elementlari va o‘zining tuzilmasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni to‘liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga amal qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol bo‘ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim, ya’ni sarmoya sarflash bilan bog‘liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi rasm bo‘lgan ana’na va texnik imokniyatlardan emas balki ratsional ravishda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim.
    Omborlarning asosiy vazifasi – zahiralarni to‘plash, ularni saqlash va iste’molchi buyurtmalarini uzo‘luksiz va ritmik ravishda ta’minlanishiga erishish.
    Logisika konsepsiyasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi va transport, transport va iste’molchi o‘rtasida doimo ishlab chiqarishning notekis sikllarini tekislashga xizmat qiladigan, turlicha transportni iste’mol qiladigan va foydalanadigan omborlar ob’ektlari bo‘lishi lozim.
    SHu boisdan moddiy oqimlarni logistik zanjirlarda ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga qadar harakati jarayonlarida turlicha saqlash va qayta ishlash, moddiy oqimlar shakli va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiruvchi ob’ektlarining ta’sirini hisobga olish darkor.
    Makrologistik darajada shu tarmoq tizimi davlat tassarufidagi milliy, mintaqaviy, xududiy va xo‘jaliklararo va texnologik o‘rin tutdigan omborlar xo‘jaligi o‘z ichiga oladi.
    Omborlar ob’ektlarida moddiy oqimlar dinamik ko‘rinishdan statik ko‘rinishga qayta o‘tadi va uning teskarisi. Bundan tashqari, saqlash tizimida va moddiy oqimlarni qayta ishlashda bitta ko‘rsatkich kiritilib, ikkinchi ko‘rstakich chiqariladi. Ko‘rsatkichlar sifatida kuchlanish, quvvat, ritm, moddiy oqimlar tizimi, hamda mahsulotning turi va o‘rash usuli, transport yuklari to‘plami va h.k. e’tirof etiladi.
    Logistik tizimga ayniqsa omborlar tizimiga kiruvchi yuklarni saqlash va ularni qayta ishlash tizimi tuzilsmasi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi:
    – ishlab chiqarish hajmi va masshtablari (sotish);
    tayyorlanayotgan, sotilayotgan yoki iste’mol qilinayotgan mahsulot turlari;
    – ishlab chiqarish (savdo-sotiq)ni ixtisoslashuvi va koorperatsiyasi darajasi;
    – moddiy oqimlarni vujudga kelish texnologiyalari (tranzit yoki omborlarda)
    – ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari;
    – omborlarni mexnizatsiyalashtirish va texnik jixozlash darajasi.
    YUklarni saqlash va qayta ishlash tizimlari (tizim osti) va ixtisoslashgan logistik komplekslarda hamda sanoat korxonalarida quyidagi turdagi omborlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




    Download 3,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm. Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning

    Download 3,61 Mb.