|
rasm. Xaridlarni rejalashtirish va yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni joylashtirish
|
bet | 35/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB1 rasm. Xaridlarni rejalashtirish va yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni joylashtirish.
«Open to Buy» moduli riteylerning (yoki distribyutorning) etkazib berishlar zanjirida sotishlar rejasidan to xarid qilishlar rejasi va buyurtmalarni etkazib beruvchilarga joylashtirishgacha integrallangan rejalashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, shu bilan birgalikda etkazib zanjirida tayyor mahsulot zahiralari darajasini optimallashtiradi.
Xaridlarni samarali boshqarish uchun xarid qilish kelishuvlarini (shartnomalarini) tuzish, etkazib beruvchilar bilan shartnoma shartlarini aniqlash va o‘zgartirish kiritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tipik xarid qilish shartnomasi (etkazib berish shartnomasi) quyidagi asosiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
SHartnomaning predmeti.
Etkazib berish shartlari.
SHartnomaning bahosi va hisob-kitob qilish tartibi.
Kafolat majburiyatlari va tovar bo‘yicha da’volarni qanoatlantirish tartibi.
Tomonlarning javobgarligi va kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi.
Tovarni bozorda ilgari surish shartlari
SHartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlar.
Tomonlarnig imzolari va rekvizitlari.
SHartnomaga ilovalar sifatida «Xaridorning buyurtmasi», «Spetsifikatsiya» va hokazolardan foydalanish mumkin.
Tovarlarni import bo‘yicha xarid qilish shartnomasining tarkibi qo‘shimcha rekvizitlar – atamalarning izohli lug‘ati (glossariy), qo‘llaniladigan xuquqiy asoslar va hokazolarni o‘z ichiga olishi mumkin. SHartnoma rekvizitlarining tiplashgan ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1.Atamalarni ta’riflash (glossariy).
2.SHartnomaning predmeti.
3.Tovarlarning narxi. Hisob-kitob qilish shartlari va tartibi.
4.Etkazib berish shartlari.
5.Etkazib berish tartibi:
6.Reklamatsiyalar.
7.Xaridlarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish.
8.Qo‘llaniladigan huquq asoslari.
9.Kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi.
10.Hal qilib bo‘lmaydigan omillar holati (fors-major).
11.Boshqa shartlar.
12.Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari.
SHartnomaga ilovalar sifatida tovar taqvimi, spetsifikatsiyalar, tovar kartasi va boshqalardan foydalanilishi mumkin.
Xarid qilinadigan ta’minot predmetlarining zahiralariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish usullaridan biri tizimli shartnomalardan foydalanish hisoblanadi.
Xaridlarni boshqarish masalasini hal qilishda aosiy e’tibor bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarni qisqartirishga qaratilishi lozim. Bu yana shunisi bilan ham muhim bo‘ladiki, xaridlarni boshqarish xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tarkibida 40% dan 60% gachani tashkil qiladi. Xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarda eng katta solishtirma og‘irlik moddiy resurslarning o‘zining qiymati, tashish xarajatlari va moddiy resurslar zahiralarini boshqarish xarajatlariga (omborlarga joylashtirish, yuklarga qayta ishlov berish, saqlash va hokazolar) to‘g‘ri keladi.
Kompaniyalar menejmentining chiziqli-funksional tashkiliy tarkiblarida xaridlarni boshqarish (ta’minot logistikasi pozatsiyalaridan) moliya, ishlab chiqarish, xarid qilish, marketing, sotishlar va logistika bo‘linmalari kabi bo‘linmalarning ustuvorligi va o‘zaro harakatlarini hosobga olishi lozim. 2 rasmda mos keluvchi sohalarda sanoat kompaniyasining ishlab chiqarish va moliya funksional departamentlarining siyosatini belgilaydigan me’zonlar keltirilgan.
|
| |