rasm. Logistika va marketingning o‘zaro faoliyatining asosiy sohalari




Download 3,61 Mb.
bet45/48
Sana18.11.2023
Hajmi3,61 Mb.
#100867
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
TL Uslubiy kursatma UZB

8.1.rasm. Logistika va marketingning o‘zaro faoliyatining asosiy sohalari.

  • Sotish tizimlarini yaratish. Marketingning vazifasi har bir sotish hududi uchun qo‘l keladigan ko‘proq foydali sotish tizimini aniqlashga (oldi-sotdini ta’minlashga) keltiriladi. Logistika esa o‘zining logistik infratuzilmasi orqali yoki logistik vositachilarning xazmatlarini jalb qilish bilan tovar oqimlarining mijozlarga qarab harakatini ta’minlashi lozim. Keyingi holatda logistikaning vazifasi tizimning ishonchli ishtirokchilarini qidirish va butun jarayonni ularning ishtiroki bilan tashkil qilishga keltiriladi.

  • Taqsimlash tizimida omborlar tarmog‘ini loyihalash taqsimlash tizimida tovar zahiralarini konsentratsiyalash uchun omborlar tarmog‘ini shakllantirishga keltiriladi. Marketing logistikaga har bir sotish hududining ehtiyojlarini ta’minlaydigan yuk oqimlarining asosiy bashorat tavsiflarini taqdim qilishi lozim, logistika esa zahiralarni omborlarga joylashtirish strategiyasini aniqlash, tovar zahiralarini konsentratsiyalash uchun zarur bo‘ladigan omborlar sonini hisoblash, omborlarni qaerga joylashtirishni hal qilish va omborlarni ta’minlash tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish siyosatini shakllantirish – marketingning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi hisoblanadi. biroq bu vazifani kompaniyaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlari va bu xizmatlarni taqdim qilish bilan bog‘liq bo‘lgan logistika xarajatlarini tahlil qilmasdan turib bajarishning iloji bo‘lmaydi.

  • Mijozlarning buyurtmalarini boshqarish. Mazkur protsedura bir nechta bosqichda amalga oshiriladi, ularni bajarishga marketing, sotish, logistika, moliya bo‘limlari, va hatto buxgalteriya ham jalb qilinadi. Marketing bu protseduraning boshlang‘ich bosqichi – buyurtmalarni rejalashtirish bilan shug‘ullanadi. Logistika buyurtmalarni tayyorlash va ularni etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘ziga oladi.

  • Zahiralar sohasidagi siyosat marketing bilan logistikaning ular o‘rtasida ziddiyatga olib keluvchi kelishmovchilikni chaqirishi mumkin bo‘lgan yakkayu-yagona soha bo‘lib hisoblanadi. Bu masalada marketingning pozitsiyasi barcha mijozlarning har qanday ehtiyojlarini maksimal qanoatlantirishga intilishga keltiriladi, bu sotishlar hajmining ortishiga olib kelsa bo‘lgani. Logistika esa boshqacha pozitsiyani egallaydi: xizmat ko‘rsatish darajasi iste’molchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini (etkazib berish partiyalarining hajmlarini, buyurtmani bajarish muddatlarini, buyurtmani shakllantirishda jamlash darajasini, mijozlarning ish vaqti va hokazolarni) hisobga olish bilan qayishqoq bo‘lishi lozim. Logistika logistik servisning har bir xizmati uchun har bir xizmatni taqdim qilishning tannarxini hasobga olish bilan standart ishlab chiqishi, boshqacha qilib aytganda, xizmatlarning tarif setkasini va ularni taqdim qilish shartlarini taklif qilishi lozim. Agar marketing xizmat ko‘rsatish siyosatini shakllantirish davomida logistika bo‘limi tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar standarti va ularni taqdim qilishning tarif setkasiga amal qilsa, amaliyotda bu masala bo‘yicha kelib chiqadigan ziddiyatning to‘liq oldini olish mumkin.

Kompaniyada boshqarish oqilona bo‘lganda va funksiyalar (aniq operatsiyalar va vazifalar) hamda ularning bajarilishi uchun javobgarlik to‘g‘ri taqsimlanganda logistika va marketing har biri faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish bilan zich hamkorlikda ishlashi lozim. Bu holda ular o‘rtasida amalda hech qanday ziddiyatlarning vujudga kelishiga sabablar bo‘lmasligi lozim.
Ommaviy iste’mol qilish bozori individual iste’mol qilishga o‘tmoqda va aksariyat kompaniyalar uchun yangi bo‘lgan individual xizmat ko‘rsatish strategiyasi vujudga kelmoqda. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda boshqa urg‘ular paydo bo‘lmoqda: mijozlarni egallash o‘rniga ular bilan uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yo‘li bilan mijozlarni ushlab turishga intilish oldingi o‘ringa chiqmoqda (4.5 rasm). SHu sababli marketing mijozlarni yo‘qotishning sabablarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bunday sharoitlarda marketing uchun raqobat ustuvorliklarining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Innovatsion mahsulotlar portfelini yaratish (kuchli trendlarning jalb qiluvchanligi);

  • Mijozlar bilan strategik sherikchilikni rivojlantirish;

  • Ustuvorliklarning mijozlarni xizmat ko‘rsatish darajasiga nisbatan sezuvchanligi tomonga qarab siljishi;

  • Etkazib berishlar zanjirining samaradorligini oshirish uchun logistika bilan o‘zaro harakatlarni kuchaytirish.







Download 3,61 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 3,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Logistika va marketingning o‘zaro faoliyatining asosiy sohalari

Download 3,61 Mb.