|
Transport va logistika
|
bet | 19/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZBMisol-3. Investitsiya hajmi (K)–80000 AQSH dollari;
Yillik daromad prognozi (Ak)–60000 AQSH dollari;
Yillik xarajatlar prognozi (Rg) – 48000 AQSH dollari;
Amortizatsiya (Ak) – 60000 AQSH dollari;
Yillik qo‘yilma prognozi (Vg) – 2000 AQSH dollari;
Kapital qo‘yilma qoplanish muddati (Tok) – 10 yil
Foydalilik (P):
P=Vg/A (3.3)
P=2,0/8,0x100=25%
O‘rtacha o‘z-o‘zini qoplash 10 yil ichida 8000 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Vot=K / Tok (3.4)
Vot =80000/10=8000 AQSH dollari.
3. Diskontirovkali usulni bir necha turlari mavjud bo‘lib. Kelajak mablag‘larini diskont bahosi quyidagi formula orqali hisoblanadi.
R=S /(1+ r)n (3.5)
Bu erda:
R –kelajak mablag‘larini diskont bahosi,
S - n yilni oxirida olinadigan mablag‘,
r - % stavkasi,
n – yillar soni.
Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
Misol 4. Agar korxona investitsiyadan 10% foyda ko‘radigan bo‘lsa, 200 ming dollardan birinchi yil 220000 AQSH dollar, 2 – yil 242000 AQSH dollar foyda ko‘radi. Lekin diskontirovkani hisobga olganda 2 yil ichida bu summa 165, 289 dollarni tashkil etdi.
R=200 / (1+0,1)1=165,289
Balans:
Boshlang‘ich xarakatlar 165,289
10% birinchi yil uchun 16, 529
1 yil uchun balans 181818
10% ikkinchi yil uchun 18, 182
Sof diskontirovka bahosi – bu diskontirovkalarni umumiy balansi bo‘lib, u minimum darajasida tuziladi.
Logistik loyihani tuzishda inflyasiyani ham nazarda tutish lozim bundan quyidagi formula kelib chiqadi.
R= S / (1+ r + F) n (3.6)
Bu erda:
R – kelajak mablag‘larni diskont bahosi,
S – p yilning oxirida olinadigan summa,
r -% stavka,
F – inflyasiya darajasi,
p – yillar soni.
11-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: TRANSPORT KOMPANIYASINING MODDIY TA’MINOTINI BOSHQARISH
(4-soat)
Transport-yuklarni tashishda amalga oshiriladigan moddiy ishlab chiqarishning tarmog‘idir. Ijtimoiy ishlab chiqarish strukturasida moddiy xizmatlar ishlab chiqarishga kiradi.
Transport logistikasining vazifalari kuyidagilar:
- transport tizimlarini, jumladan transport koridorlari va transport zanjirlarini tashkil etish: transport jarayonlarini turli xildagi transport birligi faoliyatini rejalashtirish;
- transport – ombor jarayonlarining texnologik birligini taminlash;
- transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish bilan muvofiklashtirilgan holda rejalashtirish;
- transport vositasi turini tanlash;
- etkazishning optimal marshrutlarini aniqlash;
- mahsulotlarni tashish va saqlash uchun agrosanoat majmuini refrijerator transporti va konteynerlar bilan to‘liq ta’minlash va boshqalar.
Xo‘jaliklarda keng ko‘lamda nonvoyxonalar, sabzavotlarni tuzlash punktlari, turli xil konservalar tayyorlaydigan kichik korxonalar, meva va uzumlarni quritish maydonchalari tashkil etilmoqda. Don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash uni saqlash bilan uzviy chambarchas boglangandir. Korxonalarni muntazam ishlashi uchun xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlar bo‘lishi kerak.
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni saqlash hosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog‘liq. Ularga va boshqa qishloq xo‘jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi vazifalar quyiladi:
mahsulotlarni va urug‘lik fondini imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda sifatini tushirmasdan saqlash;
mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usul va rejimlarni qo‘llab ularning sifatini yanada oshirish;
oz mehnat sarf-xarajat qilib, mahsulotlarni saqlash.
Mahsulotlarni saqlash muammosi juda muximdir, chunki ba’zi mahsulotlarni saqlashdagi xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish, urug‘lik, ozuqa-em va boshqa mahsulotlarning tannarxini pasaytirishga, hamda uni sotib foyda olishga olib keladi. Xo‘jaliklar tarkibidagi texnika bazasini korxonalarning rivojlanish yo‘nalishiga, u joylashgan erning ob-havo sharoitiga qarab qurish, jihozlari va texnik hamda iqtisodiy tomondan unumli foydalanish zarur.
Ushbu bo‘limda transport vositalarining unumdorligi asosiy hisoblanadi. Transport vositalari ish unumdorligi va unga texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning tasirini o‘rganish va tahlil qilishda quyidagi formulardan foydalanish lozim bo‘ladi.
Transport vositasining kunlik ish unumdorligi, bu transport vositasining kunlik ish unumdorligi bir qatnovda tashilgan yuk hajmi (t) va bajarilgan transport ishi (yuk oboroti) (tkm). Ular quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, t (4.1)
, tkm (4.2)
Bunda,
qn- nominal yuk ko‘taruvchanligi;
Tish- naryad vaqti;
vt- o‘rtacha texnik tezlik;
- bosib o‘tilgan yo‘ldan foydalanish koeffitsienti;
st- yuk ko‘taruvchanlikdan statik foydalanish koeffitsienti;
to-t - yuk ortish-tushirishda bo‘sh turish vaqti.
|
| |