|
Transport va logistika
|
bet | 16/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB1.1- jadval
-
№
|
parametrlar
|
Ta’minotchi
|
№1
|
№2
|
№3
|
№4
|
1
|
Q/x mahsulotlari mavjudligi
|
|
|
|
|
2
|
Ishlab chiqarish kurilmalar mavjudligi
|
|
|
|
|
3
|
YUk tashish masofasi,km
|
|
|
|
|
4
|
Tashish usuli
|
|
|
|
|
5
|
SHaxsiy transport vositasining mavjudligi
|
|
|
|
|
6
|
YUkning upakovka qilinganligi
|
|
|
|
|
7
|
Hujjatlarni rasmiylashtirish tezligi;
-yuk-xati (nakladnoy)
-tovar-transport
|
|
|
|
|
8
|
Etkazib berishga sarflangan xarajatlar
|
|
|
|
|
9
|
Raqobat afzaliklari mavjudligi
|
|
|
|
|
Ta’minotchini tanlash quyidagilar bilan asoslanishi kerak:
1. Ta’minotlarning xududiy joylashishi sxemasini tuzish;
2. Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetkazish usullarini yoritish.
3. Mahsulot yetkazish xarajatlarini hisoblash.
4. Har bir ta’minotchining raqobatda ustunligini aniq yoritish.
5. Ta’minotchini tanlash bo‘yicha qabul qilingan qarorni asoslash.
Misol 1.
Ta’minlovchining tanlov bo‘yicha qabul qilgan qarorini asoslab berish.
a) Paxta tozalash zavodlaridan omborxonalargacha transportda tashish xarajatlari taxminan kuyidagicha: Buxoroda-paxtani umumiy tashish bo‘yicha o‘rta hisobda bir tonnasiga 50km x 0,155$ = 7,75$ x 0,3 = 2,33$bo‘ladi. (0,3-30% faqat paxta tozalash korxonalaridan temir yo‘l bog‘lamisiz kelib tushadigan mahsulot). Toshkentda t/kmning bahosi 0,31x0,3=3,72$ni tashkil etadi.
b) Vagonlarni tozalash. Temir yo‘l vagonlari tekshirilgan bo‘lishi, ichki tarafdan maxsus yelimdan kraft-kog‘oz bilan yopishtirilgan bo‘limi lozim. Ushbu operasiyani bajarish uchun Buxoro viloyatida bitta vagonga 23109 so‘m sarflanadi. Rasmiy kurs bo‘yicha almashtirishga muvofiq 342 so‘m-1$, vagonga 51,6 tonna yuk ortilganda bitta vagonni tayyorlash narxi 67,57$ni yoki bir tonna yukning narxi 1,31$ni tashkil etadi. Toshkentda bitta vagonning narxi 26307 so‘mni tashkil etadi. Shunday vagonni tayyorlash bahosi 76,92$ni yoki bir tonna yukning bahosi 1,49 $ni tashkil etadi.
v) Temir yo‘l vagonlariga yuk ortish. Paxta tozalash zavodlariga temir yo‘l bog‘lami orqali yuk ortish narxi tonnasiga 2,50$ni tashkil etadi. Paxta tozalash zavodlarida temir yo‘l bog‘lamisiz yuk mashinalariga dastlabki yuk ortish tonnasiga-2,00$ni tashkil etadi. Zavod tomonidan yuklarni mashinalardan tushirish va temir yo‘l vagonlariga ortish narxi temir yo‘l bog‘lamisiz 4,00$ni tashkil etadi. Zavodlarda yuklashning o‘rtacha narxi (70% zavodlarda temir yo‘l bog‘lami bor)tonnasiga 3,55$ni tashkil etadi.
g) Navlarga ajratish stansiyasigacha tashish. Vagonlar yuklangandan so‘ng markaziy nav ajratish stansiyasida kichik guruhlarga bo‘lib joylashtiriladi. O‘rtacha masofa ko‘rsatiladi –Buxoroda 120km.ga yaqin, Toshkentda 100 km. Xarajatlar quyidagilarga asoslanib hisob-kitob qilinadi: me’yoriy sharoitda shu yo‘nalishga qaratilgan vagonlardan iborat uzun tarkibli (28-50ta vagon)lari tonna kilometriga 0,015$ etib baholanadi. Navga ajratish stansiyasida vagonlarni joylashtirish xarajatlarining hisob-kitobi quyidagicha: Buxoroda bir tonnasi 120x0,015$x1,7 (harakatchanlik omili)x1,2 (daromad omili)q---- dollar bo‘ladi.
d) Chegaragacha yuk tashishning hisob-kitobi ikki asosiy nav ajratish stansiyasi ma’lumotlariga asoslangan.
-Toshkent-Chingeldi (Kozog‘iston):1 soatu 36 daqiqada -79 km.
-Buxoro-Farop (Turkmeniston):2soatu 15 daqiqada -110 km.
Agar bir km. 0,015 $ bo‘lsa, unga 20% daromad omili qo‘shilsa transportda yuk tashish narxi quyidagicha bo‘ladi:
Shimoliy chegaragacha: bir tonnasi 79 kmx0,015$x1,2q1,42$; Janubiy chegaragacha: bir tonnasi 110 kmx0,015$x1,2q1,98$ bo‘ladi.
Logistik zanjirning harajatlarini aniqlash natijalari quyidagi jadvalga kiritiladi.
1.2-jadval.
№
|
Harakat
|
Buxoro
|
Toshkent
|
$ vagonga
|
$ tonnaga
|
$ vagonga
|
$ tonnaga
|
1
|
Paxta tozalash zavodidan stansiyagacha tashish
|
|
|
|
|
2
|
Vagonlarni tayyorlash
|
|
|
|
|
3
|
Temir yo‘l vagonlariga yuk ortish
|
|
|
|
|
4
|
Nav ajratish stansiyasigacha yuk tashish
|
|
|
|
|
5
|
CHegaragacha yuk tashish
|
|
|
|
|
6
|
Jami
|
|
|
|
|
Iste’molchi tanlovi bo‘yicha qabul qilingan qarorga ko‘ra xulosa chiqarilsin.
Misol-2.
Yetkazuvchini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish
Yetkazuvchini tanlash bo‘yicha korxona hozirgi vaqtda asosan o‘zining axborotiga tayanadi. Bu holda ko‘pgina yetkazuvchisi bo‘lgan korxonada taniqli, ishonch qozona oladigan yetkazuvchilar to‘g‘risida ma’lum ro‘yxat tuzilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yetkazuvchi tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilish juda muhimdir.
Tasavvur qilaylik, bir xil sifatli bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi 2ta (A va V) xo‘jalik bor. Bu ikkala xo‘jaliklar ham taniqli va ishonchli. A xo‘jalikning kamchiligi uning iste’molchidan V xo‘jalikka nisbatan 200 km uzoqroq joylashganida (A xo‘jalikkacha bo‘lgan masofa – 500 km. V xo‘jalikkacha -300 km).
Ikkinchi tomondan, A xo‘jalik tomonidan yetkaziladigan tovar poddonlarga paketlangan va mexanizmlar bilan tushirishga mo‘ljallangan. V xo‘jalik yetkazadigan tovar korobkalarga joylangan va qo‘lda tashib tushirishga mo‘ljallangan. 500 km masofaga yuk tashish tarifi – 0,5 kilometriga shartli pul birligi(bir/km) 300 km. Masofaga yuk tashishda tarif stavkasi yuqori va u 0,7 bir/kmni tashkil etadi.
Tovar yetkazib berish bilan bog‘liq yig‘indi xarajatlarni hisoblash natijalari quyidagi jadvalga kiritiladi.
Paketlangan yukni tushirishga ketgan vaqt – 30min., paketlanmagan tushirish va ketgan vaqt – 10 soat.
Tashish uchastkasida ishchining soat stavkasi – 6 bir.
Faqat transport xarajatlari ahamiyatga olinsa, u holda V xo‘jalikka ko‘proq e’tibor berish mumkin. Ammo ortish-tushirish ishlari narxi hisobga olinsa, bu variant A xo‘jalikka qaraganda unchalik samarli (jadval 1.3).
Yetkazib beruvchini tanlash masalasi
1.3-jadval.
Ko‘rsatkich
|
A xo‘jalik
|
V xo‘jalik
|
Transport xarajatlari
|
0,5 bir/km x 500kmq250 bir
|
0,7bir/km x300kmq210bir
|
Tashib tushirish ishlari xarajatlari
|
6 bir/soat x 0,5soatq3 bir
|
6bir/soatx10soatq
60bir
|
Jami xarajatlar
|
253 bir
|
270 bir
|
Shunday qilib, boshqa teng sharoitlarga ko‘ra mahsulotni A xo‘jalikdan sotib olish arzonroq ekan, chunki u 1 yetkazuvchiga 17 bir miqdorida foyda beradi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona foyda ko‘rib, rivojlanishi uchun uning ishlab chiqarayotgan mahsulotiga ko‘pgina talablar qo‘yiladi. Jumladan, korxona ishlab chiqargan mahsulot xaridorgir, juda sifatli, imkon qadar arzonroq va raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarishning asosiy vazifasi-istemolchiga uning didiga mos mahsulot ishlab chiqarib, uni shu mahsulotlar bilan taminlashdir.
Misol 1. Agar 100 kg paxtadan 32 kg paxta tolasi, 54 kg chigit, 14 kg uluk (ishlab chikarishda foydalaniladigan tolalar) olinsa, O‘zbekistonda qancha paxta yetishtirilishini va paxta tozalash zavodlarida qayta ishlanishini aniqlang.
O‘zbekistonda 120ta paxta tozalash zavodlari bo‘lib, ularning taqsimoti quyidagicha: Andijonda-13ta; Toshkentda-9ta; Namanganda-10ta; Farg‘onada-9ta; Sirdaryoda-9ta; Jizzaxda-8ta; Samarkandda-10ta; Qarshida-12ta; Termizda-11ta; Buxoroda-7ta; Navoiyda-3ta; Nukusda-9ta; Urgenchda-10ta.
Birinchi haftada 120ta zavodga yetkazish hajmi taxminan 100.000 tonnani tashkil etadi (har bir zavodga bir kunda 850 tonnadan). Hosil yig‘im-terimi davrida ikki oy mobaynida har bir zavod o‘rtacha 30.000 tonna paxta oladi.
Misol 2 2500 tonna paxta tolasini olish uchun qancha paxta xom-ashyosiga ishlov berish kerak, agar 100 kg paxta xom-ashyosidan 32 kg toza paxta tolasi olinsa? Har bir toylarga taxminan 215 kg dan (toza tola) joylanadi.
Misol 3 12500 kg chigit olish uchun qancha paxta xom-ashyosiga ishlov berish kerak, agar 100 kg paxta xom-ashyosidan 54 kg chigit olinishi mumkin bo‘lsa.
Misol 4 Agar 100 kg paxta xom-ashyosidan 14 kg uluk olinsa, 720 kg uluk olish uchun qancha paxta xom ashyosiga ishlov berish kerak?
Misol 5 Agar 100 kg paxta xom-ashyosidan 32 kg toza paxta tolasi, 54 kg chigit, 14 uluk va boshqa mahsulotlar olinsa, 1500 tonna paxta tolasi, ____ kg chig‘it, ___ kg uluk va boshqa mahsulot olish uchun qancha paxta xom-ashyosiga ishlov berish kerak?
Misol 6 Agar 100 kg xom paxtadan 54 kg chigit va 14 kg uluk va boshka mahsulotlar olinsa 80.000 tonna xom paxtaga ishlov berish va undan olingan toza paxta, chig‘it va lintlarni Poti, Brest, Riga yo‘nalishlari orqali jo‘natishda qancha foyda qoladi?
Har bir toyga taxminan 215 kgdan toza to‘la, ___ kgdan uluk va boshqa mahsulotlar joylanadi.
2.1-jadval
Yo‘nalish
|
Masofa km
|
Paxta tozalash zavodidan portlargacha yuk tashish bahosi $
|
Jahon bozorida paxtaning narxi $
|
YUk tashish-ning cheklan-gan xajmi
|
YUk tashish xarajat-lari $
|
Foyda
$
|
Toshkent-Brest
|
236
|
76
|
1000
|
|
|
|
oshkent-Riga
|
286
|
114
|
1000
|
|
|
|
oshkent-Brest
|
017
|
122
|
1000
|
|
|
|
Brest orqali yo‘l uchun cheklangan hajmi 28 vagondan, Riga orqali 35 vagondan, Poti orqali 50 vagondan iborat.
|
| |