|
Logistik markazlar asosiy servis xizmati sifatida quyidagilarni bajaradi
|
bet | 14/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZBLogistik markazlar asosiy servis xizmati sifatida quyidagilarni bajaradi:
yuklarni qayta ishlash va saqlash;
bir transport turidan boshqa turiga o‘tkazish;
bojxona rasmiylashtiruvi va tekshiruvi;
o‘lchash, o‘rash va markirovkalash;
transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish;
transport vositalari nosoz holga kelganda ta’mirlash;
axborot xizmati.
Logistik markaz tarkibida bir nechta qatnashchi kompaniyalar faoliyat yuritishiga qaramasdan uning yagona boshqaruv organi bo‘lishi kerak.
Logistik markazlarning tashkiliy va tarkibiy tuzilmasi
Logistik markazlar ko‘lami hamda turiga ko‘ra farqlanishi sababli tarkibiy tuzilmasi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin ularning barchasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak:
yuridik bo‘lim;
bojxona bo‘limi;
transport bo‘limi;
ombolar ishini tashkil etish bo‘limi;
ijtimoiy xizmatlar bo‘limi (mehmonxona, oshxona va xokazo).
Logistik markaz tarkibida mustaqil biznes yurituvchi quyidagi bo‘linmalarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
yuk terminallari;
taqsimot markazi;
ombor;
konteyner terminali;
sovitish terminali;
texnik jihozlar ta’minoti;
servis markazi;
axborot markazi;
xavfli yuklarni saqlash;
yig‘ish va o‘rab-chirmash.
Bugunda respublikamizning bir qancha shaharlarida logistik markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda (Navoiy), Angren va b.)
Navoiy xalqaro erkin iqtisodiy logistik markazining ko‘rinishi.
“Angren” xalqaro logistik markazi quyidagi ob’ektlar ishini muvofiqlashtiradi:
“Kulol” AJ ning qurilish mollari ombori;
“Angren sement” AJning sement ombori;
“O‘zavtosanoat” AKning konteyner- taqsimlash bazasi;
O‘zavtosanoat” AKning maxsus jihozlangan tashqi savdo maydoni;
Tashqi iqtisodiy savdo aloqalari faoliyatining bojxona posti va hokazo
|
| |