Transport va logistika




Download 3,61 Mb.
bet15/48
Sana18.11.2023
Hajmi3,61 Mb.
#100867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
TL Uslubiy kursatma UZB

9-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: YUKLARNI YETKAZIB BERISH TIZIMINI LOYIHALASH.
(4-soat)
Logistika so‘zi-grekcha so‘z bo‘lib hisoblash degan ma’noni anglatadi.
Logistika-bu mahsulotlar oqimini boshqarish, xom-ashyo bilan ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor, mahsulot yetkazib berilguncha, shu bilan birga materiallar xarakatiga yordam kiluvchi moliyaviy va axborot oqmigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Odatda, har bir korxona o‘zining mahsulotini tabiiy (fizikaviy) taqsimlanishini nazorat kiladi. Logistika tizimi esa qishloq xo‘jaligida mahsulotlar moliyaviy resurslar va axborotlar oqimini boshqaradi.
Logistika umumiy xarajatlarni minimallashtirishga imkon yaratish bilan bir qatorda mahsulotni sifatini ko‘tarishga ham ta’sir qiladi, chunki faqat sifatli mahsulotlar tashqi bozordagi raqobatni ko‘tara oladi. Bunday sharoitda firmalar istemolchilarga qiladigan xizmatlarini ham sifatini oshirishga majburlar.
Logistik tizim (logistical system) – bu logistik vazifalar va operasiyalar bajaruvchi teskari aloqaga ega moslashtirilgan tizimdir. U, qoidaga ko‘ra bir necha tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega. Logistik tizim sifatida qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo korxonasi va h.k. ko‘rib chiqish mumkin.
Logistik tizimning maqsadi-tovarlar va buyurtmalarni belgilangan manzilga, kerakli miqdorda, iloji boricha ishlab chiqarish va shaxsiy istemolga tayyorlagan holda xarakatlarning berilgan darajasida yetkazib berishdir. Vazifaviy tizimchalarga binoan bir qatorda logistik tizim taminlovchi tizimchalarga (masalan, axborot, huquqiy, xodimlar va x.k.) ham ega. Ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi sifatida logistik tizim ichki aloqalarga va tashqi muhit bilan aloqalarga ega. Tizimichi aloqalar odatda davriy xarakterga ega, chunki, qoidaga ko‘ra aloqa qiluvchi tizimchalar o‘rtasidagi moddiy oqimni izchil uzatish bosqichini aks ettiradi.




Moddiy oqimlarning samaradorligi































Ta’minlovchi




Tarqatish




Ishlab chiqarish




Taqsimlash




Iste’molchi




























Axborotlar oqimi






1.1.-Rasm. Logistikani boshqarish jarayoni.


Logistik zanjir (logistik chain) – bu tashqi moddiy oqimni bitta logistik tizimdan boshqasiga (ishlab chiqarish, istemol holida) yoki yakuniy istemolchiga yetkazish bo‘yicha logistik operasiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning to‘g‘ri chiziqli tartibga solingan ko‘pchilikdir. Umumiy holda logistik zanjir ishlab chiqaruvchi, istemolchi, vositachi va tashuvchini birlashtiradi.
Topshiriq:
1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini aniq ishlab chiqaruvchilari ko‘rsatilsin.
2. Zaruriy xom-ashyo, uning manbalari yozib berilsin.
3. «Xom-ashyo ishlab chiqaruvchi-istemolchi» moddiy oqimiga tavsifnoma berilsin.
4. Ko‘rsatilgan logistik zanjirni qisqartirish imkoniyatlari haqida xulosa qilinsin.
Logistik tizim konsepsiyasi bu korxonaning samarali ishlashini moddiy oqimlarini optimallashtirish asosida amalga oshirishdir.
Vaziyatli misol 2.
Qishloq xo‘jalik mahsuloti yetkazuvchisini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bir xil mahsulot tashuvchi- yetkazuvchilarning quyidagi parametrlari aniqlanadi.

Download 3,61 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Download 3,61 Mb.