|
Transport va logistika
|
bet | 17/48 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 3,61 Mb. | | #100867 |
Bog'liq TL Uslubiy kursatma UZB10-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: TRANSPORTDA LOGISTIKA XARAJATLARINI VA TARIFLARNI SHAKLLANTIRISH.
(4-soat)
Korxonaning biznes-strategiyasi deganda korxona ishini rivojlantirish va mukammallashtirishga qaratilgan uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli vazifasi tushuniladi.
Biznes-strategiya mukammallashtirilgan holda eng minimal muhlat-bir yilga ishlab chiqishini kerak. Lekin bu sharoitda ham kompaniyaning rivojlanish istiqboli-yaqin 3-5 yilni ko‘zda tutish kerak. Hozirgi vaqtda har xil sharoitlarga ko‘ra bu shartlarni bajarilishi murakkabroq bo‘lganiga qaramay bu tasabga amal qilish shart deb belgilangan.
Biznes-strategiya korxona faoliyati yo‘nalishini bevosita aks ettiruvchi bir yoki bir qator biznes-yo‘nalishlar orqali amalga oshiriladi.
Biznesni amalga oshirish uchun ma’lum resurslar va texnologiyalar zarur bo‘ladi. Ushbu mavzu yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot jabhasi-alohida biznes-yo‘nalish va butun biznes-strategiya ishlab chiqishdir.
Korxona uchun bitta biznes-strategiya ishlab chiqiladi, ammo u korxonaning alohida yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi ko‘pgina bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu erda alohida ta’kidlash zarurki, biznes-strategiya statistik hujjat emas, balki u har doim diqqat va nazoratni tanlab qiluvchi dinamik tizishdir.
Biznes-strategiyani ishlab chiqish zarurligi muhimligiga qaramay, tajriba ko‘rsatmoqdagi uni hamma korxonalar ham uni ishlab chiqavermaydilar korxonalar uni ishlab chiqadilar. Tayyor biznes-strategiya quyidagi savollarga javob beradi:
-nima ishlab chiqarish kerak?
-kancha ishlab chiqarish kerak?
-qanday texnologiyalarni qo‘llash lozim?
-kimga va qaysi narxda sotish kerak?
-kimdan xom-ashyo va butlovchi qismlar uskunalar olish kerak?
-qaerdan va nima faoliyat uchun aylanma mablaglarni olish lozim?
-sotilgan mahsulot uchun pulni qanday tarif bo‘yicha olish lozim?
Biznes-stragegiyani ishlab chiqish istagan korxonaga va har xil sharoitlarda zarur.
Misol-1 Buxoroda investitsiyalash logistika markazi uning TRACECA koridori bo‘yicha yuk tashish dasturida ko‘zda tutilgan strategik o‘rni bilan bog‘likdir. Buxoro “Farob” temir yo‘l chegara punktiga yaqin joylashgan bo‘lib, yirik paxtachilik viloyatining markazidir. O‘z o‘rniga ko‘ra boshqa paxtachilik viloyatlariga yaqindir. “SHoshtrans”, “Calberson-Axis” O‘zbek temir yo‘llari korxonalarining taklifi 50000 kv.metrli modulli bazada qo‘rilayotgan paxta saqlash joylarining planirovkasini (reja asosida ishlab chiqishni) nazarda tutadi. Qurilishning boshlang‘ich fazasi 120000 kv.metr. Joyning eni 80m., bo‘yi 140 m va balandligi 6-8m. Qurilishda 1 kv.metrga 200$ sarflansa, inshootning bahosi 2,24 million dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ofis (idora) joylari va tajriba xonalari uchun 800-1000 kv.metrli joy kerak bo‘ladi. Ofis qurilishi uchun bir kv.metriga 300 $ sarflanganda, uning bahosi qo‘shimcha yana 0,3 million dollarni tashkil etadi. Birinchi fazani amalga oshirishdagi umumiy xarajatlar taxminan 2,55 mln. dollarni tashkil etadi, to‘liq bahosi esa 11 mln dollarga yaqin bo‘ladi. Bundan tashqari, temir yo‘l infratuzilmasini yangilash lozim. Paxta saqlash joylaridagi omborxonalarning hajmi odatda 1 kv.metrga 1 tonna hisobidan o‘lchanadi. Portdagi saqlash joylarining bahosi Potida tonnasiga 20$ni, Toshkentda tonnasiga 7-10$ni tashkil etadi, demak O‘zbekistonda 25%ga arzon tushadi. Bu loyixaga kiritilgan investitsiyalar qancha vaqt ichida o‘zini qoplaydi?
|
| |