• (4-soat) Mashg‘ulotning maqsadi
  • Ta’limiy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning




    Download 3,61 Mb.
    bet12/48
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,61 Mb.
    #100867
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
    Bog'liq
    TL Uslubiy kursatma UZB

    Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning
    amal qilish sxemasi

    «Tortuvchi» tizim ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilmoqda:



    Ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlarni
    boshqarishning «tortuvchi» tizimi
    7-AMALIY MASHG‘ULOT.
    MAVZU: LOGISTIKA TIZIMIDA TURLI TRANSPORT TURLARINING O‘ZARO HAMJIHATILIGI
    (4-soat)
    Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarning Servis xizmati logistikasining mazmuni va ahamiyati, Iste’molchi talabini qondirish servisi mezoni, Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko‘rsatish servisi mezoni, Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisi mezoni, Axborot xizmat ko‘rsatish servisi mezoni, Moliya - kredit xizmatini ko‘rsatish servisi mezoni haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
    Ta’limiy maqsad: Talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini baholash.
    Tarbiyaviy maqsad: Mavzuni musthkamlashda inerfaol metodlarni qo‘llash orqali talabalarning erkin fikrlash, bir birini tinglay olish, o‘zaro bir biriga hurmatda bo‘lish va jamoada o‘z fikrini bildira olish qobiliyatini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarda berilayotgan fikrlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
    Logistik funksiya: Logistik ma’muriyat
    Logistik operatsiya: Rejalashtirish, logistik faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish
    Logistik xarajatlar: Korxonaning logistika xizmati boshqaruv-ma’muriy personali faoliyatiga sarflanadigan xarajatlar.Ular faoliyatining transport va moddiy-texnik ta’minoti.Transport vositalarini ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari
    Komandirovka xarajatlari.Maslahat, axborot, auditorlik, bank xizmati va logistik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha tashqi korxonalar xizmatiga xaq to‘lash.
    Vakillik xarajatlari
    Logistik funksiya: Buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish.
    Logistik operatsiya: Xaridor buyurtmasini tayyorlash
    Buyurtma xaqidagi ma’lumotlar, uni qabul qilish, rasmiylashtirish va qayta ishlash.
    Burtmani tekshirish.To‘lov tushganligini tekshirish.Buyurtmani korrektirovkalash
    Buyurtmani bajarish muddatini rejalashtirish.Mahsulotni ortish xujjatlarini komplektlash
    Logistik xarajatlar: Transaksion xarajatlar. Buyurtmani rasmiylashtirish, saqlash, ma’lumotlarni yig‘ish va buyurtma xaqidagi ma’lumotlarni topshirishga xarajatlar
    Buyurtmaning bajarilishini nazorat qilishga xarajatlar
    Logistik funksiya: Ishlab chiqarishni rejalashtirish
    Logistik operatsiya: Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish. Mahsulotga talabni aniqlash. Korxona ichidagi transportirovkalash
    Logistik xarajatlar: Ishlab chiqarishni texnik va konstruktiv tayyorlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, korxona ichida transportirovkalash, ishlab chiqarish sifatini ta’minlashga xarajatlar.Joylashtirish xarajatlari
    Logistik funksiya: Mahsulotni etkazib berish
    Logistik operatsiya: Moddiy oqim va transportni dispecherlash. Grafik tuzish
    Etkazib berishni sug‘urtalash. Mahsulotni ortishga tayyorlash. Transport-ekspeditorlik operatsiyalarini amalga oshirish. Ortilgan mahsulotning sifatini nazorat qilish
    Mahsulotni bojxonada rasmiylashtirish. Etkazib beruvchilar bilan to‘lov turi va tartibini kelishish
    Logistik xarajatlar: etkazib berish xaqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, topshirish, ortish-tushirish ishlari va transportirovkalash xarajatlari (shrtaf, penya, ortish tushirish operatsiyalarida belgilangan muddatdan ortiq turganligi uchun xarajat, etkazib berish muddatlari orasidagi uzilishlar, buyurtmani qaytarilishi, ortiqcha etkazish, sifatiga bo‘lgan norozilik va sh.k.)
    Logistik funksiya: omborlashtirish va mahsulotlarni omborda saqlash.
    Logistik operatsiya: mahsulotni qabul qilishga omborni tayyorlash, ombordagi jixozlarning ishlashini ta’sinlash va ularga xizmat ko‘rsatish, ortish-tushirish ishlari, mahsulotlarni soni va sifati bo‘yicha qabul qilish, ombor ichida joylashtirish va saqlash joyiga taxlash, saqlash, saqlanayotgan mahsulot holatini nazorat qilib turish, sifati buzilish holatilari ro‘y bersa uni bartarf etish tadbirlarini amalga oshirish, ombordan mahsulotni ortishga farmoyish olish, mahsulotni saralash, zahiralarni shakllantirish, mahsulotni komplektlash va sotishga tayyorlash, schet-fakturaga mosligini tekshirish, upakovkalash, taralarni almashtirish, yuk va transport markirovkalash, taralarni plombalash, ortish xujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni topshirish, taralarni yig‘ish, saqlash va etkazib beruvchiga qaytarish.
    Logistik xarajatlar: qabul qilinayotgan mahsulotlarni omborlashtirish, oraliq omborlashtirish, zahiralar xaqidagi ma’lumotlarni saqlash va uzatish, eHMlarni ekspluatatsiyalash, qabul qilinayotgan buyurtmani ramiylashtirish, zahiralarni boshqarish, bitta buyurtmaga turli nomenklatura pozitsiyasidagi buyurtmalarni birlashtirish xarajatlari. Mahsulotni son va sifati bo‘yicha qabul qilish xarajatlari. Maxsus buyurtmalarni bajarishga xarajatlar. Ombor ichidagi joylashtirish, qo‘shish, saqlash, qayta ishlash, sortirovkalash, yiriklashtirish, komplektlash va upakovkalash xarajatlari. Omborning asosiy va aylanma fondlarga xarajatlar. Ombor va jixozlar ekspluatatsiyasi uchun xarajatlar. Umumombor xarajatlari. Tara va upakovkalash xarajatlari. Ombor ishchilarining ish xaqi.
    Logistik funksiya: buyurtmani transport vositasida etkazib berish
    Logistik operatsiya: transport turini, tashuvchini tanlash, shartnomalar tuzish, ortish tushirish va transport taralariga talablar. YUk etkazib berish marshrutlarini tuzish. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarga narxlarni kelishish va hisoblash. Transport vositalariga bo‘lgan talabni aniqlash, transportirovkalash parametrlarini aniqlash, xarakatlanishning optimal sxemasini ishlab chiqish. YUk tashishga tayyorgarlik ko‘rish. Ortish. Tashish. Iste’molchi manziliga mahsulotning etib kelishi. Transport ekspeditorlik operatsiyalari
    Logistik xarajatlar:Transaksion xarajatlar. Ortish-tushirish, mashina va mexanizmlar amortizatsiyasi xarajatlari. Tashqi korxonalar xizmatidan foydalanganlik uchun tashish xarajatlari. YUkni ortishga tayyorlash, etkazib berilganligi xaqida mijozga xabar berish, yo‘l davomidagi saqlash, qayta ortish, yuklarni sug‘urtalash, tashishning maxsus sharoitlari uchun xarajatlar. CHegaradan o‘tishda bojxona bojlari, soliqlar va bojxona yig‘imlarini to‘lash. Belgilangan joygacha transportirovkalash xarajatlari.

    1. Logistik xarajatlarning shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi

    Logistik funksiya: Logistik ma’muriyat.
    Omillar: Mehnat sharoiti va texnika xavfsizligi. Boshqaruv personalining soni va malaka darajasi.
    Logistik funksiya: Buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish.
    Omillar: Buyurtma xajmi va boshqa shartlari. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash. Buyutma soni. Talab xajmi. Bitta buyurtmadagi xajarat ulushi.
    Logistik funksiya: Ishlab chiqarishni rejalashtirish
    Omillar: xo‘jalik faoliyati xajmining o‘zgarishi. Tannarxdagi moddiy sarflarning tarkibi va xajmi. Resurslardan foydalanish darajasi. YAngi texnologiyalar va ilg‘or uslublarni qo‘llash, mahsulotning murakkabligi. Sifatga bo‘lgan talab. Braklar sababli yo‘qotishlar. Jixozlarning ish vaqti fondi.
    Logistik funksiya: Mahsulotni etkazib berish
    Omillar: buyurtma o‘lchami va chastotasi. Logistik xamkorlarning joylashgan manzili va ularning soni. Etkazib berish uslubi va xizmat ko‘rsatish. Turib qolishlardan ko‘rilgan zarar. Tashishga tariflar va chegirmalar.
    Logistik funksiya: omborlashtirish va mahsulotlarni omborda saqlash.
    Omillar: binoning qiymati. Binoning ichki maydoni xajmi, jixozlanganligi. Vositalar aylanmasi. Zahira holati va darajasi. Boshqarishning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish. Buyurtma o‘lchami. Yo‘ldagi zahiralarning etib kelish vaqti.
    Logistik funksiya: buyurtmani transport vositasida etkazib berish
    Omillar: transport kommunikatsiyalarning uzunligi, marshrut geografiyasi va joylashtirish, kesib o‘tadigan chegaralar soni, bojxona shartlari, boj va tarif xajmi,upakovka gabarit o‘lchami,og‘irligi, zichligi, yuk xususiyati, zararlanishga chidamliligi. Transportirovkalash, ekspluatatsiya va utilizatsiya shartlariga qo‘yiladigan talablar. Qatnovlarning yuklanganligi va balanslanganligi. Tashuvchi javobgarligi va bozor shartlari. YUk tashish mavsumi va yo‘nalishi. Transportirovkalash tarif stavkalari va chegirmalar.

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




    Download 3,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish logistikasida «uzatuvchi» tizimning

    Download 3,61 Mb.