• II. Umumiy ma’lumotlar
  • Transport va logistika




    Download 30,17 Mb.
    bet70/72
    Sana26.05.2024
    Hajmi30,17 Mb.
    #254273
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    MAJMUA intelektual boshqarish (Восстановлен)

    Amaliy mashg‘ulot №14-15
    MAVZU: ITTda kommunikatsion infratuzilma.


    I. Ishning maqsadi: Fanga doir tushunchalar, atamalar, amaliy koʻnik-malar, avtomobil transportida axborot texnologiyalari, transport sohasida qoʻllanilayotgan axborot boshqaruv tizimi, strukturasi, rivojlanish bosqichlari, sun'iy yoʻldosh navigatsiya tizimi, intellektual transport tizimlarining rivojlanish bosqichlari haqida malumot berish, mazmun-mohiyatini ochib berish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali mutaxassisning ish faoliyatidagi oʻrni va ahamiyatini ochib berish.
    II. Umumiy ma’lumotlar:
    Elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirish va amaliyotga joriy qilish, dasturiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni qator yo‘nalishlar bo‘yicha eksport qilishni rivojlantirish yuzasidan muayyan ishlar qilindi, elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha beshta markaz tuzildi. Bugungi kunda elektron raqamli imzolar kalitlari soni 80 mingdan ortiqroqni tashkil etadi. Soliq inspeksiyasi va statistika organlarida davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini joriy etish borasida ishlar olib borilmoqda.
    “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida Toshkent shahrining telekommunikatsiya tarmog‘i raqamli stansiyalar asosida butunlay rekonstruksiya qilindi. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filialining qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar soni 200 ming kishidan ortiqni tashkil etadi. Toshkent shahrida respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan, ularga aloqa operatorlari tarmoqlarini ulash bo‘yicha muayyan ishlar olib borildi. Xususan, Toshkent shahrida bu tizimga xalqaro kommutatsiya markazining, “UzNet” ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining filiali, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filialining optik magistral halqasi va “EAST Telecom|” qo‘shma korxonasining transport tarmog‘ining boshqaruv tizimlari ulangan. Buxoro viloyatida ushbu avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga xalqaro kommutatsiya markazi tizimlari va “Uz Mobile” simsiz ulanish tarmoqlari ulangan. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun Toshkent shahrida 850 ga yaqin va Buxoro viloyatida 150 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektga litsenziya berilgan.
    “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi huzurida kompyuterlashtirish markazi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tuman hokimliklari va ularning boshqaruv tuzilmalari faoliyatiga joriy qilishni jadallashtirish hamda elektron hujjat aylanishi tizimini qo‘llashdan iborat. Bugungi kunda shahar hokimligi bilan tuman hokimliklari o‘rtasida axborot almashishning korporativ tarmog‘i ishlab turibdi, “Microsoft Share Point” dasturiy ta’minoti bazasida elektron hujjat aylanishi tizimi tashkil etilgan.
    Xuddi shunday markaz Buxoro viloyati hokimligida ham tashkil etilgan. Elektron hujjat aylanishi tizimi viloyatning 52 ta yirik korxona va tashkilotida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda elektron va raqamli imzolar kalitlaridan foydalanilmoqda.
    Masalani ko‘rish asnosida so‘zga chiqqan senatorlar va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari yuqorida aytib o‘tilgan qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga e’tibor qaratdilar. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalari va elektron hujjat aylanishi tizimidan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash hisobiga yangi zamonaviy xizmat turlarini joriy qilish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, elektron hujjat aylanishi tizimida huquqni qo‘llash amaliyotidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
    Masalani senatorlar, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining tegishli qarori qabul qilindi.


    Download 30,17 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 30,17 Mb.