|
EKOLOGIYA VA MEHNAT MUHOFAZASI
|
bet | 23/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #242785 |
Bog'liq BMI chala 16.05.24 xolati5. EKOLOGIYA VA MEHNAT MUHOFAZASI
5.1. Mehnat muhofazasining huquqiy me'yoriy asoslari
Mehnat muhofazasida me'yoriy-huquqiy qonunlar sistemasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2022 yil 21 dekabrda 161-1 raqamli O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqladi.
Respubdikamizda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish tug‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat'iy nazar korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnatining muhofaza qilinishini ta'minlashga qaratilgan.
Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me'yoriy xujjatlar asosida amal qiluvchi insonning mehnat jarayonidagi havfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a'zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy O‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta'lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan xarbiy xizmatchilar muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud xukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, ahloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-42 moddalarida insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, 45-50 moddalarida inson huquqlari erkinliklari kafolatlangan va burchlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish tug‘risidagi qonunning 1-7-moddalarida umumiy qoidalar keltirilgan. Mehnatni muhofaza qilishni ta'minlash 15-moddalarda berilgan, 16-21-moddalarda ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan. mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me'yoriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati 22-29-moddalarda berilgan.
Mehnat shartnomalari VI bobda keltirilgan, unda mehnat shartnoiasining mazmuni, shakli, muddati 73-76-moddada, ishga qabul qili sh va dastlabki sinov muddati 77-78-moddada, mehnat shartnomalarining bekorqkilinishi 97-113- moddalarda o‘z aksini topgan.
Mehnat nizolari XV bobda ko‘rilgan bunda mehnat nizolari ko‘rilib chiqadigan organlar 260-moddada xalq sudlari 267-269-moddalarda mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojat etish muddatlari 270-moddada mehnat shartnomasini g‘ayri-qonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni g‘ayri-qonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash 274-moddada o‘z aksini topgan.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari XVI bobning 282-288-moddalarida keltirilgan (davlat ijdtimoiy sug‘urtasining barcha xodimlariga tatbiq etilishi 282- modda davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan ta'minot turlari 284-modda xomiladorlik va tug‘ish nafaqasi 286-modda, dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 288-modda, qarilik bo‘yicha pensiya 289-modda, nogironlik pensiyasi 290- modda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 291-modda).
Maxsus organlar mehnat tug‘risidagi qonunlarning tug‘ri amalga oshirilishini, ularni korxona ma'muriyati, ishchi va xizmatchilar tomonidan buzilishi jinoyat deb hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish qonunlarining asosiy nizomlarini rivojlantirish davlat qo‘mitalari, vazirliklar va boshqarmalar tomonidan ishlab chiqariladi va tarmoq kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan kelishilgan holda har xil me'yoriy (normativ) xujjatlar amalga tatbiq etiladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha me'yoriy (norma) va qoidalar ta'sir doirasiga qarab umumiy va tarmoqlarga bo‘linadi. Hamma xalq xo‘jaligi tarmoqlarida mehnatni muhofaza qilish talablari har xil bo‘lib, umumlashtiruvchi umumiy me'yor va qoidalar mavjud. Bularga quyidagilar «Qurilish me'yorlari va qoidalari (KM va K) «Sanitariya me'yorlari (SM)» «Elektr jihozlarining tuzilish qoidalari (ETK), «Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilish va havfsiz ishlatish qoidalari» va boshqalar kiradi.
Tarmoq meyorlari va qoidalari xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlariga ta'sir qiladi va mehnatni muhofaza qilish talablarini, faqatgina shu o‘ziga xos tarmoq uchun o‘z ichiga oladi. Bu qishloq xo‘jaligida «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ib olgandan keyin ularga ishlov berish havfsizlik qoidalari», «Qishloq xo‘jaligida pestitsidlarni qo‘llash, tashish va saqlash sanitariya qoidalari» va boshqalar.
Me'yoriy (normativ) xujjatlar sistemasida muhim o‘rinni mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘llanmalar egallagan, ular alohida kasblar va ish turlari bo‘yicha tuzilgan. Ular kuyidagilarga bo‘linadi: namunaviy, ilmiy-tekshirish, loyiha- konstruktorlik, texnologik va boshqa institutlar va tashkilotlar, shuningdek korxonalar o‘ziga tegishli vazirliklar topshirigiga asosan, ishchilar uchun qo‘llanmalar, har bir sex, uchastka, bo‘lim, fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan ishchilar uchun ishlab chiqarilgan qo‘llanmalar har bir korxona va bo‘limlarni alohida o‘ziga xosligini hisobga oladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha eng muhim me'yoriy xujjatlardan biri standartlar sistemasidir.
|
| |