|
Ekologiya va atrof muxit muxofazasi
|
bet | 24/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #242785 |
Bog'liq BMI chala 16.05.24 xolati5.2. Ekologiya va atrof muxit muxofazasi
Biror yangi ob'ektni loyihalashda yoki eski ob'ektni qayta taklashda tabiatni muxofaza qilish masalasi, uni o‘rab turgan muhitga sanoat korxonalarining qishloq xo‘jalikning, transport va kamunal xo‘jaliklari, qishloq va shaharlarga ko‘rsatadigan salbiy ta'sirini kamaytirish va iloji boricha yo‘qotish ko‘zda tutiladi.Atrof muxitni muxofaza qilishning asosiy maqsadi, tabiiy boyliklardan tejab tergab foydalanishda, ularni asrashdan iboratdir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda halq xo‘jaligi rejalariga quydagi tabiatni muxofaza qilish vazifalari kiritiladi.
a) Atmosferani muhofaza qilish.
b) yer osti va yer usti suvlaridan unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish. v) O‘simlik va hayvonat dunyosidan unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish.
g) O‘rmon xo‘jaligidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish.
ye) Mineral, yer osti va foydali qazilmalardan unumli foydalanish va ularni
muxofaza qilish.
Barcha loyihalashtirilayotgan ob'ektlar quyidagilar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak:
1. Viloyat yoki jumhuriyat sog‘liqni saqlash vazirligi bilan.
2. Baliq-xo‘jaligi zaxiralarini himoya qilish boshqarmasi bilan.
3. Hayvonat dunyosi boshqarmasi bilan.
4. Geologik boshqarmasi bilan.
5. Viloyat yoki jumxuriyat suv resurslarini muhofaza qilish boshqarmasi bilan. 6. Jumxuriyat gidrometrologiya boshqarmasi bilan.
Suv resurslarining ifloslanishini oldini olishga qaratilgan bir necha chora-
tadbirlar mavjud bo‘lib, ularning eng muximlari quyidagilardir.
1.Suv resurslarini sifatini pasayib ketishdan saqlash uchun sanoat korxonalarida ilg‘or texnologiyani qo‘llab, iflos oqova suvlar miqdorini kamaytirishga erishish kerak. Buning uchun esa sanoat korxonalarida suvdan foydalanishning berk (aylanma) sistemasiga o‘tish zarur.
2.Suv resurslarini toza saqlashda sanoat korxonalarida. Sovutish ishlarini suv yordamida emas, balki havo yordamida suv amalga oshirish usullarini qo‘llash zarur.
Havo yordamida sovutish va 60-70 % gacha chuchuk suvni tejaydi, tashlandiq oqova suv miqdorini keskin kamaytiradi.
3. Suv resurslarini toza saqlab sifatini va iqtisod qilish maqsadida kelajakda har bir korxona ixtiyoji uchun olinayotgan chuchuk suvi uchun emas, balki, daryo, kanal suv omborlariga chiqarib tashlanayotgan iflos oqova suvlarning miqdoriga qarab haq to‘lashini joriy etish maqsadga mofiq bo‘lur edi.
4. Suv resurslarini toza saqlab ularni sug‘orishda foydalanishga o‘tish muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishimda Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan
5 xonali turar joy (aqlli uy) binosi loyihaladim. Loyihamda ichki va tashqi ko‘rinishiga katta e'tibor qaratdim, eng zamonaviy ko‘rinish kasb ettirish ko‘zda tutildi. Shuningdek, turar-joy binosi amaldagi me'yoriy xujjatlar asosida loyihalandi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda kafedradan berilgan topshiriqqa binoan bitiruv oldi amaliyotida yig‘ilgan materiallar va QMQ, ShNQ, asosiy adabiyotlardan tashqari internet saytlari ma'lumotlaridan foydalandim. Materiallar yig‘ilib, tizimlashtirildi va taxlil qilindi.
Bitiruv ishini bajarish jarayonida men binolarni loyihalash, hududlarni obodolashtirish haqida to‘liqroq ma'lumotlarga ega bo‘ldim, qurilish me'yorlari va qoidalari bilan tanishdim, binoni zilzila ta'siriga hisoblashni o‘rgandim.
Qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini o‘rganib chiqdim, ekologiya muammolari bilan tanishdim, qurilishni iqtisodiy baholashni o‘rgandim va ularni loyihada inobatga olishga harakat qildim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bitiruv malakaviy ishini kompleks ravishda yechish bilan kelajakda binolar qurilishi va dizayni amaliyotida kerak bo‘ladigan ko‘nikma va bilimlarga, adabiyotlar bilan ishlashga, masalalarga ilmiy yondashish ko‘nikmalariga ega bo‘ldim.
Kelajakda insoniyat xayoti uchun zarur bo`lan aqlli uylarni loyihalash qurish va xalqimizga manfaat keltiradigan loyihalar ustida ko`proq ishlash bilan birgalikda ushbu bilim va ko‘nikmalarim bilan quruvchilik va arxitektura faoliyatimda Respublikamizning zamonaviy shahar va qishloq turar joylari qurilishiga o‘z hissamni qo‘sha olaman deb bemalol ayta olaman.
|
| |